Ma’lumki moddalarning qaynash haroratlari molekulyar og’irlik ortib borishi bilan ko’tariladi. Odatda polimerlarda molekulyar og’irlik nihoyatda katta bo’lgani uchun ularning qaynash haroratlari juda yuqori bo’ladi. Shuning uchun hamma mavjud bo’lgan polimerlarning qaynash haroratlari ularning parchalanish haroratidan yuqori bo’ladi, shu sababdan polimerlarni gazsimon holatga o’tkazib bo’lmaydi.
Demak, quyi molekulyar moddalarda uch agregat holat – gazsimon suyuq va qattiq holat mavjud bo’lgani holda polimerlar faqat ikki agregat holatda qattiq va suyuq holatlarda bo’lishi mumkin.
Amorf va kristall ko`rinishdagi polimerlar
Amorf va kristall polimerlarning optik xususiyatlari
Qattiq moddalar kristall yoki amorf holda bo’lgani singari polimerlarda ham amorf yoki kristall holatlar mavjud. Oddiy jismlarning amorf holatlari yaxshi o’rganilgan. Ko’pgina hollarda jismlarni o’ta tez sovitsak, amorf ko’rinishga o’tadi. Masalan, glitserin yoki suvni tez sovitganimizda hosil bo’lgan amorf massa tiniq va mo’rt bo’lib, shishani eslatadi. Moddalarning bunday holati shishasimon holat deyiladi.

Amoef polimerlar tuzilishi
O`tish zanjirlari (проходные цепы) - makromolekulaning klasterlarni o`zaro bog`lovchi qismlari
Ular tashqi kuch ta’sirida ozgina deformasiyaga uchraydi. Ma’lum sharoitda mo’rt bo’ladi. Shuning uchun polimerning bu fizikaviy holati shishasimon holat hisoblanadi. Quyi molekular suyuqliklardan polimer suyuqliklarining qovushqoqligi juda katta bo’lishi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham polimerlarning oquvchanligi oddiy suyuqliklar oquvchanligidan tubdan farq qiladi. Polimerlarning bunday holati qovushqoq – oquvchanlik holati deyiladi.