Eski, ya’ni avval ishlatilgan konlarni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda,
311
1) qatlamni oxirigacha ishlatishda unga ta’sir etadigan jarayonni loyihalashtirish
mumkinligi va zarurligini inobatga olish;
2) qatlam oxirigacha ishlatilganda zaiflashgan quduqlar tanasidan ikkinchi
quduqni burg’ilash;
3) bir qancha mahsuldor qatlamlar mavjud bo’lganda mazkur qatlamni
oxirigacha ishlatishda yuqoridagi qatlamlarni ham oxirigacha
ishlatilishini hisobga
olish;
4) yangi quduqlarni loyihalashtirishda quduqlar to’rining zichlashishi natijasida
quduqlarning o’zaro ta’sirini, shuningdek, qatlamning yakuniy neft beraolishlik
koeffitsientiga ham ta’sirini hisobga olish;
5) quduqni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda uning unumdorligini
oshirish
maqsadida qatlamni gidravlik yorish, quduq tubi zonasiga tuz kislotali ishlov berish
va quduqni ishlatishning jadallashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilash kerak.
Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi vazifalar muhim
hisoblanadi:
1) quduqlarda tiqin hosil bo’lishi va ularning muddatidan ilgari suvlanib ishdan
chiqishiga qarshi samarali tadbirlar ishlab chiqish orqali ishlatish quduqlarining
mavjud fondini saqlab qolish;
2) qatlamni litologik-fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda qatlamga ta’sir
etishning loyihalashtirishni maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqib, agar bunday ishlar
bajarilmagan bo’lsa, qoldiq neftni chiqarib olish uchun quduqlar to’rini
birmuncha
zichlashtirish.
Uyumni oxirigacha ishlatish loyihasini tuzishda uyumning o’tgan davrlarda
ishlatilishidan olingan kon-geologik ma’lumotlarni sinchiklab tahlil qilish lozim.
Bunga
quyidagilar
mansub:
qatlamlarni
litologik-stratigrafik
jihatdan
o’zgaruvchanligi, qatlam tarkibining har xilligi (uzuq-uzuqliligi, tabaqalanganligi,
qatlanishi, qumliligi), qatlamda neftni joylashish sharoiti (neftga to’yinganligi,
zaxiralarni ishlatilganlik darajasi), filtratsion xususiyatlari (o’tkazuvchanlik, suv
o’tkazuvchanlik), qatlamlar va suyuqliklarning fizik-kimyoviy xususiyatlari (neftning
qovushqoqligi, fazaviy o’tkazuvchanligi, jinslarning xo’llanishi va b.).
Uyumni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishdan avval qabul qilingan
texnologik sxemaga binoan hisoblab topilgan neft beraolishlik
koeffitsienti asosida
neftning balans va chiqarib olinadigan qoldiq zaxiralarini aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: