Geologiyasi


 Qoldiq neftni chiqarib olishning boshqa metodlari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə213/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

13.2.4. Qoldiq neftni chiqarib olishning boshqa metodlari 

1970-yillardan boshlab neftli qatlamga issiqlik bilan ta’sir etish metodlari keng


qo’llanilaboshlandi. Qatlamga issiq suv, isitilgan bug’, turli kimyoviy erituvchilar,
ko’pik va boshqalarni haydash amaliyotga keng tatbiq etilaboshladi.
E.B.Chekalyuk, A.N.Snarskiy va boshqa ko’p tadqiqotchilar fikriga ko’ra nefti
tugayotgan qatlamlarga issiq suv 200
o
S da yoki to’yingan suv bug’lari 8 MPa dan
ortiqroq bosimda jadal ravishda haydalganda natija samarali bo’lar ekan. Bu metodni
olimlar qatlamni impulsli (turtkili) issiq suv bug’i oqimi (injektor) bilan ishlatish
metodi deb atadilar. Oklaxomadagi (AQSh) Loko neft konida qatlamdagi neftni yer
ostida yondirish metodi muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilgan. Bunda qatlam nefti
juda ham qovushqoq (sekundiga yuz va hattoki ming millipaskal) bo’lgan. Neftning
15% yonib, koksga aylangan, qolgan 85%i tashqariga chiqarib olingan. Pavlov Tog’i
konida (Krasnodar o’lkasi) neft uyumiga issiqlik bilan ta’sir etish muvaffaqiyatli
amalga oshirilgan. Bundan qatlam ichra harakatlanuvchi yonish o’chog’idan
foydalanilgan. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, haydash quduqlari
tubida elektr isitgich yordamida yonish o’chog’i barpo etiladi. Yonish o’chog’i hosil
qilingandan so’ng, uni bir me’yorda saqlab turish uchun unga kislorod bilan
boyitilgan havo haydaladi. Oksidlovchi omil qatlamga uzluksiz haydalganda yonish
o’chog’i ishlatish quduqlari tomon harakatlanadi; so’ngra qizdirish asbobi quduqdan
chiqarib olinib, oskidlovchi moddani quduqqa haydash davom ettiriladi.
Tajribadan ma’lumki, neft 150-315
o
S atrofida alangalanadi. YOnish frontining
yuqori temperaturasi ta’sirida neftning bir qismi yonadi (qariyb 15%), gazning hajmi
esa 300 martagacha ko’payib ketadi. Natijada qatlamda yuqori bosim hosil bo’ladi va
uning ta’sirida yonadigan mahsulotlar bilan birgalikda neftning bir qismi ishlatish
quduqlaridan tashqariga chiqarib olinadi. Qatlamda hosil bo’lgan kokssimon qoldiq
esa yonib ketadi.
Qatlamlar ichra harakatlanuvchi yonish jarayonini yuzaga keltirish uchun
quyidagi sharoitlar qulay hisoblanadi: 1) qalinligi 3-15 m, g’ovakliligi 12-15%
bo’lgan mahsuldor qatlamni 1000 m gacha chuqurlikda joylashgan bo’lishi; 2)
qatlamning qoldiq neftga to’yinganligi 50-60%dan kam va suvlanishi 40% ortiq
bo’lmasligi.
Rossiyadagi Pavlov Tog’i konida o’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’lishicha,
yonish frontining siljishini o’rtacha tezligi 0,08-0,1 m/sutkaga teng bo’lgan. SHu
jarayon ikki yil mobaynida davom ettirilganda qo’shimcha 7300 t neft olingan.
Mikroorganizmlarning neft uyumiga ta’siri bo’yicha amalga oshirilgan
tajribalardan qiziqarli ma’lumotlar olingan. Neftning suv bilan tutashgan zonalarida
mikroorganizmlar neftning tarkibidagi uglerodni o’zlashtirib olib, neftni parchalab
yuborgan va vaqt o’tishi bilan o’zidan gaz ajratgan (neft uyumining gazlanishi sodir
bo’lgan). I.N.Strijovning kiritgan taklifi juda qiziqarlidir. Uning fikricha gazning
tarkibidagi qoldiq neftni eritish uchun qatlamga yuqori bosim ostida uglevodorod
gazi haydaladi va keyinchalik gazdan neft kondensat holida chiqarib olinadi.



323


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin