Geologiyasi


 Qatlamning neft beraolishligi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə207/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.6.3. Qatlamning neft beraolishligi 

Qatlamning neft beraolishlik koeffitsientini ko’paytirib borish xalq xo’jaligining


tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo’yicha muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Bunday ma’suliyatli vazifani bajarish uchun qatlamni ishlatish
jarayonida maydonning avval suv bostirilgan uchastkasi va keyinroq uning suv
bostirish bilan qamrab olingan qismi bo’yicha joriy neft beraolishlik koeffitsientini
aniqlash zarur.
Suv bostirilgan uchastka uchun bunday koeffitsientni hisoblashda mazkur
uchastkadan chiqarib olingan neft miqdori (Q
ol
) va hajm metodi bilan hisoblangan
boshlang’ich balans zaxiralar (Q
zax
) ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Suv bostirilgan uchastkaning neft beraolishlik koeffitsienti quyidagi ifoda
bo’yicha aniqlanadi.

= Q
ol
/Q
zax
.



308
Bunday hisoblashning to’g’ri bo’lishi uchastkaning boshlang’ich balans


zaxiralari parametrlarining to’g’ri aniqlanganiga bog’liq.
Suv bostirish bilan qamrab olingan maydonning neft beraolishligining joriy
koeffitsientini aniqlash uchun quyidagi nisbatdan foydalaniladi

= K
s
K

sb
K

sb
,
bunda K
s

neftning siqib chiqarish koeffitsienti, K

sb

ob’ekt maydonining suv
bostirish bilan qamrab olish koeffitsienti, K

sb

ob’ekt qalinligining suv bostirish
bilan qamrab olish koeffitsienti.
Qatlamning suv bosgan va yuvilgan uchastkalarida qoldiq neft va neft
beraolishlik koeffitsientini aniqlashda baholash quduqlari, shuningdek, suvlangan
quduqlarda bajarilgan kon-geofizik tadqiqotlar muhim rol o’ynaydi.
Neft konlarini ishlatishdan olingan tajribalardan ma’lumki, hatto qatlamga suv
bostirish bilan ta’sir etishda ham

ning qiymati ko’p paytlarda 0,5-0,6 dan
oshmaydi. Ko’pgina neft konlarini ishlatish holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki,
kondan foydalanish tugayotganda yoki foydalanishning oxirgi bosqichida bo’lgan
konlardagi qatlamlarda juda ko’p (12 dan 30% gacha) neft qolib ketar ekan. Hozir
ishlatilayotgan neft konlaridagi qatlamlarda ham neftning juda katta miqdori qolib
ketmoqda. Bu konlardan neftning boshlang’ich balans zaxirasining qariyb 50%i
olinmoqda. Qatlamlarni neft beraolishligini ko’paytirishning ahamiyati hammaga
ayon. Chunonchi qatlamning neft beraolishligini hech bo’lmaganda 1% ga
ko’paytirilgan taqdirda konlardan o’nlab million tonna qo’shimcha neft olish
mumkin bo’ladi. Bu miqdor ayni paytda yangi kon ochish bilan barobardir.
Uyumning ishlatishni mavjud metodlarini takomillashtirish va qatlamning neft
beraolishlik koeffitsientini oshirish uchun quduqlar to’ri zichligini oqilona tanlash,
ishlatish quduqlarini maydonda to’g’ri joylashtirish, qatlamga haydalayotgan suv
miqdorini ko’paytirish, suv haydash va suv chiqarish zonalari oralig’idagi bosimlar
farqini oshirish, kuchli suvlangan qatlamlardan suyuqlik chiqarib olishni
jadallashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Qatlamlarning neft beraolishligini oshirish uchun neft olishni jadallashtirish
bo’yicha turli tadbirlarni qo’llash muhim rol o’ynaydi. Ammo shuni qayd etish
lozimki, turli fizik-kimyoviy va issiqlik tadbirlarini qo’llashda qazilgan quduqlar
to’ri zich bo’lishi kerak (0,02 km
2
/quduq), bu maqsadda mavjud quduqlar to’rining
zichligi orttiriladi.
Qatlamga haydalayotgan suvning yuvish qobiliyatini yanada oshirish uchun
unga yuza-faol moddalarni (ayniqsa noionogenli yuza-faol moddalar, masalan,
polietilen va b.) qo’shish kerak. Quduqqa haydalayotgan suvning yuvish xususiyatini
ko’paytirishda unga quyuqlashtiruvchi moddalar

suyuq shisha, polimerlar
qo’shilganda yaxshi natija beradi. Poliakrilamidlar eng ko’p qo’llaniladi.
Quyuqlashtiruvchilar ishlatilganda

12-20%ga oshadi. Qatlamga haydalgan havoli
suv (gazli suv) aralashmalari va ko’piklar (ko’pik hosil qiluvchi omillar) ham neftni
siqib chiqarishni va olinadigan yo’lakay suv miqdorini kamaytirib yuboradi.
Tarkibida SO
2
erigan suv yoki karbonat kislota, yuqori bosimli quruq metanli
gaz, yog’li suyultirilgan gaz, mitsellyar eritmalar (neft sulfanati, polimerlar), organik
erituvchilar (og’ir spirt, gazli benzin) va sh.k.larni (karbonlashtirilgan suv) qatlamga



309
haydash juda ham katta samara beradi. Quruq gaz katta bosim ostida (26 MPa dan


ortiq) qatlamga haydalganda uning neft beraolishligi 10-15%ga ortadi. Suvni
qatlamga haydashda suyultirilgan gaz (odatda propan) hoshiyasidan foydalanish
neftni to’liqroq siqib chiqarishga yordam beradi. Nihoyat neftni to’liq siqib
chiqarishga erishish uchun turli termik metodlardan foydalanish mumkin: qatlamga
isitilgan issiq suv haydash, elektr isitkichlar bilan quduq tubi atrofini isitish va h.k.
Qatlamning darzliligini sun’iy ravishda oshirish hisobiga uning o’tkazuvchanligini
ko’paytirish maqsadida yer osti termoyadro portlatishlarini amalga oshirish samarali
yo’nalish hisoblanadi.
Xulosa qilib aytsak, sobiq Ittifoqdagi konlarda neft beraolishlik koeffitsienti
0,33-0,78 atrofida (1981 yil hisobida). Koeffitsientning o’rtacha miqdori AQSHdagi
konlarda 0,325ga, O’zbekiston Respublikasidagi konlarda 0,25-0,3 teng.
Quyida neft beraolishlik koeffitsientining miqdori xorijiy mamlakatlar bo’yicha
berilgan (suratida ikkilamchi metodlarni ishlatilishi inobatga olinmagan, maxrajda
esa inobatga olingan):
Venesuela ..................
Kanada ........................
Eron ............................
Iroq ............................
Quvayt
0,176/0,208
0,238/0,294
0,228/0,309
0,301/0,407
0,447/0,625
Saudiya Arabistoni ...
Bahrayn .........................
Liviya .............................
Afrika ..........................
Frantsiya ........................
0,186/0,324
0,228/0,271
0,227/0,277
0,187/0,234
0,448/0,536


310



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin