Ekstraksion usulda ajratish jarayonini modellashtirish avtomatlashtirish. Munadrija Kirish I.BOB.Ekstraksion qurilmasi ekstraktorni hisoblash 1.1. Ekstraksion usulda ajratish jarayonini modellashtirish 1.2. Ekstraksion usulda ajratish jarayonini modellashtirish asosiy usullari II.BOB.Ekstraksiyalash qurilmasida ekstraktorni hisoblash G=2000 kg/soat 2.1.Ekstraksion qurilma tuzilishi 2.2. Ekstraksion hisoblash G=2000 kg/soat Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish Ekstraksion (lot. ajratayapman) — suyuq yoki qattiq moddalar aralashmasini maxsus (selektiv) erituvchi (ekstragent)lar yordamida toʻla yoki qisman ajratish. E.ning fizik mohiyati ajratib olinayotgan (ekstraksiyalanayotgan) moddaning toʻqnashuv paytida bir faza (suyuq yoki qattiq faza)dan ikkinchi faza — suyuq ekstragent fazaga oʻtishidan iborat.
E. quyidagi jarayonlarni: dastlabki modda aralashmasi bilan ekstragentni toʻqnashtirish (aralashtirish); hosil boʻlgan ikki fazani mexanik ajratish; ekstragentni har bir fazadan ajratib olish va regeneratsiyalashni oʻz ichiga oladi.
E. jarayonidan sof farmatsevtik preparatlar olishda, shakar, yogʻlar ishlab chiqarishda, aromatik uglevodorodlar, sulfidli neftlarning moyli fraksiyasi, kaprolaktam, texnik krezollardan m va p krezollarni, divinil rektifikatsiyasi qoldiqlaridan dietil efirni, suyultirilgan eritmalardagi sirka kislotani, oqova suvda qolgan fenol va h.k.ni ajratib olishda foydalaniladi. Nikel bilan kobalt, nikel bilan mis, siyraker elementlari, platinoidlar, sirkoniy bilan gafniy, niobiy bilan tantal va boshqalarni ajratib olishda E. usuli keng qoʻllanadi.
Ekstraksiyalashning fizik mohiyati ajratib olinayotgan (ekstraksiyalanayotgan) moddaning toʻqnashuv paytida bir faza (suyuq yoki qattiq faza)dan ikkinchi faza — suyuq ekstragent fazaga oʻtishidan iborat.
Ekstraksiyalash quyidagi jarayonlarni: dastlabki modda aralashmasi bilan ekstragentni toʻqnashtirish (aralashtirish); hosil boʻlgan ikki fazani mexanik ajratish; ekstragentni har bir fazadan ajratib olish va regeneratsiyalashni oʻz ichiga oladi.Ekstraksiyalash jarayonidan sof farmatsevtik preparatlar olishda, shakar, yogʻlar ishlab chiqarishda, aromatik uglevodorodlar, sulfidli neftlarning moyli fraksiyasi, kaprolaktam, texnik krezollardan m va p krezollarni, divinil rektifikatsiyasi qoldiqlaridan dietil efirni, suyultirilgan eritmalardagi sirka kislotani, oqova suvda qolgan fenol va h. k. ni ajratib olishda foydalaniladi. Nikel bilan kobalt, nikel bilan mis, siyraker elementlari, platinoidlar, sirkoniy bilan gafniy, niobiy bilan tantal va boshqalarni ajratib olishda Ekstraksiyalash usuli keng qoʻllanadi.