Geologiyasi


Magmatik va metamorfik jinslar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə24/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Magmatik va metamorfik jinslar

Bunday jinslarning karotaj tavsiflari aniq
belgilanmagan. Magmatik jinslarning zohiriy qarshiligi bir necha yuz Om

metrga
etishi mumkin. Lekin, poydevor (nurash po’sti)ning eng yuqori qismidagi
maydalangan, parchalangan jinslarning zohiriy qarshiligi qiymati bo’sh oqqumli
jinslarnikiga yaqin bo’ladi.
Tabiiy potentsiallar (PS) diagrammasida magmatik va metamorfik jinslar
anomaliya qiymatlari bilan ajralib turadi. Radioaktiv karotaj egri chiziqlarida otqindi
jinslar gil jinslarnikiga nisbatan past ko’rsatkichlarga, NGK egri chizig’ida esa
yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Nurash zonasi NGK diagrammalarida past
qiymatlar bilan tavsiflanadi.
Neft-gazli va gazli svitalarni ajratish

Quduq kesimida neftli va gazli
qatlamlarni ajratish va ularning neft-gazga to’yinganligini baholashda, geofizik,
geokimyoviy va geologik tadqiqot ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Jinslarning neft va gazga to’yinganligini miqdoriy baholash qarshiliklar metodi
yordamida bajarilgan geofizik tadqiqotlar orqali amalga oshiriladi. Neft va gazli
qatlamlarning solishtirma qarshiligi jinslarning g’ovakliligiga, g’ovak bo’shlig’i
strukturasiga, undagi neft, gaz va suvlarning foiz miqdoriga, qatlam suvlarining
minerallashganligiga va b. bog’liq.
Bir xil sharoitda joylashgan neft va gazli jinslarning solishtirma qarshiligi jinsni
to’yintirib turgan suvning solishtirma qarshiligiga to’g’ri mutanosibdir. SHu sababli,
neft va gazli qatlamning solishtirma qarshiligi jinsning neft va gazga to’yinganlik
darajasini ifodalay olmaydi. Neft va gazga turli darajada to’yingan jinslarning
qarshiligi neft va gazga bir xilda to’yinganlaridan farq qiladi. Shunga ko’ra neftli va
gazli jinslarni ajratishda solishtirma qarshilik o’rniga g’ovaklari neft yoki gaz va
qoldiq suv bilan to’lgan qatlamning solishtirma qarshiligi qiymatidan foydalanish
mumkin. Bunda qatlamning g’ovaklari ma’lum harorat va sho’rlikdagi suvlarga 100
foiz to’lgandagi qarshiligi hisobga olinadi. Neft va gazli jinslarning solishtirma
qarshiligini ularning g’ovaklari sho’r suvga to’liq to’lgandagi qarshilikka nisbati
qarshilik ortishi koeffisienti
deb atalib, u suvli kollektorning g’ovaklari neft yoki
gazga qisman to’yinganda ularning solishtirma qarshiligi necha marta ortishini
ko’rsatadi.
Qarshilik ortishi koeffisienti miqdoriga ko’ra qatlamni neft va gazga to’yinish
koeffisientini aniqlash mumkin. Qatlam qarshiligining ortish koeffisienti jinslarning
neft va gazga to’yinish darajasiga, jinsda suv, neft va gazning taqsimlanish
xarakteriga, g’ovak va bo’shliqlar strukturasiga, jinslarning litologik-petrografik
xossalariga va qatlamdagi suyuqlikning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog’liq.



33
Odatda, qatlamning qarshilik ortishi koeffisientini baholashda suvli qatlamning


solishtirma qarshiligini ehtimoliy qiymatidan foydalaniladi. Bunday qiymatlar suvga
to’yingan
namunalarning
laboratoriya
sharoitida
o’lchangan
solishtirma
qarshiligining taqsimlanishini ifodalovchi egri chiziqlaridan yoki konning chegara
tashqarisidagi qatlamlarni yonlama zondlash karotaji o’tkazib olingan
ma’lumotlaridan foydalanib aniqlanadi.
N.A.Perkov ma’lumotiga ko’ra, Saratov shahri yaqinidagi Volgabo’yi konidagi
devon davriga tegishli suvli qumtoshlarning qarshilik qiymati 0,7 Om

m. Bu miqdor
Volga-Ural neft provintsiyasida joylashgan Tuymazin, SHkapova, Romashkin neft
konlaridagi hamda Muxana ko’mir konidagi devon davri qumtoshlari qarshiligiga
ham xos.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlariga ko’ra neftli qatlamlardagi suv miqdori
katta intervalda o’zgarishi mumkin, shunga ko’ra neftli qatlamlarning qarshiligi 1-2
dan yuzgacha va hatto bir necha ming om-metrgacha o’zgaradi.
Har bir rayon uchun qatlamning neftga to’yinishini minimal qiymati aniqlanadi,
bu qiymat qatlamning sanoat miqyosida neft-gazliligini bildiradi. Tarkibida gil
fraksiyalari kam bo’lgan ko’pgina kollektorlarning ushbu chegaraviy qiymati
qarshilik ortishi koeffisientiga mos bo’lib, u taxminan 5 ga teng. Tarkibida gil
fraksiyalari ko’p bo’lgan kollektorlarning qarshilik ortishi koeffisienti qiymati 1,5-2
bo’lganda toza neft beraoladi. Masalan, Buxoro-Xiva neft-gazli regionida o’rta yura
davrida hosil bo’lgan qumtosh gorizontlar neftli hisoblanadi. Bunday jinslarning
qarshilik ortishi koeffisienti 10 dan yuqori bo’lib, ushbu rayondagi qatlamlarning
solishtirma qarshiligi 10 Om

m qiymatiga mos keladi. Agar qumtoshlar suvga
to’yingan bo’lsa, qatlamning solishtirma qarshiligi 3 Om

m dan kichik bo’ladi.
Qarshiligi 3-10 Om

m bo’lgan qatlamlar uyumni ishlatish chog’ida ham neft, ham
suv berishi mumkin.
Qatlamning neftliligi va gazliligi amaliyotda qarshilik ortishi koeffisienti qiymati
bilan quduqni sinash natijalarini taqqoslash orqali aniqlanadi. SHunday yo’l bilan
topilgan miqdorlar qatlamning neft-gazliligini baholashda zarur bo’ladi.
Karbonat qatlamlarning neft-gazliligini aniqlash juda murakkab vazifalardan biri
hisoblanadi. Ma’lumki, ohaktoshlarning g’ovaklilik qiymatini tez o’rganuvchanligi
va g’ovaklar strukturasining bir-biridan keskin farqlanishi ularning solishtirma
qarshiligini katta chegarada o’zgarishiga sabab bo’ladi, shu sababli ko’pincha
qatlamning qarshilik ortishi koeffisientini aniqlash imkoni bo’lmaydi. Odatda
karbonat kollektorlarning neft-gazliligini baholashda qatlamni sinash natijalarini
ularning solishtirma qarshiligi yoki qarshilik ortishi koeffisienti qiymatlari bilan
taqqoslashdan olingan dalillardan foydalaniladi. Masalan, Buxoro-Xiva neft-gazli
regionidagi Sho’rchi neft-gaz konida yuqori yura davri ohaktoshlari sinab
ko’rilganda neftli gorizont qarshiligi 80 Om

m atrofida bo’lgan bo’lsa, suvga
to’yingan ohaktoshlarning solishtirma qarshiligi birmuncha past ko’rsatkichlarga ega,
faqat ayrim holatlardagina 100 Om

m gacha ortganligi kuzatiladi.



34
Odatda karbonat kollektorlarning neftliligini elektr karotaj dalillari asosida


aniqlashda neytron gamma-karotaj ko’rsatkichlari hisobga olinadi. NGK
diagrammalarida qayd qilingan gamma-nurlanishning past ko’rsatkichlari qatlamning
yuqori darajada neftga to’yinganligini ko’rsatadi, jinslarning elektr toki o’tishiga
qarshiligi KS diagrammasida esa bu holat yuqori ko’rsatkichlar bilan izohlanadi.
Demak, kollektor g’ovakligi yuqori darajada bo’lsa, uning neftga to’yinishi ham
yuqori bo’ladi.
Ko’pincha qatlam neftliligini aniqlashda empirik qoidalarga ham amal qilinadi,
ya’ni NGK egri chizig’ining minimum qiymati KS egri chizig’ining maksimum
qiymatiga mos kelganda qatlam neftli hisoblanadi.
Qatlamning elektr karotaji ma’lumotlari asosida aniqlangan solishtirma
qarshiligi asosan kollektorning suvga to’yinganligiga bog’liq. Bunda qatlamning
neftga va gazga to’yinganligi ko’p ahamiyat kasb etmaydi, shu sababli solishtirma
qarshilik qiymatiga ko’ra gazli qatlamni neftli qatlamdan ajratish qiyin kechadi.
Odatda gazli qatlamlarni ajratishda elektr karotaj hamda neytron gamma-karotaj
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Gazli gorizontlarni NGK dalillari asosida ajratishda
ulardagi vodorod atomlarining solishtirma miqdori g’ovaklari neft yoki suv bilan
to’lgan gorizontlarnikiga nisbatan ancha kamligi hisobga olinadi.
NGK diagrammalarida gazli qatlamlar ko’rsatkichlari xuddi g’ovakligi kam
qumtosh va ohaktosh jinslarniki kabi yuqori bo’ladi. Agar burg’ilash eritmasi zardobi
gazli qatlam ichiga chuqur singigan bo’lsa, karotaj egri chizig’ida bunday
ko’rsatkichlar kuzatilmaydi. Bunday hollarda gaz eritma zardobi bilan qatlam ichi
tomon siqib boriladi, shu sababli singish zonasidagi vodorod miqdori suyuqlikka
to’yingan qatlamdagi vodorod miqdoridan farq qilmaydi. Bunday holatlar g’ovakligi
kam, darzli karbonat kollektorlarni o’rganishda tez-tez kuzatiladi, burg’ilash eritmasi
zardobi bilan birga gazning singishi chuqur bo’lib, ba’zan NGK tadqiqot radiusidan
ortib ketadi.
Gaz qatlamlari NGK diagrammalarida suvli yoki neftli qatlar sifatida ajratilishi
ham mumkin. Bunday hol qatlam bosimi kritik bosimdan yuqori va gaz qatlamda
suyuq holatda bo’lganda kuzatiladi. Lekin, ayrim hollardagina (qatlam temperaturasi
past va gaz tarkibida og’ir uglevodorodlar miqdori yuqori bo’lganda) qatlam
sharoitida gaz suyuq holatda bo’lishi mumkin.
Ushbu masalalar «Kon geofizikasi» fanida mufassal bayon qilingan.
Quduq karotajining boshqa metodlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
Gaz karotaji ― burg’ilanayotgan quduq kesimida gazga to’yingan
gorizontlarni ajratish, ularning yotish chuqurligi va qalinligini aniqlash hamda
ajratilgan qatlamlarning neft-gazga to’yinganligini sanoat miqyosida baholash;
2)
Mexanik karotaj ― boshqa karotaj metodlari majmui bilan birgalikda
quduq kesimida juda qattiq, qattiq va bo’sh jinslarni ajratish imkonini beradi;
3)
Fotokarotaj ― jinslarning litologik tarkibini aniqlash va baholash
maqsadida quduq devorini suratga olish;
4)
Akustik karotaj ― litologik tarkibni aniqlashtirish, ularning g’ovakliligini
o’rganish, kollektorlarni suyuqlikka to’yinish xarakterini baholash uchun o’tkaziladi;



35
5)


Kavernometriya ― quduq diametrini, jinslarning litologik tarkibini
o’rganish va turli texnik masalalarni xal qilish, quduqni sementlash va sinash
ishlarini belgilash;
6)
Termokarotaj ― quduq kesimida gazli qatlamni ajratish va quduqqa suv
haydalganda u yutiladigan zonani aniqlash maqsadida bajariladi. Bundan tashqari yer
qobig’ini temperaturasini o’zgarish gradientini o’lchaydi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin