Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi



Yüklə 246,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix28.12.2023
ölçüsü246,47 Kb.
#200869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
“YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
” fakulteti 

NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” kafedrasi 

NEFT - GAZNI QAYTA ISHLASH SANOATI KORXONALARI JIHOZLARI, 
USKUNALARI VA LOYIHALASH ASOSLARI
” 
fanidan 
KURS LOYIHA ISHI 
Mavzu
:. Tabiiy gaz tarkibidan metanni ajratib olish qurilmasi. 
Asosiy apparatni hisoblash. Quvvati 2.6 mlrd m
3
 yiliga 
 
24-17 
guruh talabasi:
 Raxmonov N.N
 
___________ 
 
Rahbar: Azamatov O’.R.___________ 

 
 
 
 
 
Toshkent 2021 


2 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
MUNDARIJA: 
1.KIRISH 4 
2. TEXNIK QISM (adabiy sharh): 9 
3. XOM-ASHYO TASNIFI 15 
4. TEXNOLOGIK QISM 18 
5. HISOBLASH QISMI (moddiy balans, issiqlik balansi) 26 
6. XULOSA 31 
7. ADABIYOTLAR RO’YXATI 33 
 
 
 


3 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
 
 
KIRISH 


4 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
Gaz sanoati - Yoqilg’i - energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog’i. 
Uning Respublikada qazib olinayotgan yokilg’i balansidagi hissasi 82,2% ni tashkil 
etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga 
tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin aralashmalardan 
tozalash imkoniyatilari yaratildi. (1994 yilda zavodning 4-navbati ishga tushirildi). 
Yaqin yillarda Shurtanda gaz-kimyo zavodi birinchi maxsulotlarini bera boshladi. 
Farg’ona neftni, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari va Shurtan gaz kompleksida 
yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. 
Yaqin yillar ichida O’zbekiston neft, gaz va gazokondensat qazib olish bo’yicha 
ko’rinarli o’rinlarni egallaydi. Bu esa Respublikada yuqori sifatli yoqilg’i ishlab 
chiqarishga va kelgusida kimyo sanoati uchun maxsulotlar yetkazib beradigan xom 
ashyo bazasini tashkil etishga yordam beradi. O’zbekistonda tabiiy gaz konlari va 
ularning zaxiralari juda ko’p. Bu esa gaz qazib olinganda chiqadigan (gaz bilan) 
gazokondensatni ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Shuningdek neftni xam zaxiralari 
katta. Gazakondensatlarni yuqori sifatli ekanligi - ularni tarkibidagi naften va 
aromatik uglevodlarni ko’pligi (70 % gacha) va ularda smola- asfaltenli moddalarni 
deyarli yo’qligi, oltingugurt organik birikmalarni kamligi, gazokondensatlarni 
polimer sanoati uchun va boshqa kimyoviy maxsulotlar olish uchun qimmat baxo 
xomashyo ekanligini ko’rsatib turibdi. Neftni qayta ishlash sanoatiga yangi 
prosesslarni kirib kelishi katalitik kreking, gidrotozalash, gidrokreking rangsiz neft 
maxsulotlarini ko’plab ishlab chiqarilishiga olib keldi. Xalq xo’jaligini neft 
maxsulotlariga bo’lgan extiyoji biroz yaxshilandi. 
O’zbekiston iqtisodining rivojlanishida Yoqilg’i-energetika kompleksining o’rni 
alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, ko’mir va energetika kiradi. 
Uzbekiston jahondagi o’nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga 
kiradi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi zavodlarda neft qayta ishlanmoqda, 
avtobenzin, dizel yoqilg’isi, mazut, neft moylari, bitum, aviakerosin ishlab 
chiqarilmoqda. Gazni qayta ishlovchi zavodlar esa suyultirilgan gaz va polietilen 
ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 
Neft-gaz sanoati sohasida 2014 yilning o’zida 4,2 milliard AQSh dollaridan 


5 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
ziyod investitsiya o’zlashtirildi. Bu prognoz ko’rsatkichlardan 11 foizga ko’pdir. 
Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. 
Xususan, Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan gaz-kimyomajmuasi jahon neft-
gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biridir. Janubiy koreyalik sheriklar bilan 
hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard 
AQSh dollarini tashkil etadi.
Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash 
hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna 
polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa zarur mahsulotlar ishlab 
chiqarish imkonini beradi.Mustaqillik yillariga kelib, 1997 yilda gaz kondensatini 
qayta ishlashga mo’ljallangan chet el ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri 
Fraktsiyaning “Teknip” kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta 
ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2.5 mln. tonna neft 
va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda neft va gaz 
kondensati aralashmasini birlamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Zavodni 
asosiy xomashyo manbai Ko’kdumaloq konlaridan olinayotgan gazkondensatlari va 
olinadigan mahsulotlari esa asosan suyultirilgan gaz, yuqori sifatli benzin navlari, 
kerosin va dizel yoqilg’ilari hisoblanadi. 
Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish 
maqsadida 17 fevral 1998 yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh), 
“ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari 
o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni yetkazish, o’rnatish va ishga 
tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo 
majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni 
chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m
3
tabiiy gazni 
qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi: 
Donador polietilen (125 ming. tonn.); suyultirilgan gaz (137 ming tonn.); 
gazkondensati ( 103 ming.tonn.); donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.). Sho’rtan gaz 
kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va 
gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil Halqaro ISO-9001 sifat 


6 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga 
chiqarilmoqda. Ya’ni Yevropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, 
Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari (Rossiya, Ukraina, 
Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. 
Hozirgi kunda Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la 
qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. 
Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik 
hamda 67 tasi davlat korxonalaridir. 
“O’zbekneftegaz” tizimida 6 ta yirik aktsiyadorlik kompaniyalari faoliyat 
yuritadi: 


Yüklə 246,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin