Geologiyasi


 Elektr va radiokarotajni geologik izohlash



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə18/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.4.1. Elektr va radiokarotajni geologik izohlash 

Geofizik ma’lumotlarni geologik talqin qilish usuli.
Karotaj diagrammalarini
geologik talqin qilish natijasida burg’ quduq kesimida neftli, gazli qatlamlarni
ajratish, ularning g’ovaklilik, o’tkazuvchanlik, uglevodorodga to’yinganlik
koeffisientlarini va b.ni aniqlash mumkin.
Karotaj diagrammalarini to’g’ri va ishonchli talqin qilish uchun karotaj
metodlarining fizik asoslarini bilish lozim, bunday ma’lumotlar kon geofizikasi
fanida keng beriladi. Shu sababli bu bobda burg’ qudug’i ochgan tog’ jinslarining



23
litologik tarkibini qiyosiy aniqlash imkonini beruvchi karotaj diagrammalarini


geologik talqin qilish asoslari bilan cheklanamiz.
Ma’lumki, burg’ qudug’ining geologik kesimi ikki yo’l bilan tuziladi.
Birinchisida kesim burg’ilash chog’ida olingan jins namunalari va kern tavsifi
asosida, ikkinchisida quduqda bajarilgan geofizik karotaj ishlari natijalariga qarab
tuziladi. Kesimning aniqligi va ishonchliligi karotaj egri chiziqlari va jins
namunalaridan aniqlangan litologik tarkib ma’lumotlarini o’zaro solishtirish va
ularning bir-biriga qanchalik mos kelishiga qarab belgilanadi. Karotaj diagrammasiga
asoslanib aniqlangan quduq kesimidagi jinslarning litologik tarkibining ishonchliligi
maydonning geologik jihatdan qay darajada o’rganilganligiga va geologik-geofizik
sharoitlariga bog’liq.
Odatda bir tarkibli jinslardan (terrigen, karbonat) tuzilgan geologik kesimlardagi
qatlamlarning litologik tarkibi karotaj egri chiziqlarida turli-tuman litologik tarkibli
jinslardan tuzilgan qatlamlarnikiga nisbatan yaqqol ajralib turadi. Birinchi holda
kesimdagi jinslarni litologik tarkibiga ko’ra ajratish uchun standart karotajdan
foydalanish kifoya qilsa, ikkinchisida standart karotajdan tashqari kon-geofizikasi
metodlari majmuidan ham foydalanish zarur bo’ladi.
Karotaj egri chizig’i ma’lumotlari yordamida kesimni qatlarga ajratish va
litologik tarkibini aniqlashda ularga karotaj o’lchovlari o’tkazilayotgan sharoitlar
ta’siri kuchli bo’ladi. Masalan, quduq sho’r burg’ilash eritmasi bilan to’ldirilgan
bo’lsa, KS va PS egri chiziqlari biroz tekislanib qoladi, natijada olingan elektr karotaj
ma’lumotlari kesimni ajratish uchun etarli bo’lmaydi, katta diametrli quduqlarda
bajarilgan neytron gamma-karotaj egri chiziqlari kuchsiz taqsimlanganligidan ular
asosida turli litologik tarkibli jinslarni ajratish qiyin kechadi.
Geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan rayonlarda, masalan, foydalanilayotgan
konlar maydonlarida kesimni bir yoki ikki metod bilan bajarilgan karotaj egri
chiziqlari yordamida o’rganish kifoya qiladi, razvedka quduqlarida esa kesimdagi
jinslarning litologik tarkibini aniqlash uchun ko’p sonli karotaj metodlaridan
foydalanish zarur bo’ladi.
Ko’pgina hollarda kesimdagi jinslar elektr karotaj diagrammalari asosida katta
aniqlikda ajratiladi. Asosan standart karotajlardan zohiriy qarshilik (KS), o’z-o’zidan
tabiiy qutblanish (PS) metodlaridan foydalaniladi. Ulardan keyin yonlama zondlash
karotaji va yonlama zondlash mikrokarotaji, so’ngra radioaktiv karotajining turli
metodlari, kavernomer diagrammalari va b. bajariladi.
Quyida asosiy cho’kindi jinslarning karotaj diagrammalari bo’yicha aniqlangan
tavsifi beriladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin