Guruh 613-19 Bajardi



Yüklə 149,65 Kb.
tarix28.11.2022
ölçüsü149,65 Kb.
#71032
3-top.EBT


Guruh

613-19

Bajardi

E.G’offorov

Qabul qildi

J.Suyumov

3-topshiriq


Mavzu: Televezorlar elektron magazini loyihasini va sahifalarini tayyorlash
Yangi boshlovchilar uchun UX va UI bilan bog'liq juda ko'p tushunarsiz savollar mavjud. Ko'pincha, oddiy odamlar UX / UI kontseptsiyasining mohiyatini bilmasliklari va nima haqida gaplashayotganlarini bilmasliklari sababli, ular o'zlari bilgancha talqin qilishadi.

Men hozir mavjud bo’lgan "UX / UI dizayni" haqidagi xato fikrlarga butunlay nuqta qo’ymoqchiman.


Siz biror marta arifmometr (hisoblash qurilmasi) tugmasini bosganmisiz, pichoq charxlagichning ushlagichini aylatiriganmisiz yoki smartfon telefoningiz ekranini surganmisiz ?


Albatta bularning biron-birini qilgansiz, bularning barchasi interfeyslar hisoblanadi. Ular yordamida siz mexanizmga ta’sir o’tkazasiz. Buning uchun interfeys aynan elektron ko’rinishda bo’lishi shart emas. "interface" so'zi ingliz tilidan bizga juda yaqin vaqtlarda o’zlashtirildi va texnologiyalar va elektronlashgan bir davrda bu bizga elektron qurilma ekrani sifatida tushunilib qolindi.




UX/UI dizaynerining maqsadi foydalanuvchi interfeysini ba'zi mantiqiy nuqtaga olib kelishdir. Shunday qilish kerakki, foydalanuvchi o’z maqsadiga erishsin.





UX/UI ning to'g'ridan-to'g'ri ta’rifi




UX - User Experience (so'zma-so'z: "foydalanuvchi tajribasi"). Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi interfeysi bilan ishlay oladigan tajriba / taassurot. U maqsadga erishish oladimi va buni bajarish qanchalik oddiy yoki murakkab shuni belgilaydi.


UI - User Interface (so'zma-so'z "foydalanuvchi interfeysi") - interfeysning qanday ko'rinishda va qanday jismoniy xususiyatlarga ega bo'lishi. Mahsulotingiz qanday rangga ega bo'lishi, foydalanuvchilar uchun mahsulotingiz tugmalarini bosish qulay bo’ladimi, unga yozilgan xarflarni o’qish qulaymi…


UX/UI dizayn - bu har qanday foydalanuvchi interfeyslarini foydalanishga qulay qilish va tashqi ko’rinishini hisobga olib loyihalashtirish hisoblanadi.

Yuqorida taakidlab o`tilgan y`onalish bo`yicha xar qanday turdagi dasturlar uchun interfeys qismini dizaynini yaratishimiz mumkin. Shu jumladan Web ilovalar uchun ham o`zimiz hohlagandaki holatda user interfeysini yaratishimiz mumkin.


Bugungi amaliy mashg`ulotimizda biz Ikarvon.uz web saytining tuzilishini hamda televizorlar sotish oynasini tuzilishlarini ko`rib, o`rganib o`zimizning web saytimiz uchun namuna tanlab olamiz.


Yuqorida keltirilgan oynada web saytning bosh oynasini ko`rishimz mumkin.


Ushbu oynada esa web saytning banner qismi sifatida reklama joylashtirish oynasini ko`rishimiz mumkin.



Yuqoridagi esa televizorlar uchun mo`ljallangan oyna hamda aloqaga chiqish bo`limlarini ko`rishimiz mumkin.


Ushbu oynada biz web saytning menyular qismini ko`rishimiz mumkin.



Televizorlardan birini sotib olish oynasini ko`rish uchun birini tanlab ko`ramiz. Ko`rib turganingizdek ushbu oynada televizirga oid barcha ma`lumotlarni ko`rishimiz mumkin.
Biz tanlagan web saytda bizga qo`yilgan talablarni barchasi mavjudligini ko`rishimiz mumkin.
Xulosa

Ushbu topshiriq davomida Elektron magazin loyixasini va interfeysini tuzishni o`rganish mavzusiga oida jarayonlarni amalga oshirdik.


Buning davomida UX/UI dizayn bu har qanday foydalanuvchi interfeyslarini foydalanishga qulay qilish va tashqi ko’rinishini hisobga olib loyihalashtirish haqidagi ma`lumotlarga ega bo`ldim. Amaliy mashg`ulotlar davomida ushbu web saytni tayyorlash jarayonida yuqoridagi ma`lumotlardan foydalanaman. Yaratayotgan saytimda yuqoridagidek standart bo’yicha barcha xususiyatlar mavjud bo’ladi va kerakli komponentlar kiritiladi.
Yüklə 149,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin