Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi


TEXNIK QISM (adabiy sharh)



Yüklə 246,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.12.2023
ölçüsü246,47 Kb.
#200869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TEXNIK QISM (adabiy sharh) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


9 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
Tabiiy gazlarni qayta ishlashni fizik jarayonlari. 
Tabiiy gazlar xam kimyo sanoati uchun uta muxim xomashyo bo’lib 
xisoblanadi. Xozirgi kunda sun’iy kauchuk, spirtlar, yuqori sifatli motor yoqilg’ilari, 
a’lo navli qurumlar, eritgichlar, sun’iy tolalar, polietilen, katron va boshqa o’nlab 
maxsulotlar olinmoqda. Kimyo sanoatida ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning 
50% dan ortig’i tabiiy gazlardan olinmoqda. Shuni xam aytish kerakki, neon, argon, 
geliy kabi inert gazlarning sof xoldagi konlari uchramaydi va bu gazlar asosan tabiiy 
karbonsuvchil gazlari tarkibidan ajratib olinadi. 
Kimyo sanoatida organik sintez uchun asosiy xomashyo sifatida asosan tabiiy 
gazlar ishlatiladi. Tabiiy gazlar xam xuddi neft kabi qayta ishlashga yuborilishidan 
oldin maxsus tozalash jarayonlaridan o’tadi. Tabiiy gazlar birinchi navbatda vodorod 
sulfiddan (H
2
S) tozalanishi kerak. Vodorod sulfiddan tozalash jarayoni xo’l va quruq 
tozalash usulida olib borilishi mumkin. 
Xo’l xolda tozalashda soda, etanolamin, fenol eritmasi kabi eritmalardan 
foydalanilsa, quruq usul bilan tozalashda temir gidrooksidi, faollashtirilgan ko’mir 
kabi moddalardan foydalaniladi. 
Odatda tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfid miqdori kam bo’lgan taqdirda temir 
gidrooksidi bilan past bosimlarda tozalanadi. Xo’l xoldagi vodorod sulfiddan 
tozalash jarayoni eng samarali bo’lib, vodorod sulfidning miqdori hajm miqdorida 
2% dan ko’p bo’lganida qo’llaniladi. 
Eng oddiy xo’l xolda tozalash tabiiy gaz tarkibiga ma’lum miqdorda natriy 
karbonat sodasidan qo’shib bajariladi. Bunda vodorod sulfid soda bilan reaksiyaga 
kirishib, vodorod sulfiddan oltingugurtni ajratib oladi. Ya’ni 
Na
2
CO + H
2
S - NaH
2
S+NaHCO 
Ajralib chikkan NaH
2
S havo bilan aralashib chiqarib yuboriladi. Gazlardan sof 
oltingugurtni ajratib olib, to’liq tozalash usuli monoetanolamin va fenol eritmalari 
orqali bajariladi. 
Quduqlardan kelayotgan gaz skrubber deb ataladigan uskunaga keladi. 
Skrubberni yuqori qismidan gazga qarama-qarshi etanolamin eritmasi oqib tushadi. 


10 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
Tabiiy gaz bu eritma orasidan o’tib tozalangan qismi skrubberni yuqori qismidan 
ajratib olinadi va iste’molchiga jo’natiladi. Tabiiy gaz tarkibidagi karbonsuvchillar 
etanolamin bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin uning tarkibidagi vodorod sulfid (N) 
reaktsiyaga kirishadi. Ya’ni 
2NH (CH
4
–CH
2
OH)
2
+H
2
S -> [NH
2
(CH
2
–CH
2
OH
2
) ]
2

Keltirilgan kimyoviy reaksiya dietanolamin bilan vodorod sulfid orasidagi 
reaktsiya ko’rinishidir. 
Reaksiya natijasida xosil bo’lgan dietanolamin sulfid eritmasi to’g’ri isitgichga 
boradi, u yerda regenerator asbobiga tushadi. So’ngra qizdirgichga o’tib 105-130
0

gacha qizdiriladi. Bunda detanolamin sulfid eritmasi parchalanib dietanolamin va 
vodorod sulfidga ajraladi. Dietanolamin sovutilib yana jarayonga qaytariladi. 
Vodorod sulfid esa ajralgan is gazi (СO
2
) va suv bug’lari bilan regeneratorni yuqori 
qismida ajratib olinib sovutgichda sovutiladi va yig’uvchi tindirgichga kelib tushadi. 
Bu yerdan eritma sof oltingugurt olish uchun maxsus sexga (III) jo’natiladi. 
Tozalangan eritma esa yana jarayonga nasos orqali qaytariladi. 
Yuqori oltingugurtli tabiiy gazlarni tozalash ikki bosqichli bo’lib, birinchi 
bosqichda tabiiy gaz suv yoki etanolamin eritmasi bilan yuviladi, ikkinchi bosqichda 
esa yuqori kontsentratsiyali etanolamin bilan qaytadan tozalanadi. 
Shuni xam aytish kerakki, bunday usullar bilan tozalashda skruber va 
regenerator ichida eritmalar ko’pigi xosil bo’lishi mumkin va bu ko’pik o’zi bilan 
birga etanolamin eritmasini ma’lum bir qismini olib ketishi mumkin. Ko’pik xosil 
bo’lishini oldini olish uchun tozalash jarayoniga maxsus reagentlar - dietilenglikol 
(DEG) va trietilenglikollar (TEG) qo’сhiladi. 
Vodorod sulfid (Н
2
S) va karbonat IV oksididan (СО
2
) tozalangan tabiiy gazni 
aloxida fraktsiyalarga ajratish uchun absorbtsiya, adsorbtsiya, rektifikatsiya
xemosorbtsiya kabi jarayonlar qo’llaniladi. 
Absorbtsiya usuli tabiiy gazlar tarkibidan propilendan pentan va amilengacha 
bo’lgan moddalarni ajratib olish uchun qo’llaniladi. Bu usulni qo’llashda tabiiy gaz 
aralashmasini unga qarama-qarshi xarakat qilayotgan yutuvchi modda orasidan 


11 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
o’tkaziladi. Buning natijasida tabiiy gaz tarkibidagi komponentlar absorbentda eriy 
boshlaydi, bunda molekulyar massa yuqori bo’lgan tabiiy gaz komponentlari 
absorbentda yaxshiroq eriydi. Masalan, pentan absorbentda to’liq erib ketsa, butanni 
90-95%, propanni 75-80%, etanni 25-30% yutiladi. Metani juda oz miqdori yutilishi 
mumkin. Absorbtsiya jarayonini amalga oshirishdagi asosiy kursatkichlar jarayon 
bajarilayotgan xarorat, bosim, gaz va absorbentlarni xarakatlanish tezligi, ularning 
o’zaro nisbati bo’lib xisoblanadi. 
Odatda bosimni oshirish va xaroratni pasaytirish tabiiy gazlardan uning 
komponentlarini ajratib olishni tezlashtiradi va jarayon samarasi xam yuqori bo’ladi. 
Absorbtsiya jarayoni absorbtsiya samarasi bilan tavsiflanadi. Absorbtsiya 
samarasi deb, 1 kg absorbent qancha gazni yutganligini (eritganligini) bildiruvchi 
kattalikka aytiladi. 
Tabiiy gaz absorber deb ataluvchi asbobga past tomonidan kiritiladi. Absorberni 
ichki qismida likobchasimon to’siqlari bo’lib, ana shu likobchalarga absorberni 
yuqori qismidan absorbent yuboriladi. Tabiiy gaz likobchalardan oqib tushayotgan 
absorbent orasida o’tib yuqori molekulyar massaga ega bo’lgan komponentlari 
absorbentga yutiladi va tozalangan eng yengil gaz (odatda metan) absorberni yuqori 
qismidan ajratib olinadi (II). 
O’zidan tabiiy gazlarning alohida komponentlarini eritgan absorbent eritmasi 
desorbsiya jarayoniga yo’naltiriladi, ya’ni eritmadan endi yutilgan komponentlar 
ajratib olinadi. Buning uchun to’yingan absorbent eritmasi qizdiriladi va undan 
yutilgan tabiiy gaz komponentlari ajratib olinadi. Ba’zi xollarda yutilgan 
komponentlarni to’liq ajratib olish uchun to’yingan absorbent rektifikatsiya 
minorasiga xam yunaltirilishi mumkin. 
Tabiiy gaz komponentlarini o’z ichida eritgan absorbent esa absorber pastidan 
olinadi va issiqlik almashgichga yo’naltiriladi. Bu yerdan eritma desorberga kelib 
tushadi. Desorberda eritma qizdirirgichdan kelayotgan issiqlik xisobiga qizdiraladi. 
Buning natijasida ajralib chiqqan tabiiy gaz komponentlari desorberni yuqori 
qismidan olinadi va kondensatorga kelib tushadi. Bu yerda ajralib chiqqan gazlar 
sovutiladi va suyuqlik xolatida olinadi va tindingichga yunaltiriladi. Tindirgichdan 


12 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
tayor maxsulot xoldagi ajratib olingan tabiiy gaz komponenti nasos orqali 
iste’molchiga (III) yuboriladi. Toliq tozalanmagan qismi yana desorberga qayta 
ajratish uchun qaytariladi. 
Adsorbsiya jarayoni bilan tabiiy gazlardan komponentlarni ajratib olish uchun 
qattiq xoldagi yutuvchi moddalarni (adsorbent) qullash bilan olib boriladi. Odatda bu 
maqsadlarda yuqori g’ovaklikka ega bo’lgani faollashtirilgan ko’mir, faollashtirilgan 
gil, grafit va shu kabi moddalardan foydalaniladi. 
Qattik adsorbentlarni o’lchamlari ularning g’ovakliligiga bog’lik bo’lib, 
g’ovakli qanchalik kichik bo’lsa shunchalik adsorbentning yuzasi katta bo’ladi. 
Qattik adsorbentlarning samaradorligi ularning umumiy yuzasiga bog’liq. Shuning 
uchun xam qattik adsorbentlarning sifati ularning solishtirma yuzasi, zarrachalarining 
o’rtacha diametri va sochiluvchan diametri bilan tavsiflanadi. 
Qattik adsorbening solishtirma yuzasi deb, uning bir birlik yuzasini massasiga 
bo’lgan nisbatiga aytiladi. 
G’ovaklarini katta - kichikligiga qarab qattiq adsorbentlar yirik g’ovakli va 
mayda g’ovakli turlariga bo’linadi. Odatda mayda g’ovaklilariga g’ovaklar diametri 
30 A gacha bo’lgani kiradi. 
Adsorbenilarning sochiluvchan massasi deb, g’ovaklar va zarrachalar orasidagi 
bushliklar xisobiga olingan bir birlik xajmdagi massa miqdoriga aytiladi. 
Adsorbtsiya jarayonida tabiiy gaz maxsus asbob adsorberda qattiq adsorbent 
orasidan o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Kattik adsorbent g’ovaklaridan 
o’tayotgan tabiiy gazning yuqori molekulyar massaga ega bo’lgan komponentlari 
adsorbentga yutiladi va sekin-asta adsorbentni to’yintira boshlaydi. 
Adsorbent tabiiy gaz komponentlariga to’yinib bo’lganidan so’ng undan ana shu 
komponentlarni ajratib olish jarayoni 250-300
0
S dagi suv bug’larida yuvish bilan 
amlaga oshiriladi. Shu usuluda ajratib olingan karbonsuvchillar keyinchalik suvdan 
xam tozalanadi va tayor maxsulot xoliga keltitriladi. Tabiiy gazning komponentlarini 
ajratib olish uchun ishlatilgan qattiq adsorbentlar keyinchalik quritilib, tozalanib yana 
jarayonga qaytariladi. 


13 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
Qattiq adsorbentlar bilan tabiiy gazdan uning komponentlarini ajratib olish juda 
murakkab jarayon bo’lib, katta mablag’lar sarflashga to’g’ri kelganligi tufayli 
adsorbtsiya usuliga nisbatan kam tarqalgan. 
Adsorbtsiyaga nisbatan gepersorbtsiya jarayoni ko’proq tarqalgan. Bu 
jarayonda tabiiy gaz uzluksiz xarakat qilayotgan faollashtirilgan ko’mir ichidan utib 
boradi. Gipersorbtsiya usuli qo’llanilganda qattiq adsorbent bilan gaz 
komponentlarini yutish, to’yingan adsorbentdan yutilgan komponentni ajratib olish, 
sovutish, tozalash va adsorbentni qaytadan jarayonda qo’llash uzluksiz davom etadi. 
Rektifikatsiya usuli gazlarni aloxida komponentlarga ajratidigan asosiy 
usullardan biri bo’lib xisoblanadi. Buning uchun odatda tabiiy gazlarni ikki turga 
ajratgan xolda amalga oshirish kerak bo’ladi. Birinchi turdagi gazlarga past 
molekulyar massag ega bo’lgan gaz xolatidagi komponentlar va ikkinchisi - yuqori 
molekulyar massaga ega bo’lgan suyuqlik xolatidagi komponentlar. Xosil bo’lgan 
gaz va suyuq xolatdagi karbonsuvchillardan suyuq xolatdagisi rektifikatsiya 
minorasida xuddi neft kabi juda to’liq qilib komponenlarga ajratiladi.
Bunday ajratish uchun bosimni oshirish va xaroratni pasaytirish yo’li bilan 
amalga oshiriladi. Xaroratni pasaytirish uchun ammiak, kabi moddalardan 
foydalaniladi. Xemosorbtsiya usuli karbonsuvchillar aralashmasidan ajralib 
chiqayotgan moddalarni adsorbentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishiga 
asoslangan. Xemosorbsiya usulida suyuq yoki qattiq yutuvchi moddalarni 
qullanilishiga qarab Xemoabsorbtsiya (suyuk yutuvchi modda bulsa) usullari 
mavjud. Bu usullar qo’llanilganda sof karbonsuvchil komponenlarini ajratib olish 
sorbentlarini (yutuvchi moddalarni) kizdirish yuli yeki kayta reaksiyaga kiritish bilan 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 246,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin