I bob. Ekstraksion qurilmasi ekstraktorni hisoblash (1)
1.2. Ekstraksion usulda ajratish jarayonini modellashtirish asosiy usullari 1, 2 — eritma va erituvchi kiradigan quvur; 3 — aralashtirish zonasi; 4 —
aralashtirgich; 5 — aralashtirish quvuri; 6 —sirkulyatsion quvur; 7 — sifon; 8 —
ajratish zonasi; 9 — halqasimon bo׳shliq; 10 — quyilish shtutseri.
Kolonnali ekstraktorlar.
"Suyuqlik-suyuqlik" sistemasiga mo׳ljallangan kolonnali ekstraktorlar o׳z
navbatida ikki turga bo׳linadi:
1) qo׳shimcha energiya berilmaydigan qurilmalar;
2) tashqaridan qo׳shimcha energiya beriladigan qurilmalar.
Birinchi turga sochib beruvchi, nasadkali va g`alvirsimon ekstraktorlar, ikkinchi turga esa rotorli,
pulsasion, vibrasion va boshqa ekstraktorlar kiradi.
Suyuqlikni sochib beruvchi ekstraktorlar ichi bo׳sh silindrsimon kolonnadan iborat, bunda fazalardan
bittasi yaxlit oqim bilan, ikkinchi faza esa qarama-qarshi yunalishda mayda tomchilar holatida harakat
qiladi. Bunday qurilmalar oddiy tuzilishga ega, biroq ularning samaradorligi juda kam. Nasadkali
ekstraktorlarning tuzilishi absorbsiya va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan shunga o׳xshash
qurilmalardan farq qilmaydi.
Sanoatda ko׳pincha g`alvirsimon tarelkali ekstraktorlar keng ishlatiladi (28.5-rasm). Bunday ekstraktor
vertikal silindrsimon qobiq 7 va quyilish moslamalari 3 bo׳lgan g`alvirsimon tarelkalar 2 ga ega.
Kolonnaning ishlashi quyidagicha boradi. Og`ir faza (OF) shtutser 4 orqali kolonnaga uzluksiz 28.5-rasm. G`alvirsimon ekstraksion kolonna:
1 — vertikal silindrsimon qobiq; 2 — g`alvirsimon tarelkalar; 3 — quyilish moslamalari; 4, 6 —
og`ir va yengil fazalar kiradigan shtutserlar;7-og`ir faza chiqadigan shutser; a — fazalarni ajratuvchi
sath. beriladi, yaxlit oqim bilan pastga harakat qiladi va shtutser 7 orqali tashqariga chiqadi. Yengil faza (EF)
uzluksiz ravishda shtutser 6 orqali kolonnadagi pastki tarelka 2 ning ostki qismiga beriladi. Ushbu faza
tarelkadagi teshiklar orqali o׳tganida mayda tomchilarga ajraladi. Tomchilar yaxlit faza ichida yuqoriga
harakat qiladi va tarelka zonasiga etganida o׳zaro qo׳shilib, suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam
tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali o׳tib yana tomchilar
hosil qiladi. Ekstraktorda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish moslamalari 3 yordamida
o׳tadi.
Shunday qilib, bitta kolonnada ko׳p marotaba suyuqlikning mayda tomchilarga parchalanishi va ular
qo׳shilib, suyuqlikning tirgovich qatlamini hosil qilishi yuz beradi.eng yuqorigi tarelkadan chiqayotgan
tomchilar,engil suyuqlik qatlami-ekstrakt (EF) ni hosil qilib, fazalarni ajratuvchi sath a ga ega bo׳ladi va
qurilmadan shtutser 5 orqali tashqariga chiqariladi. Og`ir faza (rafinat) qurilmaning pastki qismiga
joylashgan shtutser 7 yordamida tashqariga uzatiladi.
Tarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko׳ra, tomchi hosil qilishning uch xil rejimi
bor:
1) notekis tomchi hosil bo׳lishi (kichik tezliklarda);
2) bir tekis tomchi hosil bo׳lishi (o׳rtacha tezliklarda);
3) suyuqlikning kichik oqimlar bilan chiqishi (katta tezliklarda),
Tajribalarning ko׳rsatishicha, g`alvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning
teshiklardan o׳tish tezligi 0,15-0,30 m/s bo׳lishi kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik
oqimlar hosil qilish rejimi mavjud bo׳ladi. Tarelkalar oralig`idagi masofa 0,25-0,60 m qilib olinishi
mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustidagi balandligi 0,2 m atrofida bo׳lsa, modda o׳tkazish jarayoni tez
ketadi. Tarelkadagi teshiklarning diametri odatda 3-6 mm bo׳ladi.
Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oralig`idagi farq 100 kg/m
3
dan kam va fazalar o׳rtasidagi
sirt taranglik kuchi katta qiymatga ega bo׳lsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashqaridan
energiya beriladigan, ya’ni mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan ekstraktorlar ishlatiladi.
Tashqaridan energiya beriladigan ekstraktorlar qatoriga birinchi navbatda rotorli ekstraktorlar kiradi. Bu
turdagi ekstraktorlarning dastlabki variantlaridan biri Shaybel
1— aralashtirish seksiyalari; 2 — tindirish seksiyalari; 3 — aralashtirgichlar
kolonnasi hisoblanadi (28.6-rasm). Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish 1 va tindirish 2
seksiyalaridan tashkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar 3
o׳rnatilgan. Tindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli qilib to׳qilgan to׳rlar) bilan
to׳ldiriladi.
Pulsasiyali ekstraktorlarda ham ikki fazali oqimga qo׳shimcha energiya beriladi. Bunda ekstraktorning
ichidagi suyuqlikka pulsatorlar yordamida qaytarma-ilgarilama harakat beriladi. Pulsasiya tebranishlari
ta’sirida oqimning turbulentligi va fazalarning tomchilarga aylanish darajasi ortadi, natijada nasadkali
va g`alvirsimon tarelkali kolonnalardagi modda o׳tkazish jarayonining samaradorligi ko׳payadi.
Sanoatda pulsatorlar sifatida porshenli, plunjerli, membranali nasoslar yoki maxsus pnevmatik
qurilmalar ishlatiladi. 28.7-rasmda pnevmatik pulsasiya tizimi bo׳lgan ekstraksiya qurilmasi
ko׳rsatilgan. Havo yoki inert gaz kompressor 2 yordamida resiver 5 va zolotnikli tarqatuvchi mexanizm
3 orqali ekstarksiya kolonnasining pulsasiya kamerasi 7 ga yuboriladi. To׳g`ri impuls paytida
kameradagi suyuqlikning sathi pasayadi, natijada kolonnadagi suyuqlikning sathi ko׳tariladi. Teskari
impuls paytida kamera atmosfera bilan birlashadi, kolonnadagi suyuqlikning sathi esa pasayadi. Bunday
kolonnada quyilish moslamalariga ehtiyoj qolmaydi, chunki kolonnadagi suyuqlik ustuni ko׳tarilganda
tarelkadagi teshiklar orqali yengil faza EF o׳tadi, suyuqlik ustuni pastga tushganda esa og`ir faza OF ga
o׳tadi.