Qatlamning tarkibi har xil bo’lgan sharoitlarda uyumning ishlatishni tahlil qilish
305
Suvni quduqqa haydash uchun zarur bo’lgan quduqlar ishlatish quduqlaridan
tanlab olinadi yoki zarur bo’lganda yangilari qaziladi. YAngidan qaziladigan
quduqlar shunday
joylashtirilishi lozimki, toki haydalgan suv ta’siri hamma
izolyatsiyalangan uchastkalarda va ishlatish quduqlarining ko’pchiligida seziladigan
bo’lishi kerak.
Keyinchalik
har bir suv bostirish markazi, zarur bo’lganda, neft uyumini
qo’shimcha «kesish» chizig’iga aylantirish mumkin. Bunday qo’shimcha «kesish»
chiziqlari ko’p vaqtlarda uyumni ishlatishning tartibga soluvchi yuqori samarador
vosita hisoblanadi. Bu usuldan kollektorlik xususiyatlari
yomonlashgan va neftning
qovushqoqligi yuqori bo’lgan qatlamlardan neft chiqarishni jadallashtirish maqsadida
qatlamning ta’minlanish oblastini neft chiqarib olish zonasiga yaqinlashtirishda
foydalaniladi. Neft uyumini qo’shimcha «kesish» chiziqlarini yohud maxsus tanlab
olingan yo’nalishlar bo’yicha, masalan, qumli kollektorlar zonasi cho’ziqligiga
ko’ndalang yoki mavjud suv haydash fronti chiziqlariga parallel qilib o’tkaziladi.
Ko’pincha mavjud neft uyumini «kesish» chiziqlarida qo’shimcha
haydash
quduqlarini qazish zarur bo’ladi. Yangi qazilayotgan haydash quduqlari avval
mavjud bo’lgan «kesish» chiziqlaridagi mahsuldor va ayni paytda ishlatilayotgan
quduqlar oralig’ida joylashtiriladi. Bunday quduqlarda
neft chiqarish zonasi bilan
gidrodinamik bog’liq bo’lgan, ammo ishlayotgan haydash quduqlaridan suvni qabul
qilmaydigan yohud suvni etarli hajmda qabul qilmaydigan qatchalar teshib ochiladi.
Faqat haydash quduqlari bilan ochilgan, ammo ishlatish quduqlari bo’lmagan
zonalarda qo’shimcha ishlatish quduqlari qaziladi. Ularning soni va joylashishi
kollektorlar tarqalgan zonalarning o’lchamiga va qiyofasiga mos bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: