Rektifikatsiya printsipi


Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar



Yüklə 95,13 Kb.
səhifə2/2
tarix11.05.2023
ölçüsü95,13 Kb.
#111108
1   2
2.5-reja

Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo'llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi (6-rasm). Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo'lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi.
Hosil bo'lgan bug'lar rektifikatsion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o'tadi. Bug' kolonna bo'ylab ko'tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to'yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqorigi tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza





6-rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi:
1-haydash kubi; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitgich; 6,7-yig'gichlar.

pastga harakat qilishda o'z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug' fazasiga beradi. Bug' va suyuq fazalarning bir necha bor o'zaro kontakti natijasida bug' fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to'yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat qilgan sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.


Kolonnaning yuqorigi qismidan bug'lar deflegmatorga o'tadi va u yerda to'la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug'lar to'la kondensatsiyalanganda hosil bo'lgan suyuqlik ajratkich yordamida ikki qism (distillyat va flegma) ga ajratiladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitkichda sovitilgandan so'ng yig'ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibga erishgandagina jarayon to'xtatiladi, qoldiq tushiriladi va tsikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqning tegishli tarkibiga ega bo'lishini uning qaynash haroratiga qarab aniqlanadi.
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning printsipial sxemasi 7-rasmda ko'rsatilgan. Qurilmaning asosiy qismi rektifikatsion kolonnadir. Kolonna tsilindrsimon shaklda bo'lib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo'ladi.



7-rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi:
1-isitkich; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitkich;
6-distillyat uchun yig'gich; 7-qaynatgich; 8-qoldiq mahsulot uchun yig'gich.
Dastlabki aralashma odatda isitkichda qaynash haroratigacha isitiladi, so'ngra kolonnaning ta'minlovchi tarelkasiga beriladi. Ta'minlovchi tarelka kolonnani ikki qismga (yuqorigi va pastki kolonnaga) bo'ladi. Yuqorigi kolonnada bug'ning tarkibi yengil uchuvchan komponent bilan to'yinib boradi, natijada tarkibi toza yengil uchuvchan komponentga yaqin bo'lgan bug'lar deflegmatorga beriladi. Pastki kolonnadagi suyuqlik tarkibidan maksimal miqdorda yengil uchuvchan komponentni ajratib olish kerak, bunda qaynatgichga kirayotgan suyuqlikning tarkibi asosan toza holdagi qiyin uchuvchan komponentga yaqin bo'lishi kerak.
SHunday qilib, kolonnaning yuqorigi qismi bug' tarkibini oshiruvchi qism yoki yuqorigi kolonna deb ataladi. Kolonnaning pastki qismi esa suyuqlikdan yengil uchuvchan komponentni maksimal darajada ajratuvchi qism yoki pastki kolonna deb ataladi.
Kolonnaning pastidan yuqoriga qarab bug'lar harakat qiladi, bu bug'lar kolonnaning pastki qismiga qaynatgich orqali o'tadi. Qaynatgich odatda kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan bo'ladi. Bu issiqlik almashgich yordamida bug'ning yuqoriga yo'nalgan oqimi hosil qilinadi. Kolonnaning tepasidan pastga qarab suyuqlik harakat qiladi. Bug'lar deflegmatorda kondensatsiyaga uchraydi. Deflegmator sovuq suv bilan sovitiladi. Hosil bo'lgan suyuqlik ajratkichda ikki qismga ajratiladi. Birinchi qism – flegma kolonnaning yuqorigi tarelkasiga beriladi. SHunday qilib, kolonnada suyuq fazaning pastga yo'nalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism – distillyat sovitilgandan so'ng yig'gichga yuboriladi.
Deflegmatorda bug'lar to'la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Birinchi holda kondensat ikkiga bo'linadi. Birinchi qism – flegma kolonnaga qaytariladi, ikkinchi qism esa distillyat (rektifikat yoki yuqorigi mahsulot) sovitkichda sovitilgandan so'ng yig'ish idishiga yuboriladi. Ikkinchi holda esa deflegmatorda kondensatsiyaga uchramagan bug'lar sovitkichda kondensatsiyalanadi va sovitiladi; bu holda ushbu issiqlik almashgich distillyat uchun kondensator – sovitkich vazifasini bajaradi.
Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga bo'linadi. Birinchi qism qaynatkichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki mahsulot) esa sovitkichda sovitilgandan so'ng yig'ish idishiga tushadi.
Rektifikatsion qurilmalar odatda nazorat-o'lchash va boshqaruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo'ladi. Bu asbob-uskunalar yordamida qurilmaning ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonni maqbul rejimlarda olib borish imkoni paydo bo'ladi.
Yüklə 95,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin