Rektifikatsiya printsipi



Yüklə 95,13 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü95,13 Kb.
#111108
  1   2
2.5-reja


Rektifikatsiya printsipi. Bir jinsli suyuq aralashmalarni komponentlarga to'la ajratish faqat rektifikatsiya usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Rektifikatsiya jarayonining mohiyatini t–x–u diagrammasi orqali tushuntirish mumkin (1.3-rasm). Kontsentratsiyasi x1 bo'lgan dastlabki aralashma qaynash harorati t1 gacha isitilganda, suyuqlik bilan muvozanatda





1.3-rasm. Binar aralashmalarni rektifikatsiya usuli bilan ajratishning diagrammada tasvirlanishi.

bo'lgan bug'ning holati aniqlanadi (b nuqta). Bu bug' kondensatsiya qilinganda kontsentratsiyasi x2 ga teng bo'lgan suyuqlik hosil bo'ladi (x2>x1). Demak, suyuqlik yengil uchuvchan komponent bilan birmuncha to'yingan bo'ladi. Bu suyuqlik ham qaynash harorati t2 gacha isitilganda bug' hosil bo'ladi (d nuqta), bug' kondensatsiyalanganda x3 tarkibli suyuqlik olinadi (x3>x2). SHu yo'sinda birin-ketin bir necha marta suyuqlikni bug'latish va bug'ni kondensatsiyalash jarayonlarini o'tkazish orqali tayyor mahsulot-distillyat olish mumkin. Distillyat asosan yengil uchuvchan komponentdan tashkil topgan bo'ladi.


Diagrammadagi yuqorigi egri chiziq bug' fazasining tarkibini belgilaydi, pastki egri chiziq esa qaynash haroratlarini ifodalaydi. Bu diagramma yordamida birin-ketin bir necha marta kondensatsiyalash va bug'latish jarayonlarini o'tkazish orqali tarkibi asosan qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan qoldiq suyuqlik olish mumkin. Ko'p marta bug'latish jarayonini ko'p pog'onali qurilmalarda olib borish mumkin. Biroq bunday qurilmalar qator kamchiliklarga ega: o'lchami katta, yuqori kontsentratsiyali moddalar (distillyat yoki qoldiq) ning chiqishi kam, atrof muhitga ko'p miqdorda issiqlik yo'qoladi.
Suyuq aralashmalarni birmuncha ixcham bo'lgan rektifikatsion kolonnalarda to'la holda komponentlarga ajratish ancha tejamlidir. Rektifikatsiya jarayoni davriy va uzluksiz ravishda, bosimning turli qiymatlarida (atmosfera bosimi ostida, vakuumda, atmosferada bosimdan yuqori bosimda) olib boriladi. Yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini ajratishda vakuum ishlatish maqsadga muvofiqdir. Normal haroratlarda gaz holatida bo'lgan aralashmalar ajratilganda atmosfera bosimdan yuqori bo'lgan bosim ostida ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi.

Yüklə 95,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin