Geologiyasi


-rasm. Chekka suvlar bosi-



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə176/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.11-rasm. Chekka suvlar bosi-
midan foydalanib neft uyumini 
ishlatish 
sistemasi.
Neftlilik
chegarasi: 1 – tashqi chegara; 2 –
ishki
chegara;
3
– suyuqlik
chiqaruvshi quduqlar



260
Uyum


maydonida
quduqlarning
joylashtirilishi va kesimning mahsuldor
qismini
perforatsiyalash
uyumning
balandligiga va boshqa parametrlariga
bog’liq. Agar uyum balandligi bir necha o’n
metrga teng bo’lsa, quduqlar uyum maydoni
bo’ylab bir maromda joylashtiriladi va
ulardagi qatlamlar ustki qismidan boshlab
suv-neft tutash yuzasidan bir necha metr
yuqorida belgilangan shartli chegaragacha
teshiladi (10.12-rasm). Uyum balandligi
200-300
m
bo’lganda
(karbonat
kollektorlardagi ayrim massiv uyumlarga
xos) quduqlarni uyum markazi tomon
quyuqlashib
boruvchi
to’r
bo’yicha
joylashtirish lozim, bunda har bir quduqqa
to’g’ri keladigan neft zaxirasi hisobga
olinadi.
Shunga
ko’ra
quduqlardagi
kesimning mahsuldor qismini ochish uyumning filtratsiya xususiyatlarini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi.
Agar neft qovushqoqligi past − 1-2 mPa·s gacha, o’tkazuvchanligi yuqori va
mahsuldor qatlamning tuzilishi bir tarkibli bo’lsa, bunday sharoitlarda neftga
to’yingan jinslarning yuqori qismida neft ochilishi mumkin, u pastda joylashgan
neftli qatlamdan yuqoriga siqib chiqarilgan bo’ladi. Neft qovushqoqligi past bo’lib,
jins-kollektor har xil tarkibli jinslardan tarkib topgan bo’lsa yoki neft qovushqoqligi
yuqori bo’lsa, u holda neftga to’yingan qalinlik asta-sekin ochib boriladi.
Neftdan gazning ajralishi hisobiga hosil bo’ladigan energiyadan foydalanib 
uyumni ishlatish sistemasi.
Neft va gaz uyumlarini erigan gaz rejimida ishlatishda
ishlatish quduqlari odatda bir maromda joylashtiriladi, quduqlarni perforatsiyalash
neftga to’yingan qalinlikni to’liq qamrab oladi.
Qatlam suvlari va gaz qalpog’i gazi bosimlaridan birgalikda foydalanib uyumni 
ishlatish sistemalari.
Bu sistema gaz-neft uyumining neftli qismini ishlatishda uning
aralash rejimidan foydalanishni va neftni chegara suvi hamda gaz qalpog’i gazi bilan
siqib chiqarishni nazarda tutadi. Ishlatish quduqlari bir maromda joylashtiriladi va
neftga to’yingan qalinlikning suv-neft tutash yuzasidan uzoqroqdagi qismigina
teshiladi.
Suv gazga nisbatan yaxshi yuvish xususiyatiga ega bo’lgani uchun bu sistemani
gaz qalpog’i nisbatan kichik uyumlar uchun qo’llash afzalroqdir. A.V.Afanaseva
tomonidan bajarilgan hisob-kitoblarga ko’ra suv va gaz bilan neftni siqib chiqarish
jarayoni uyumning neftli va gazli qismlarining hajmlari (V
n
/V
g
) nisbatiga bog’liqdir
(10.2-jadval).
10.2-jadval

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin