Texnik vazifa



Yüklə 40,26 Kb.
səhifə1/7
tarix10.05.2023
ölçüsü40,26 Kb.
#110638
  1   2   3   4   5   6   7
Файл








Tasdiqlayman
Boshqaruv Raisi

___________ Rasulov Sh.G.


«___» __________ 2023 y.






TEXNIK VAZIFA
aktsiyalarni rejalashtirilgan ommaviy joylashtirish (IPO) uchun anderrayterni tanlash to'g'risida
O‘zagrosug‘urta” AJ “Toshkent” RFB

Toshket sh. 2023 y.


1. Kompaniya nomi (mijoz)
Kompaniya nomi: “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda “O‘zagrosug‘urta” AJ, “Buyurtmachi”, “Emitent”, “Kompaniya”).
Pochta manzili: O‘zbekiston, 100156 Toshkent, Chilonzor tumani,
19-chorak, 61/2
Rasmiy sayt: www.agros.uz
Telefon: (71) 216-05-00
Faks: (71) 216-24-00
Elektron pochta: info@agros.uz


2. Kompaniyaning tavsifi
“O‘zagrosug‘urta” AJ faoliyatining asosiy yo‘nalishi: umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshirish.
Jamiyat aktsiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasi ro’yxatiga kiritilgan. “O‘zagrosug‘urta” AJning 01.12.22 yil holatiga ustav kapitali 108 955 938 720 so‘m bo‘lib, 33 218 274 dona aksiyalar mavjud bo’lib har birining nominal qiymati 3 280 so‘m bo‘lgan, shu jumladan 33 198 274 dona oddiy aksiyalarga va 20 dona imtiyozli aksiyalarga bo‘lingan. 01.12.22 yil holatiga ko‘ra, aksiyalarning 94,56 foizi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli.
“O‘zagrosug‘urta” AJning 2022 yildagi sof foydasi 14 milliard 536 million so‘mni tashkil etdi.
3. Xizmat nomi
“O‘zagrosug‘urta” Ajning (IPO) aksiyalarini “Toshkent” RFBda ommaviy joylashtirish uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish va anderrayting xizmatlarini ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son Farmoniga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 446-son qaroriga muvofiq Birjada davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi joylashtirish to'g'risida qarorlarni ijrosini ta’minlash uchun, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha kapital jalb etish maqsadida aksiyalarni ommaviy joylashtirish.
“O‘zagrosug‘urta” AJ bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda bitimni 2023 yilda yakunlashni rejalashtirmoqda.
Biz “Toshkent” RFBda “Oʻzagrosugʻurta” AJ aksiyalarini rejalashtirilgan ommaviy joylashtirish boʻyicha investitsiya maslahatchisi va anderrayter xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha yozma taklif yuborishdan mamnunmiz.



Yüklə 40,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin