II.BOB.Ekstraksiyalash qurilmasida ekstraktorni hisoblash G=2000 kg/soat
2.1.Ekstraksion qurilma tuzilishi
Pulsasiyali ekstraktorlarda odatda g`alvirsimon hamda KRIMZ turidagi tarelkalar ishlatiladi.
G`alvirsimon tarelka teshiklarining diametri 3-5 mm, tarelkadagi hamma teshiklarning yuzasi esa
kolonna ko׳ndalang kesimi yuzasining 20-25% ini tashkil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm.
Pulsasiyali ekstraktorlarning diametri chegaralangan bo׳ladi (eng ko׳pi bilan 600; 800 mm).
Ekstraktorning samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog`liq.
Pulsatorlarning ko׳pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200-300 ni tashkil qiladi, bunda amplituda
1-2 mm ga teng bo׳lishi kerak.
Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorlar.
Agar ekstraksiya qilinayotgan modda
tez parchalanib ketish xususiyatiga ega bo׳lsa (masalan, antibiotik moddalar), bunda jarayon vaqtini
maksimal darajada kamaytirish zarur. Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorida
jarayon maksimal tezlik bilan boradi. Aralashma va erituvchi zichliklarining ayirmasi juda kichik
bo׳lgan holatda ham bunday ekstraktorlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi ekstraktorlarning
tuzilishi juda ixcham, ish unumi katta, ekstraksiyalash jarayoni esa katta tezliklarda boradi.
Formasevtika sanoatida (penitsilin va boshqa antibiotiklar olishda), organik sintez jarayonlarida,
o׳simlik moylarini tozalashda va boshqa bir qator sohalarda markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan
ekstraktorlar muvaffaqiyatli ravishda
28.8-rasm. Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktor:
1 — rotor; 2 — rotorning qobig`i; 3 — val.
qo׳llanilmoqda. 28.8-rasmda sanoatda ko׳p tarqalgan markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan
ekstraktoming sxemasi ko׳rsatilgan. Rotorning ichida spiralsimon perforasiya qilingan lenta
joylashtirilgan. Lentaning teshiklaridan ikkala faza o׳tadi. Val katta tezlik (600-1200 min) bilan harakat
qiladi. Yengil faza rotorning chekasiga yuboriladi, og`ir faza esa rotorning markaziga yaqin joyga
beriladi. Rotor aylangan paytda markazdan qochma kuch ta’sirida lentaning teshiklarida fazalarning
jadallashtirilgan kontakti yuz beradi; bunday jarayonda spiralning kanallarida va silindrlar oralig`idagi
bo׳shliqda uzluksiz ravishda fazalarning ajralishi ham davom etadi. Bunday ekstraktorlar
kamchiliklardan ham xoli emas: tuzilishi birmuncha murakkab; ayrim paytlarda suyuqliklarni qurilmaga
bosim bilan berishga to׳g`ri keladi.
Gaz, bug` yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bi ryoki bir necha komponentlarni qattiq jism
(adsorbent) yuzasi va g`ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi.
Adsorbsiya paytida
yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo׳lgan modda esa adsorbat
deyiladi. Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish
hamda gaz va bug` aralashmalarini ajratish uchun qo׳llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar
aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin toza-
lash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik
kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo׳llaniladi. Bu usul yordamida xom ashyo va
mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin.
Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof-muhitni muhofaza
qilishga xizmat qiladi.
Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog`langan bo׳ladi. Adsorbent
tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi.
Qattiq jismning yuzasiga ta’sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko׳ra adsorbsiya ikki xil bo׳ladi: fizik
adsorbsiya
va xemosorbsiya. Fizik adsorbsiya molekulyar kuchlarning o׳zaro ta’sir etishiga asoslangan.
Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o׳zaro ta’sirlanishi orqali yuz beradi.
Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik
o׳rtasida yuz beradigan murakkab diffuzion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit)
o׳zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Ionitlar ikki xil bo׳ladi:
1) kationitlar; 2) anionitlar. Eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo׳lgan ion ionitda yutiladi va
so׳ngra regenerasiya yo׳li bilan ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |