Geologiyasi


 Konning ishlatish bosqichlari va tavsifi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə197/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.5.1. Konning ishlatish bosqichlari va tavsifi 

Konning ishlatish jarayonining quyidagi to’rt bosqichi mavjud:


Birinchi bosqich

ishlatish ob’ektini sanoat miqyosida o’zlashtirish bosqichi
sanaladi. Bu bosqichda kon kam suvlangan paytda undan neftni chiqarib olish ortib
boradi. Asosiy fonddagi quduqlar burg’ilanadi va uyumga suv bostirish sistemasi
o’zlashtiriladi. Loyiha bo’yicha neft olish eng yuqori darajaga etganda birinchi
bosqich tugaydi.
Ikkinchi bosqichda
neftni chiqarib olishning yuqori darajasi muntazam ushlab
turiladi, quduqning suvlanishi ortib boradi va neftni quduqdan favvorali olishdan
nasos yordamida olishga o’tiladi. Bosqich so’nggida neft zaxirasining 40-70%
chiqarib olinadi.
Uchinchi bosqichda
neft olish ancha kamayadi. Qazib olinayotgan mahsulotda
suv miqdori ortadi, quduqlarning bir qismi ishlashdan to’xtaydi. Bosqichning oxirida
neft zaxirasining 80-90% qazib olinadi. Quduqlarning ko’p qismi mexanizatsiya
yordamida ishlash usuliga o’tkaziladi.
To’rtinchi bosqichda
konni ishlatish tugaydi, neftning debiti eng past darajaga
tushadi. Hamma quduqlar va chiqarib olinayotgan mahsulotlar yuqori darajada
suvlanadi. Bu bosqichda neft bera olishlikning) yuqori koeffitsientiga erishish uchun
suyuqlik olish jadallashtiriladi.
Uyumni ishlatishning uchinchi va to’rtinchi bosqichi neft olish darajasining
pasayishi bilan tavsiflanadi va uyumni ishlatishning so’nggi davriga to’g’ri keladi.

12.5.2. Uyumning suvlanish dinamikasini tahlil qilish 

Neftni suv bilan siqib chiqarishda joylashishining geologik sharoitlari va


xususiyatlari qatlamning suvlanish darajasiga kuchli ta’sir etadi. Odatda neft
uyumlarida birinchi navbatda qatlamning eng o’tkazuvchan zonalari va linzalari
suvlanadi, qatlamning o’tkazuvchanligi sust bo’lgan uchastkalarida suvning
harakatlanishi judayam sekin kechadi.
Tagidan ostki suvlar bilan chegaralanadigan, massiv tipidagi uyumlarda suv-neft
tutash yuzasining asta-sekin yuqoriga ko’tarilishiga qulay sharoitlar yuzaga keladi,
lekin ayrim paytlarda suv konuslari ham tarkib topadi.
Qovushqoq neftli uyumlardagi, shuningdek, tarkibi har xil qatlamlardagi neft
uyumlarining suvlanishi bir xilda bo’lmaydi.
Qatlam sharoitida qovushqoqligi turli nisbatda bo’lgan neftli va suvli
uyumlarning suvlanish dinamikasi har xil bo’ladi. Neft va suv qovushqoqligining
o’zaro nisbati (

o
) 3-4 dan katta bo’lmagan uyumlarda suvsiz davr uzoq davom etadi
va uyumni ishlatishning uchinchi davrining ikkinchi yarmidan boshlab uning



296
suvlanishi jadallashadi.



o

4 bo’lganda suvsizlik davri qisqa davom etadi,
ishlatishning birinchi-ikkinchi bosqichida suvlanish darajasi tez ortadi, uyumning
suvlanishi 70-90%
x)
ga etganda neftni uzoq muddat davomida chiqarib olish mumkin
bo’ladi.
Qatlamning tuzilishi har xil tarkibli bo’lganda suvlanishi murakkablashadi.
Bunday holatda mahsulotning suvlanishini ozroq kamaytirish uchun quduqlarning
zichroq to’ridan foydalaniladi. Noqulay sharoitlar

o

10 bo’lgan uyumlarda
kuzatiladi. Bunday uyum tez suvlanadi, mahsulotdagi suvning miqdori 80-90% ga
etadi, quduqlarni ishlatganda neft uzoq vaqt suv bilan birga chiqadi. Binobarin,
quduqlarni to’liq suvlanishigacha (suvlanish 97-99% dan kam bo’lmaganda)
ishlatish, ayniqsa uyumning qiyiqlanish zonasida va neftlilik chegarasining tortilish
zonalarida joylashgan quduqlar uchun foydali hisoblanadi. Masalan, Volga-Ural neft-
gazli rayonida 80% dan ortiq suvlangan quduqlardan uzoq vaqt davomida foydalanib
kelingan.
Ma’lumki, quduqning suvlanishi 80% dan ortgach, har bir quduqdan olingan neft
miqdori shu quduqni to’liq ishlatish davrida olingan neftning faqat 5-10%ini tashkil
etadi (mas, AQShdagi Velli konida bundan ancha ko’p neft olingan). Suvlanish 95%
dan ortganda esa, umumiy chiqarib olingan neftning taxminan 1,5% olingan.
Ishlatilayotgan quduqlar fondi 80% dan ortiq suvlanganda ularni 3,6-5,3 yil
mobaynida ishlatish mumkin.
Suvlangan quduqlarni tezkor ishlatish juda katta foyda keltiradi. Bajarilgan
tadqiqotlar suvlangan, qovushqoqligi kam bo’lgan neftli qatlamlarning neft
beraolishligi boshqalariga qaraganda 2-3, hattoki 10-12% ga ortganligini ko’rsatdi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin