Geologiyasi


 Neft qatlamiga gaz (havo) haydash



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə211/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

13.2.2. Neft qatlamiga gaz (havo) haydash 

Nefti tugayboshlagan neft qatlamlari mahsuldorligini oshirish uchun ularga gaz


haydashning maqsadga muvofiqligini I.N. Strijov Rus texnik jamiyati Tersk
bo’limining 1902 y. oktyabr oyida o’tkazilgan umumiy majlisida birinchi bo’lib
taklif etgan. Birinchi marta bu metod sanoat miqyosida 1903 yilda AQSHning
Marietta (Ogayo shtati) shahrida qo’llanilgan.
Mazkur metod uyum maydonida bir me’yorda joylashtirilgan haydash quduqlari
orqali ishchi omilni qatlamga haydab, qoldiq neftni atrofdagi ishlatish quduqlariga
tomon siqish maqsadida qo’llaniladi. Bunda har bir haydash qudug’i uni o’rab turgan
haydash maydoniga nisbatan yuqori bosimli markaz hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mazkur metodning asosiy ikki variantidan foydalanilmoqda:
1) qatlamning yuqori (bosh) zonasiga gaz (yoki havo) haydash;
2) qatlam maydonida bir me’yorda joylashgan haydash quduqlaridan maydon
bo’ylab gaz (havo) haydash;
Qatlamning yuqori zonasiga gaz (havo)ni haydash quyidagi sharoitlarda amalga
oshiriladi:
1) kollektorlar o’tkazuvchanligi yuqori bo’lganda, bunday sharoitda neft
qatlamiga samarali ta’sir etish ta’minlanadi;
2) chegara suvlarining qatlamga kirib kelishi kam bo’lganda va qatlam bosimi
ancha pasayganda hamda chegara ortiga suv bostirish imkoniyati bo’lmaganda;
3) chegara suvlarining qatlamga kirib kelishi etarlicha bo’lmaganda va bir
vaqtning o’zida gazni qatlamning bosh qismiga, suvni esa qatlamning chegara
tashqarisiga haydash maqsadga muvofiq bo’lganda;
4) qatlamning neftli qismining gazga to’yinganligi past bo’lganda;
5) qatlamning qiyalik burchagi 10
o
dan ortiq bo’lganda (qiyaligi yassi bo’lgan
qatlamlarda gaz qalpog’i katta maydonni egallaydi, bu o’z navbatida ishlatish
quduqlarida gaz omilining tez ortib ketishiga sabab bo’ladi);
6) qatlamning gilliligi yuqori bo’lib, qatlamga suv haydash mumkin
bo’lmaganda.
Maydon bo’ylab gaz (havo) haydash quyidagi qatlamlar uchun qo’llaniladi:
1) o’tkazuvchanligi kam qatlamlarga haydash quduqlarining ishlatish
quduqlariga bo’lgan ta’sirini orttirish maqsadida;



318
2) gazga kam to’yingan qatlamlarga chekka suvlarning bosimi etarli


bo’lmaganda;
3) qisman suvlangan qatlamlarga suv bostirish maqsadga muvofiq bo’lmaganda;
qo’shimcha olingan 1 t neftga gaz (havo)ning solishtirma sarfining ortib ketishini
bartaraf etishda qatlamning suvlanganlik darajasi 60% dan oshmasligi kerak.
Gaz (havo)ni qatlamga haydashning texnologik sxemasini amalga oshirishda
quyidagi jarayonlarni bajarish mo’ljallanadi:
1) qatlamning yuqori zonasiga ishchi omilni haydashda haydash quduqlari
qatlamning eng yuqori qismiga joylashtiriladi. Qatlamga haydalayotgan gaz
(havo)ning miqdori qatlamdan neft va gazning qanday miqdorda olinishiga hamda
agar chegara suvlari namoyon bo’lsa, ularning harakatlanish tezligiga muvofiq
aniqlanadi. Qatlamga haydalayotgan ishchi omilning miqdori gaz (havo)ning
ta’sirida bo’lgan quduqdan chiqarib olinayotgan suyuqlik va gazning hajmidan kam
bo’lmasligi kerak. Qatlamga haydalayotgan ishchi omilning va chiqarib olinayotgan
gazneftli aralashmaning hajmini hisoblash qatlam sharoitiga moslashtiriladi.
Quduqlarning suvni singdiruvchanlik qobiliyati tajriba tariqasida haydash yo’li bilan
aniqlanadi. Agar neftning gazi bo’lsa, havodan ko’ra uni quduqqa haydash maqsadga
muvofiq.
2) Ishchi omilni maydon bo’ylab haydashda haydash quduqlari qatlamning
maydoni bo’ylab bir me’yorda, ishlatish quduqlari guruhlari esa maydon markazida
joylashtiriladi. Haydash quduqlarining soni qatlamning o’tkazuvchanligiga va
quduqlarning suv yutish qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Odatda bitta haydash
qudug’iga uchtadan sakkiztagacha ishlatish quduqlari to’g’ri keladi.
Qatlamning gaz yorib chiqish ehtimoli bo’lgan taqdirda uni kamaytirish uchun
quduqlar oralig’idagi masofani qisqartirishga intilmaslik kerak. SHuning uchun,
qoida tariqasida, faqat eski quduqlar to’ridan foydalaniladi va ulardan kelajakda
ishlatiladigan bir qator haydash quduqlari ajratib olinadi. Bu quduqlar quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
1) haydash ob’ektining uning ustida joylashgan g’ovakli kollektorlardan
ishonchli izolyatsiyalangan bo’lishi;
2) quduqlardagi mustahkamlash quvurlari birikmasining germetik qotirilganligi,
ulardan ishchi omil va suvning oqib chiqib ketmasligi;
3) ishchi omilning etarlicha qabul qilib olinishi.
Qo’yilgan oxirgi talabni bajarish uchun haydash quduqlarining barchasida
ta’mirlash ishlari (quduq tubi zonasini qumli tiqindan, parafin va loydan tozalash;
filtrda qo’shimcha teshiklar ochish, torpedalash, gidravlik yorish, kislotali ishlov
berish va sh.o’.) bajarilishi zarur.
Uyumga haydash uchun ishchi omil sifatida havodan ko’ra neftdan ajralib
chiqadigan tabiiy gazdan foydalanish ma’qul. Haydaladigan ishchi omilning miqdori
tegishlicha qatlamning zaiflashganlik darajasiga bog’liq: jinsning neftga to’yinganligi
kam bo’lsa, ishchi omil ko’p miqdorda haydaladi. Neftga to’yinganlik darajasi 45%
dan ortiq bo’lmagan, o’rtacha qalinligi 15-20 m bo’lgan qatlamlardan 1 t qo’shimcha
neft olish uchun qariyb 3000-4000 m
3
gacha gaz sarflanadi. Qatlamning neftga
to’yinganligi to’g’risida ma’lumot bo’lmagan taqdirda bitta haydash qudug’iga
haydaladigan gazning tajriba yo’li bilan aniqlangan miqdori 2000-5000 m
3
/sutkaga



319
teng deb belgilanadi; agar gazning g’ovakdagi neft atrofida sirg’alib o’tishi


kuzatilmagan bo’lsa, gazning miqdorini ko’paytirish mumkin.
Odatda gaz haydash jarayoni boshlangan vaqtda qatlamda kuchli drenajlangan
qatchalar yoki yoriqlar mavjud bo’lsa, gazning sirg’alib o’tishi yoki yorib chiqishi
kuzatiladi. Ularni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish uchun jarayonning
boshlanishidan hamma haydash va ishlatish quduqlarining ishlashini sinchiklab
kuzatib borish lozim. Mabodo yuqorida qayd etilgan jarayonlarning birinchi belgilari
paydo bo’lsa, darhol unga qarshi zarur choralar ko’riladi. Bunday choralarga
quyidagilar mansub: ishlatish quduqlari yo’nalishi bo’yicha gazning yorib chiqishi
sezilsa undan suyuqlik olishni va bosimini tartibga solish yoki vaqtincha berkitib
qo’yish; haydalayotgan ishchi omilning hajmini kamaytirish yoki haydash
quduqlarini ishlatish quduqlariga aylantirish va aksincha; qatlamning gaz uchun
foydali o’tkazuvchanligini kamaytirish maqsadida unga gaz bilan suyuqlik (suv)ni
birgalikda haydash va sh.o’.
Uyumning qalinligi katta bo’lganda gazning ko’proq qatlamning ustki qismi
bo’ylab harakatlanishini bartaraf etish uchun ob’ektni qalinligi kam bo’lgan (5 dan
12-15 m gacha) alohida-alohida zonalarga ajratish tavsiya etiladi. Ajratilgan bunday
zonalarga tanlab hamda qatlamning tag qismiga gaz haydaladi. Bundan tashqari,
qatlamning kam o’tkazuvchan uchastkalariga haydash quduqlarini joylashtirish
foydalidir. Qatlamning 1 m ochilgan qismiga taxminan 100-150 m
3
/sut gaz
sarflanadi. Gaz qatlamga ko’p miqdorda haydalganda uni yorib chiqish ehtimoli
yuqori bo’ladi.
Gaz haydash jarayoni samaradorligining ko’rsatkichlaridan biri gaz omilining
miqdori hisoblanadi: gaz omilining miqdori 3000 m
3
/t dan ortiq bo’lganda, qoidaga
ko’ra, mazkur ko’rsatkich ancha kamayib ketadi. Qatlamga gaz haydalganda, uning
neft beraolishligi 5-25% (o’rtacha 15%)ga ortadi. Masalan, sobiq Ittifoqning Kuban-
Qora dengiz neftli rayonida qatlamga gaz haydash hisobiga uning neft beraolishlik
koeffitsienti o’rtacha 21% ga ko’paygan.
Bunday metodda uyumga suv haydash orqali hisoblangan yakuniy neft
beraolishlik koeffitsienti miqdori unga havo (gaz) haydab aniqlanganligiga ko’ra
(qamrab olish imkoniyatini pastligi hisobiga) doimo kam bo’ladi. Lekin gaz haydash
jarayonining iqtisodiy samaradorligi etarlicha yuqori bo’lishi mumkin. Uyumga suv
bostirilganda uning neft beraolish imkoniyati yuqori bo’ladi, lekin chiqarib olingan
neftning tannarxi, qatlamga gaz haydash metodi bilan olingan neftning tannarxidan
(maxsus suv chiqarish hamda suv tozalash inshootlarini qurishga sarflanadigan
harajatlar, yangi quduqlarni burg’ilash zaruriyati va sh.o’. sabablar tufayli) yuqori
bo’ladi. SHuning uchun ham bu ikkala metod zarur bo’lgan sharoitlarda ishlatiladi.
Qatlamga neft gazi yoki havo haydaladi. Qatlamga havo haydash metodining
quyidagi kamchiliklari mavjud:
1) qatlam gazi bilan havoning aralashishidan gazning sifati pasayadi;
2) qatlam gazi bilan havo aralashib, portlovchi gaz aralashmasini hosil qilishi
mumkin. Havoning tarkibida gazning miqdori 4 dan 14% ga bo’lganda bunday
aralashma portlashga xavfli hisoblanadi; bundan tashqari havo neftni oksidlantirib,
uning qovushqoqligi va zichligini orttirib yuboradi, natijada neftning sifati
yomonlashadi; neftning qatlamda harakatlanishi qiyinlashib, havoni haydash



320
jarayonining samaradorligini ancha pasaytiradi. Bulardan tashqari qatlamga


haydalgan havo yer osti jihozlarining korroziyaga uchrashiga sabab bo’ladi, ayniqsa
qatlamda vodorod sulfidi ham bo’lganda bu jarayon kuchli kechadi.
Qayd etilgan salbiy hodisalarga qaramay, havo muvaffaqiyatli ravishda ishchi
omil sifatida ishlatiladi. Umuman olganda qatlamga havoni haydash jarayoni ko’proq
tarqalgan. CHunki, ishlatish quduqlaridagi gaz mahsulotlarini tahlil qilishda havo
osongina aniqlanadi, shu sababli ishchi omilni haydash quduqlaridan qatlam ichiga
harakatlanish yo’nalishini va tezligini belgilashda u yaxshi intikator vazifasini
o’taydi.
Haydalayotgan gazning bosimi qatlam bosimidan 20-25% ortib ketmasligi uchun
quduqqa gaz (yoki havo) dastlab oz-ozdan haydaladi. Keyinroq haydalayotgan
gazning miqdori sharoitga qarab asta-sekin orttirib boriladi. Bunda haydalayotgan
gazning oqilona hajmi tajriba yo’li bilan aniqlanib turiladi. Ishchi omil haydash
quduqlariga taqsimlovchi hujra (xona)lar orqali yuboriladi. Haydalayotgan havoning
hajmini o’lchab turish uchun sarf o’lchagichlar o’rnatiladi.
Gaz va havoni qatlamga haydash jarayoni AQShning ko’p korxonalarida keng
tarqalgan.
O’zbekistonning neft konlarida mazkur metod muvaffaqiyatli
qo’llanilmoqda.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin