304
hamda ba’zi bir sabablarga ko’ra ularning haydash quduqlari bilan aloqada
bo’laolmay qolgan zonalari ko’rsatiladi. Bunday hollarda ushbu qatlamda joylashgan
haydash quduqlari bilan gidrodinamik aloqada bo’lmagan zonalardagi qatlamlar
ishlay olmaydi
x)
.
Demak, uyumning ishlatishni nazorat
qilishning asosiy vazifasi, bitta ishlatish
ob’ektiga birlashtirilgan qatlam va qatchalardagi neft qanday darajada va sur’atda
chiqarib olinganligini aniqlash hamda ishlab chiqilgan
tadbirlar asosida uyumni
ishlatishni jadallashtirish va qatlamlarning neft beraolishligini ko’paytirishdan iborat.
12.6. KONNI ISHLATISHNI TARTIBGA SOLISH
Konni ishlatishni tartibga solish
deganda loyihalashtirilgan ishlatish sistemasi
asosida amalga oshiriladigan suyuqlik (gaz)larning qatlamdagi harakatini boshqarish
tushuniladi. Ishlatishni tartibga solish ishlatish ob’ektining
fizik-geologik
xususiyatlarini
hisobga
olib,
jarayonning
eng
yaxshi
texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlariga erishish maqsadida yangi ilmiy-texnik yutuqlardan foydalanib,
chiqarish va haydash quduqlarining joylashtirish sistemasini ishlab chiqish va doimo
takomillashtirib borish hamda ularni oqilona ishlatish rejimlarini
belgilash orqali
amalga oshiriladi. Ishlatishni tartibga solishdan asosiy maqsad eng qulay texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan neft beraolishlik koeffitsientini
yuqori darajaga
ko’tarishdan iborat.
Ishlatish jarayonini tartibga solish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda
tutadi:
1) neftni to’liq chiqarib olishni ta’minlaydigan ishlatish va haydash
quduqlarining joylashtirilganini to’g’ri yoki noto’g’ri
ekanligini tahlil qilish;
2) siqib chiqarish koeffitsientining eng yuqori qiymatiga erishish maqsadida
quduqlardan suyuqlik chiqarish va unga suv haydashni
tahlil qilish;
3) joriy va mumkin bo’lgan yakuniy neft beraolishlik koeffitsientini baholash
yo’li bilan uyumning ishlatishni tartibga solish.
Dostları ilə paylaş: