Geologiyasi


 NEFT UYUMLARINI ISHLATISHNING



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə178/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.6. NEFT UYUMLARINI ISHLATISHNING
YANGI METODLARI VA ULARNI TATBIQ ETISHNING
GEOLOGIK SHAROITLARI 

Uyumni
ishlatishning yangi metodlari


deganda qatlamga ta’sir etishning
amaliyotda keng qo’llaniladigan suv bostirish metodlaridan farqlanadigan hamma
metodlari tushuniladi. Suv bostirish metodi bilan ishlab bo’lmaydigan neft konlarida
hamda an’anaviy suv bostirish metodlari bilan neft chiqarib olishning yuqori
koeffitsientlarini ta’minlab bo’lmaydigan ishlatish ob’ektlarida yangi metodlardan
foydalaniladi.
Yangi metodlarni qo’llash natijasida neft chiqarib olish koeffitsienti qiymati
oshiriladi.
Yangi metodning fizik-kimyoviy asoslari, ularning qo’llanish texnologiyasi va
qatlam-kollektorlardan neftni siqib chiqarish jarayonlari «Neft va gaz konlarini
ishlatish» qo’llanmasida keng yoritilgan. Ushbu qo’llanmada qatlamga ta’sir
etishning yangi metodlarini qo’llash uchun tanlanadigan uyumlarning geologik
mezonlariga asosiy diqqat-e’tibor qaratiladi.
Uyumni ishlatishning yangi metodlari (neftni chiqarib olish koeffitsientini
oshirish) qo’llaniladigan jarayonlar turiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
− fizik-kimyoviy metodlar – qatlamdan neftni kimyoviy reagentlarning suvli
eritmalari (polimerlar, sirt-faol moddalar, kislotalar, ishqorlar), mitsellyar eritmalar
va boshqalar vositasida siqib chiqarish;
− teplofizik metodlar – qaynoq suv yoki bug’larni qatlamga haydash;
− termokimyoviy metodlar – neftning qatlam ichra yonish jarayonini qo’llash –
quruq, namli yoki yuqori namlikda yonish, shuningdek, ishqorlar, oksidatlar (yuqori
temperaturali havo) va sh.k. ta’sirida yonish;
− neftni u bilan aralashadigan omillar – erituvchilar va yuqori bosimdagi
uglevodorod gazlari ta’sirida siqib chiqarish metodlari.
Uyumni suv bostirish metodlaridan farqli o’laroq, yuqorida qayd qilingan yangi
metodlar ma’lum bir geologik-geofizik sharoitlarda qo’llangandagina yaxshi samara
berishi mumkin. SHu sababli u yoki bu yangi metodni qo’llash uchun unga mos
keluvchi ishlatish ob’ektini tanlash zarur. Metodlarni kon sharoitida sinab olingan
ma’lumotlardan ma’lumki, laboratoriya va nazariy tadqiqotlar natijasida olingan
ko’rsatkichlar ko’pincha aslidan birmuncha yuqori bo’ladi. SHunga ko’ra ob’ektlarni
tanlashda eksperiment natijalari bilan bir qatorda turli kon-geologik sharoitlarda
bajarilgan sinash ishlari ma’lumotlarini ham hisobga olish kerak. Hozirgi vaqtda
yangi metodlarni qo’llash ularning qimmatbaholigi, noyob reagentlar yoki murakkab
asbob-uskunalardan foydalanish zarurligi sababli keng rivojlanmagan. SHu sababli
yangi metodlarni loyihalash va amaliyotga joriy qilishda ularning iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligiga e’tibor beriladi.




263


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin