Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə20/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Alevrolitlar
ning karotaj tavsifi yaxshi o’rganilmagan. Ko’pincha kern bo’yicha
aniqlangan alevrolit qatlamlari elektr karotaji diagrammalarida qumli qatlamlar
sifatida ajratiladi, PS egri chiziqlarida quduq devoriga shimilgan suyuqliklar
qarshiligiga bog’liq holda minimum qiymatlar va solishtirma qarshiliklar qayd
qilinadi. Gil aralashmalaridan xoli alevrolitlarda ushbu holat kuzatiladi. Bunday



27
alevrolitlar mikrozondlar, radioaktiv karotaji, yonlama zondlash karotaji,


kavernogramma diagrammalarida qumtoshlardan kam farqlanadi.
Gil aralashmalaridan xoli alevrolitlar quduq kesimida kam uchraydi, ko’pincha
gilli alevrolitlar ichida yupqa qatchalar ko’rinishida qavatlanib keladi. Gilli
alevrolitlarning karotaj tavsifi gil jinslarnikiga o’xshashdir. PS egri chizig’i deyarli
o’zgarishsiz, qiyshayishsiz chiziladi, gamma-karotaj egri chizig’ida yuqori qiymatga
ega bo’ladi. Gilli alevrolitlar zichligi gil jinslar zichligidan yuqori bo’lganligidan
ularning zohiriy qarshiligi ham ancha ko’pdir. Gilli alevrolitlarning o’tkazuvchanligi
yomon bo’lganligi uchun mikrozond diagrammalarida ular qarshisida musbat
o’sishlar, mikrozondlar yordamida olingan zohiriy qarshilik diagrammalarida gil va
qum qatlamlarinikiga nisbatan yuqori ko’rsatkichlar qayd qilinadi.
NGK diagrammalarida gilli alevrolitlarning ko’rsatkichlari suyuqlik bilan bir xil
to’yingan qum qatlamlar ko’rsatkichlari bilan deyarli bir xildir. Gilli kollektorlarda
vodorod miqdorining yuqori darajada bo’lishi gil aralashmalari tarkibida
kristallangan suvlarning bo’lishidan darak beradi.
Gilli alevrolitlar qarshisida qayd qilingan kovako’lchagich egri chiziqlaridan
quduq diametrini doloto diametridan sezilarli darajada o’zgarmaganligini ko’rish
mumkin. Ko’pincha kovako’lchagich egri chiziqlarida quduq diametrining
kattalashganini ko’ramiz, bu jarayon gilli alevrolitlarning qum va qumtosh jinslar
bilan qavatlanganida kuzatiladi.
Mikrozond ma’lumotlari asosida alevrolit va gil pachkalarini katta aniqlikda
ajratish hamda ular ichida yaxshi kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan qum va
qumtosh qatchalarni belgilash mumkin.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin