300
pakerlar
yordamida qatlamlarni bir-biridan izolyatsiyalash to’g’risida va
gidrouzilishlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish va sh.k. Mazkur tadqiqotlardan
olingan ma’lumotlar
tahlil qilinib, ma’lum vaqt davomida (uyumni ishlatish
boshlanganidan beri, bir yilda va sh.o’.) qanday qatlamlarga qancha miqdorda suv
haydalgani aniqlanadi.
Faqat shundan so’ng ishlatish quduqlari ma’lumotlaridan
foydalanib, qatlam
qanday ishlayotganligini tahlil qilish mumkin. Bunda har bir qatlamdan qaysi usul
bilan, qancha miqdorda neft olinayotganini bilish juda muhimdir.
SHuningdek,
qatlamlarni ishlatilishi to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar konda bajarilgan tadqiqotlar
natijalaridan ham olinadi: birinchi o’rinda
chuqurlik debito’lchagichi bilan
bajarilgan tadqiqotlar, qazib olinayotgan neftning fotokalorimetriyasi, gidrodinamika
metodi
bilan bajarilgan tadqiqotlar, qatlamlarning teshilgan vaqti to’g’risidagi
ma’lumotlar va b.
Qatlamga haydalayotgan suvning ta’sir etish xaritasi 12.6-rasmda keltirilgan.
Quduq va qatlamlarda yuqorida qayd etilgan usullarga o’xshash tadqiqotlarni
Rossiyadagi Romashkin konida bajarish asosida M.M.Ivanova va I.P.CHolovskiylar
quyidagi fikrga kelishdi: oltita ob’ektning 75% dan ko’proq maydoni, 29 ta
ob’ektning roppa-rosa 50% maydoni va 23 ta ob’ektning har birining 25% maydoni
haydalgan suvning faol ta’siri bilan qamrab olingan. Ishlatish ob’ekti bir-biridan
izolyatsiyalangan bir necha ayrim qatlamlarga ajratilgan bo’lsa, haydalgan suv bilan
ularning har biriga ta’sir etilganda ularni qamrab olish darajasi turlicha bo’ladi.
Qatlamlarning
o’tkazuvchanligi
turlicha
bo’lganligi
sababli kollektorlik
xususiyatlari yaxshi bo’lgan
qatlamlardan neftni suv tez
siqib chiqaradi, kollektorlik
xususiyatlari yomon bo’lgan
qatlamlardan esa neftni suv
deyarli
siqib
chiqarmaydi.
Buning natijasida qatlamlardan
neftni
chiqarib
olishning
jadalligi turlicha bo’ladi
x)
.
Bunday
sharoitda
ayrim
qatlamlarning
ishlatilganlik
darajasi to’g’risida fikr yuritish
uchun haydash quduqlarining
teshilgan
intervallarini
suv
qabul qilaolishlik xususiyatlariga asoslanish ma’qul.
Buning uchun qatlamga
haydalayotgan suvga radioaktiv izotoplar qo’shiladi, bularning bir qismi quduq tubi
atrofida, suvni qabul qilib oluvchi qatlamlar qarshisidagi jinslarga shimilib ketadi.
Izotoplar haydalguncha va haydalgandan keyin bajarilgan gamma karotajlarni
Dostları ilə paylaş: