Dars jarayonida yangi ko’rgazmali va tarqatmali
materiallardan foydalanish
Vazira Muhiddinovna Ulug’murodova
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, 41-maktab
Annotatsiya:
Mazkur maqolada darslarda koʻrgazmali va tarqatmali
materiallardan foydalanish texnologiyasi xususida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Xususan, milliy qadriyatlarimiz bilan uygʻunlashib yangi metodlar yaratgan holda
zamonaviy darslarni tashkil etish masalalari koʻrib chiqiladi.
Kalit soʻzlar:
illyustrativ metod, Ko’rgazmali va tarqatmali materiallar,
pedagog mahorati, milliy qadriyatlar, milliy metodlar, dars samaradorligi.
Use of new demonstration and handout materials in the course
of the lesson
Vazira Muhiddinovna Ulugmuradova
Samarkand region, Nurabad district, School №41
Abstract:
This article provides feedback on the technology of using visual and
handout materials in classes. In particular, issues of organizing modern classes,
creating new methods in harmony with our national values, will be considered.
Keywords:
illustrative method, Demonstration and distribution materials,
pedagogic skill, national values, national methods, lesson efficiency.
Asta sekin umumtaʼlim maktablarining mazmunini tubdan oʻzgartirildi, ya’ni
taʼlimni maktabning maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha
takomillashgan izohli illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ
ta’limda oʻrganilayotgan obʼyekt mohiyati izohlanadi, hayotiy faktlar bilan
bogʻlanadi hamda oʻqtuvchining ana shu oʻrganilayotgan obʼektga nisbatan
koʻrsatadigan misol va xilma-xil koʻrgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi
bilan yakunlanadi.
Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy
maqsad taʼlim oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash,
darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda
koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va malakalarini
oshirishdan iborat. Shu oʻrinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz
kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda,
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
440
xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning bugun qanday taʼlim va
tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti boʻladi.
Urugʻlar yordamida turli xil narsalar yasash.
Bu metod orqali oʻquvchilarni
tabiatni asrab-avaylash, har qanday narsadan unumli foydalanib biron narsa yashash
va oʻquvchilarni darsga boʻlgan eʼtiborini kuchaytirishdan iboratdir. Bu metod orqali
oʻquvchilarni ijodkorligini rivojlantirish yoʻq narsadan bor qilishdir. Bu metodning
maqsadi ajdodlarimizdan qolgan tarixiy anʼanalarimizni oʻquvchilarga oʻrgatish va
bu urf-odatlarni rivojlantirish usullari hisoblanadi.
Milliylik metodi.
Oʻquvchilar milliy oʻz-oʻzini anglashi uchun oʻz mamlakati,
ajdodlari tarixini oʻrganishi kerak. Chunki tarixni oʻrganish hozir va kelajakni
anglash, strategik tafakkur yuritish, yuz berayotgan voqealarga xolisona baho berish
koʻnikmalarini shakllantirish, oʻzining maʼlum bir millatga daxldor ekanligini
anglashga yordam beradi.
Har bir oʻquvchi yoshlikdan oʻz millati, xalqining anʼanalari, til boyligi, ogʻzaki
hamda yozma adabiyoti, sanʼati va musiqasi, xullas chuqur maʼnaviy merosini
oʻrganib, bilib, oʻzida mujassamlashtirib boradi. Aks holda u maʼlum bir xalqqa
mansub ekanligini koʻrsata olmaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
441
Shuning uchun ham xalq taʼlimi tizimining boshlangʻich davrlaridanoq
oʻquvchilar ongida milliy axloqiy sifatlarni, orzu-istaklari, iymon-eʼtiqodlari,
dunyoqarashlarini milliy asoslardagina shakllantira bormas ekan, koʻzlangan
maksadga erishib bulmaydi. Buning uchun, shubxasiz, kelajagimiz boʻlmish
farzandlarimizning, barkamol, axloqli boʻlib tarbiyalanishlariga erishishda faqat
milliy taʼlim-tarbiyaga asoslangan taʼlim muassasalariga ega boʻlishimiz darkor.
Taklif sifatida quyidagi fikrlarni keltirmoqchiman:
- taʼlim muassasalarida ushbu metodlarni qoʻllash orqali oʻquvchi-yoshlar
yoshiga mos ravishda milliy-axloqiy sifatlarni singdirish orqali oʻzligini anglashga
yordam beradi;
- taʼlim muassasalarida chet el metodlarini emas balki oʻzimizni milliy
metodlarimiz qoʻllash;
- maʼnaviy-axloqiy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga koʻtarish, yoshlar
dunyoqarashiga taʼsir qiluvchi turli madaniy, siyosiy, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish;
- yosh davrlarga mos tarbiya vositalari va milliy metodlar, psixologik taʼsir
oʻtkazuvchi usullarni tanlay bilish;
Men ham oʻz faoliyatim davomida darslarga ijodiy yondashib, koʻrgazmalarni
qoʻl mehnatidan foydalanib yarataman. Bu gal milliy metod yaratishda poliz
ekinlarining urugʻlaridan foydalandim. Tarvuz, Qovun, oshqovoq va shumga
oʻxshash ekinlar urugʻi yordamida turli didaktik koʻrgazmalar tayyorladim. Ulardan
dars jarayonida foydalanish oʻquvchilarda qiziqish uygʻotdi. Oʻquvchilarning darsga
qiziqishlarini oshirib olsakgina, dars samaradorligini ham yaxshi natija beradi.
Xulosa qilib aytganda, Ko’rgazmali va tarqatmali materiallarni dars jarayonida
boshqa barcha milliy metodlar bilan birga qo’llab, dars samaradorligini oshirish
imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish o’qituvchining
pedagogik mahoratiga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qurbоnniyozоv R. “O’quvchilаr bilim vа ko’nikmа vа mаlаkаlаrini tеkshirish
shаkllаri vа mеtоdlаri” T. O’qituvchi 2018 y.
2. Qurbоnniyozоv R. “Tа’limi mеtоdikаsi”. Tоshkеnt, 2015 y.
3. Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.:
«Fan va texnologiya», 2007. -541-b.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
442
Dostları ilə paylaş: |