Geologiyasi


 Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə67/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.4.8. Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning
qiyshayishini hisobga olish 

Strukturalar xaritasini tuzishda yanglishishlar bo’lishining oldini olish


maqsadida quduq tanasining qiyshayishini hisobga olish zarur. CHunonchi, quduq



94
tog’ jinslarining yuqoriga ko’tarilishi bo’yicha qiyshaysa, struktura xaritasida aslida


yo’q bo’lgan struktura do’ngligi paydo bo’lishi mumkin (5.31-rasm,a) va aksincha,
quduq tog’ jinslarining pastga og’ishi bo’ylab qiyshaysa, xaritada struktura botiqligi
paydo bo’ladi (5.31-rasm,b).
Quduqning qiyshayishini hisobga olishda, eng avvalo uning fazoviy qiyshayishi
aniqlanadi va uni bir tekislikdagi qiyshayishga keltiriladi (qiyshayishning soxta
tekisligi). Bu ish 5.10-rasmga berilgan izohdagi metodika bo’yicha bajarilib, uning
vertikal tashkil etuvchisi aniqlanadi. Natijada tayanch yuzaning quduq bilan
uchrashgan nuqtasining joylashgan chuqurligi belgilanadi.
5.31-rasm. Quduqning qiyshayishi hisobga olinmaganda yuzaga keladigan xatoliklar 
sxemasi va strukturalar xaritasini tuzishda ularning qiyshayishini hisobga olish
(M.A.Jdanov, 1981). Quduqlarning qiyshayishi hisobga olinmaganda sodir bo’ladigan
xatoliklar: a – qatlamlarning yuqoriga ko’tarilishi bo’yisha; b – qatlamlarning pasayishi
bo’yisha; v – quduqning qiyshayishini hisobga olib struktura xaritasini tuzish. A, S – quduqlar
og’zining holati; V, D – quduqlar ostki qismlarining holati; kasr suratida – quduqlar soni, kasr
maxrajida – quduq shuqurligining belgisi (metrda)
Quduqlar joylashgan planda struktura xaritasini tuzish uchun qiyshaygan
quduqlar og’zi va ularning tayanch yuza bilan kesishgan nuqtalari tasvirlanadi (bir
tekislikka keltirilgan quduq tanasining gorizontal proektsiyasini ifodalovchi vektor
oxirida). Bu nuqtalarga (vektor oxirida) ularning yotgan chuqurliklarini mutlaq
balandlik qiymatlari metrda qo’yiladi, ya’ni
х
-N, bunda
х

vertikal tashkil
etuvchi; N

quduqning altitudasi.
Keyinroq mazkur quduqning tayanch yuzasi bilan kesishgan nuqtalari
(vektorning oxirida) uchburchak usulida tutashtiriladi. YUqorida qayd etilgan
qoidaga ko’ra quduqlarning keltirilgan qiymati chuqurliklari bo’yicha interpolyatsiya
qilinadi va struktura xaritasi tuziladi (5.31-rasm,v).


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin