Geologiyasi


- rasm. Haydash qudug’i termogrammasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə203/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.9
-
rasm. Haydash qudug’i termogrammasi.
Shartli belgilar 12.7-rasmda berilgan



303
Demak, neft fotokolorimetriyasi metodi ishlatish quduqlari yordamida


qatlamlarning ishlash rejimi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Bunda mazkur metodning samaradorligi asosan neftning K
nyu
ni konning maydoni
bo’ylab va kesimi bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq.
Qatlamlarning ishlatilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni kon geofizikasi metodlari
yordamida olish mumkin. Bu maqsadda neyron-gamma (NGM) va neytron-neytron
(NNM) metodlar bilan bajarilgan o’lchov natijalaridan foydalanish mumkin.
Qayd etilgan metodlarni qo’llash quduqlar tanasining pastki qismida
minerallashgan suv ustunining mavjudligiga asoslangan. Quduqqa kelayotgan
oqimning tezligi etarli darajada bo’lsa, ishlatilayotgan quduqning tanasidagi
oqimning suv-neftga ajraluvchi qismi qatlamning pastida teshilgan neft beruvchi
qismiga to’g’ri keladi (12.10-rasm). Shu bilan bog’liq holda oqimning suv-neftga
ajraluvchi qismidan yuqoriroqda suyuqlikning yuqoriga qarab harakatlanuvchi oqimi
vujudga keladi, pastida esa harakatlanish bo’lmaydi va bu joyda minerallashgan
qatlam suvlari to’planadi. Demak, agarda quduq tanasining suv-neftga ajraluvchi
qismining ostida teshilgan qatlamlar bo’lsa, u holda quduqning ishlashida ular
butunlay ishtirok etmaydilar va neft bermaydilar yoki quduqni ishlashida juda kam
qatnashadilar.
Quduq tanasining suv-neftga
ajraluvchi qismi rezistivimetr bilan
etarlicha
yaxshi
aniqlanadi.
Rezistivimetr asbobi quduq tanasi
bo’ylab
harakatlanganda
suyuqlikning qarshiligining keskin
(sakrab-sakrab) kamayishini qayd
etadi.
Qatlamlarning
ishlatilishi
to’g’risidagi
ishonchli
ma’lumotlarni
quduqlarni
radiometrik metodlar NGK, NNK
majmuasi
bilan
tadqiq
qilish
asosida olish mumkin. Agar quduq
ichida qatlam suvlari ustuni bilan
yoki to’xtatilganda minerallashgan suvlar bilan to’lib, qatlamning teshilgan qismini
berkitib qo’ygan bo’lsa, u holda qayd qilingan metodlar majmuasi orqali
ishlamayotgan qatlamlarni aniqlash oson bo’ladi. Radiometrik tadqiqotlar metodi
«Kon geofizikasi» kursida mukammal bayon etilgan.
Qatlamlarning ishlatishni samarali nazorat qilish uchun turli metodlar
majmuasidan foydalaniladi. Shuningdek, ishlatish ob’ektining o’ziga xos
xususiyatlari va tuzilishi, quduqlarni va uyumlarni ishlatish hamda qatlamlar va
quduqlarni tadqiq qilish bo’yicha olingan barcha materiallardan ham foydalanish
kerak bo’ladi.
Ishlamaydigan qatlamlarni ajratishda qatlamlarda kollektorlarning tarqalish
xaritalari yaxshi yordam beradi. Buning uchun xaritalarda jinslarning fatsial turlari

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin