258
bostirib ishlatish samara bermaydi. Bunday uyumlarni ishlatishda chegara ichra suv
bostirish usuli qo’llaniladi. Mahsuldor karbonat
qatlamlarning suyuqlikni
singdiruvchanlik ko’rsatkichi past, kollektor har xil tarkibli jinslardan tuzilgan va
qatchalar uzuq-uzuq shaklda bo’lganligi sababli uyumga chegara ichra suv bostirish
sistemasini qo’llash samarali hisoblanadi.
Xulosa
qilib aytish kerakki, suv bostirish metodini qo’llash samarasi ko’proq
neftning qovushqoqligiga bog’liqdir, chunonchi: 1) neft qovushqoqligi 25-30 mPa·s
bo’lganda, tozalanmagan suvdan foydalanish, sirt-faol moddalar va boshqa kimyoviy
reagentlar bilan ishlov berilgan qatlam suvini uyumga haydash mumkin; 2) neft
qovushqoqligi 25-30 dan 50-60 mPa·s gacha bo’lganda, haydalayotgan suvga neft va
suv qovushqoqligi nisbatini pasaytiruvchi kimyoviy
reagentlar va quyultiruvchi
moddalar bilan ishlov beriladi; 3) neft qovushqoqligi 60-70 mPa·s bo’lganda uyumga
suv bostirish naf bermaydi, shu sababli uyumni ishlatishda
qovushqoqlikni keskin
pasaytiruvchi issiqliq va boshqa ta’sir metodlaridan foydalaniladi. Suv bostirish
metodlari samarasi faqat neft qovushqoqligigagina bog’liq bo’lmay,
shuningdek,
qatlamning asosiy geologik-fizik ko’rsatkichlariga – uning litologik-fizik tavsifiga,
kollektorlik xususiyatlariga, ayniqsa o’tkazuvchanligiga, tarkibining bir xilliligiga va
boshqalarga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: