Geologiyasi


 Mexanik karotaj va uni izohlash



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə27/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.4.3. Mexanik karotaj va uni izohlash 
Burg’ilanayotgan jinslarni dolotalarning emirilish xususiyatiga ko’ra o’rganish
murakkab ishlardan biri deb hisoblanadi. Dolotoning emirilish shakli va xususiyatiga
qarab qanday tog’ jinslari burg’ilanayotganligini taxminan bilish mumkin. Masalan,
gil jinslarni yoki bo’sh qumlarni burg’ilashda doloto kam emiriladi, zich va qattiq
jinslarda esa emirilish kuchli bo’ladi. Ohaktoshlar va ohakli qumtoshlar dolotoni
o’tmas (arra) qilib qo’yadi. Gil jinslarda u o’tmas bo’lib qoladi, jinslarning kesuvchi
zihi yumaloq shakl oladi (masalan, RX dolotosi). Zich qumtoshlarda doloto bir tekis
va kuchli emiriladi.



39
Burg’ilash jarayonini xronometrajlash (biror narsaga sarf bo’lgan vaqtni aniq


o’lchash)da kesimning 1 m oralig’ini o’tishga (toza burg’ilashga) sarflangan vaqt
qayd qilinadi.
Tog’ jinslarining qattiqligi turlicha bo’lib, burg’ilashga har xil qarshilik
ko’rsatadi, shu sababli 1 m jinsni burg’ilashga sarflanadigan vaqt ham turlicha
bo’ladi. Xronometrajning to’liq bajarilishi uchun quduqni burg’ilash jarayoni va
boshqa zaruriy ishlarga sarflanadigan vaqt uzluksiz yozib boriladi. Natijada 1 m
qazishga sarflangan vaqt o’lchovlariga ko’ra diagramma chiziladi, uni vertikal o’qiga
quduq chuqurligi masshtabida qo’yiladi, gorizontal o’qiga esa har bir metr o’tishga
sarflangan vaqt (soat)da qo’yiladi. Natijada karotaj egri chizig’iga o’xshash grafik
hosil bo’ladi, egri chiziqning o’tkir uchlari qattiq jinslarga, yassi joylari bo’sh va
yumshoq jinslarga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, chizilgan diagramma
mexanik karotaj diagrammasi
deb ataladi,
uning yordamida kesimdagi qattiq va yumshoq jinslarni, ayniqsa karbonat jinslar
ichidagi neftli intervallarni ajratish va shu bilan elektr karotaj diagrammasini
izohlashni osonlashtirish mumkin bo’ladi. Darzliklari, bo’shliqlari va kovaklarida
neft bo’lgan karbonat jinslari zich tuzilgan turdoshlariga nisbatan oson burg’ilanadi
va ularni mexanik karotaj yordamida ajratish engil kechadi (ularni elektr karotajda
umuman ajratib bo’lmaydi).
Mexanik karotaj diagrammasining aniqligiga doloto o’lchami va tipi,
qotishmalarni o’rnatish usuli, quduq chuqurligi, burg’ilash uskunasi massasi,
rotorning aylanish miqdori, burg’ilash nasosi quvvati, burg’ilash usuli (rotorli,
turbinali va b.) ta’sir etadi. SHunga ko’ra turli quduqlar bo’yicha olingan mexanik
karotaj diagrammalarini faqat burg’ilashning texnologik rejimi butkul bir xil
bo’lgandagina taqqoslash mumkin.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin