Ideal gaz nima? Gazlar murakkab tuzilgan. Ular milliardlab energiyaga EGA gaz molekulalariga toʻla, ular ixtiyoriy paytda toʻqnashishi va bir-biri bilan oʻzaro taʼsirda boʻlishi mumkin.
Ideal gaz nima? Gazlar murakkab tuzilgan. Ular milliardlab energiyaga ega gaz molekulalariga toʻla, ular ixtiyoriy paytda toʻqnashishi va bir-biri bilan oʻzaro taʼsirda boʻlishi mumkin. Haqiqiy gazni aniq tasvirlab berish qiyin boʻlgani sababli odamlar ideal gaz tushunchasini haqiqiy gazlarni modellashtirish va oʻrganishga yordam beradigan yaqinlashish sifatida yaratdi. Ideal gaz atamasi quyidagi bir necha qoidalarga boʻysunadigan molekulalardan tashkil topgan faraziy gazni anglatadi:
Ideal gaz molekulalari oʻzaro taʼsirlashmaydi. Taʼsir faqatgina gaz molekulalari oʻzaro yoki devor molekulalari bilan elastik toʻqnashganda kuzatiladi.
[Elastik toʻqnashuv nima?] Ideal gaz molekulalari moddiy nuqta deb qaraladi. Gaz molekulalar jamlanmasi boʻlgani sababli hajmga ega, biroq molekulalar moddiy nuqta boʻlib, hajmga ega emas.
Agar bular sizga toʻgʻri boʻlishi uchun juda ideal tuyulsa, siz haqsiz. Chunki ideal gazlar mavjud emas, biroq koʻplab gazlar ideal gazga yaqin va bu har xil vaziyatlarda ularning xossalarini taxmin qilishda qoʻl keladi. Aslida, biz ish koʻradigan xona harorati va bosimi atmosfera bosimiga yaqin, gazlar idealga juda ham yaqin.
Agar gazning bosimi juda yuqori (masalan, atmosfera bosimidan yuzlab barobar katta) yoki temperaturasi juda past (masalan, \[-200 \text{ C}\]) boʻlsa, unda ideal gaz qonunidan sezilarli chetlashishlar kuzatiladi. Ideal boʻlmagan gazlar haqida koʻproq maʼlumot olish uchun ushbu maqolani oʻqib chiqing.
Ideal gaz qonunining molyar koʻrinishi qanday? Ideal gazning bosimi \[P\], hajmi \[V\] va temperaturasi \[T\] orasidagi bogʻlanish ideal gaz qonuni deyiladi. Ushbu munosabatning soddaligi biz odatda gazlarni ideal deb hisoblashimizning katta sababidir, agar buning aksini qilish uchun boshqa sabablar boʻlmasa.
PV=nRT
Bu yerda P – gazning bosimi, V – uning egallagan hajmi, T – gazning temperaturasi, R – universal gaz doimiysi va n – gazning mol miqdori.