324
4) mustahkamlash quvurlari birikmasidagi teshiklar sonini ko’paytirish va
zichligini oshirish yoki ishlatish ob’ektini yiriklashtirish maqsadida quvurlar
birikmasini perforatsiyalash ishlari bajariladi;
5) quduq tubi zonasiga ishlov beriladi.
Gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash uchun ular dastlab to’xtatiladi
1)
. Bu bilan
gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash neft quduqlarini ta’mirlashdan farq qiladi.
Quduqni ishlatishdan to’xtatish uchun quvur tashqarisiga
gil eritmasi haydaladi
(qatlam bosimi katta bo’lmaganda esa suv haydash ham mumkin). Gaz quduqlarini
ta’mirlash paytida ostki yoki o’zga suvlar paydo bo’lishi mumkin, ularni yo’qotish
uchun quduqni sementlash yoki boshqa qatlamga ko’chirish va ta’mirlashni tugatish
zarur bo’ladi. Asosiy vazifa quduqlarni ishlamasdan turib qolish vaqtini kamaytirish
va ularni ishlatish koeffitsienti
2)
miqdorini 0,95 gacha etkazishdan iborat. Ostki yoki
ayniqsa ustki suvlar qatlamni yorib chiqqanida neftni siqib qo’yadi va natijada
quduqning ishlab chiqarish kuchi ancha kamayadi.
Quduqdagi suvning bosimiga va undagi boshqa sharoitlarga qarab turli xil
izolyatsiyalash ishlari bajariladi. Ustki suvlar yorib chiqqanida quvur tashqarisi
bosim ostida sementlanadi. Quduqda ostki suvlar mavjud bo’lganda esa turli
izolyatsiyalash usullaridan foydalaniladi: quvurning
filtrli qismini yuqoridagi
qatlarga ko’tarib, quduq tagini sementlash, qatlamga sementli eritmalar yuborish,
qatlamni gidravlik yorish, keyinchalik qatlamlarga qovushqoq neft yuborish va
gidravlik yorilgan
intervallarni sementlash, qatlamga reagentlar kiritish. Reagentlar
qatlam suvi bilan reaktsiyaga kirishib, gel hosil qiladi, gel suv o’tkazuvchan zonani
jipslab berkitib qo’yadi. Keyingi paytlarda sobiq Ittifoqning sharqiy rayonlarida
paker bilan jihozlangan quduqning o’zidan suv va neft namunasini alohida-alohida
olishga urinib ko’rilgan. Bunday ishlar turli sharoitlarda har xil samara berishi
mumkin. Avvalgi gorizontdan foydalanish imkoniyati bo’lmagan
taqdirda, quduq
tubi berkitiladi va quduq avval tashlab ketilgan yuqoridagi gorizontlarning biriga
ishlatish uchun o’tkaziladi. Bunday gorizontdan foydalanish mustahkamlash quvurini
perforatsiyalash yoki torpedalash orqali amalga oshiriladi.
Ayrim vaqtlarda, ayniqsa filtr o’lchami kichik va depressiya haddan tashqari
katta bo’lganda, mustahkamlash quvurlarining sinib va bukilib ketishi kuzatiladi.
Bularni ta’mirlash juda murakkab kechadi.
Kapital ta’mirlash bo’yicha bajariladigan ishlarning ko’p qismini ishlamayotgan
quduqlarni ifloslantiradigan
predmetlardan tozalash, zichlanib qolgan qumli va gilli
tiqinlarni bartaraf etish tashkil qiladi.
Odatda neft konlaridagi quduqlar fondidan foydalanish koeffitsientini orttirish va
ishlamayotgan quduqlar sonini kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bunday
vazifani bajarish uchun quduqlarni kapital ta’mirlash ishlari keng miqyosda olib
boriladi.
1)
Dostları ilə paylaş: