296
suvlanishi jadallashadi.
o
4 bo’lganda suvsizlik davri qisqa davom etadi,
ishlatishning birinchi-ikkinchi bosqichida suvlanish darajasi tez ortadi, uyumning
suvlanishi 70-90%
x)
ga etganda neftni uzoq muddat davomida chiqarib olish mumkin
bo’ladi.
Qatlamning tuzilishi har xil tarkibli bo’lganda suvlanishi murakkablashadi.
Bunday holatda mahsulotning suvlanishini ozroq kamaytirish
uchun quduqlarning
zichroq to’ridan foydalaniladi. Noqulay sharoitlar
o
10 bo’lgan uyumlarda
kuzatiladi. Bunday uyum tez suvlanadi, mahsulotdagi suvning miqdori 80-90% ga
etadi, quduqlarni ishlatganda neft uzoq vaqt suv bilan birga chiqadi.
Binobarin,
quduqlarni to’liq suvlanishigacha (suvlanish 97-99% dan kam bo’lmaganda)
ishlatish, ayniqsa uyumning qiyiqlanish zonasida va neftlilik chegarasining tortilish
zonalarida joylashgan quduqlar uchun foydali hisoblanadi. Masalan, Volga-Ural neft-
gazli rayonida 80% dan ortiq suvlangan quduqlardan uzoq vaqt davomida foydalanib
kelingan.
Ma’lumki, quduqning suvlanishi 80% dan ortgach, har bir quduqdan olingan neft
miqdori shu quduqni to’liq ishlatish davrida olingan neftning faqat 5-10%ini tashkil
etadi (mas, AQShdagi Velli konida bundan ancha ko’p neft olingan). Suvlanish 95%
dan ortganda esa, umumiy chiqarib olingan neftning taxminan 1,5% olingan.
Ishlatilayotgan quduqlar fondi 80% dan ortiq suvlanganda ularni 3,6-5,3 yil
mobaynida ishlatish mumkin.
Suvlangan quduqlarni tezkor ishlatish juda katta foyda keltiradi.
Bajarilgan
tadqiqotlar suvlangan, qovushqoqligi kam bo’lgan neftli qatlamlarning neft
beraolishligi boshqalariga qaraganda 2-3, hattoki 10-12% ga ortganligini ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: