Geologiyasi


 Qatlamning g’ovaklilik (sementlanganlik), o’tkazuvchanlik va



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə73/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.5.2. Qatlamning g’ovaklilik (sementlanganlik), o’tkazuvchanlik va 
singdiruvchanlik xaritalari 

G’ovaklilik xaritasi 
deb g’ovaklilik qiymati bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtirib
tuzilgan xaritaga aytiladi. Bunday xaritani tuzishda har bir quduqdan olingan kernni
tahlil qilish natijasida berilgan nuqtalarda qatlamning o’rtacha g’ovakliligi
aniqlanadi. Olingan natijalar xaritadagi har bir quduq nuqtasining oldiga yozib
qo’yiladi. So’ngra quduqlararo interpolyatsiya qilinib, ma’lum intervallardagi ayrim
nuqtalarda g’ovaklilik% hisobida aniqlanadi (10, 15, 20, 25, 30% va h.k.). Ma’lumki,
jinslarning g’ovakliligi ularning sementlanish darajasiga bog’liq (sementlanish
darajasi yuqori bo’lsa, ularning g’ovakliligi shuncha kam bo’ladi). Binobarin,
g’ovaklilik xaritasi bir vaqtning o’zida kollektorlarning
sementlanganlik darajasini
ham bildiradi.
Ba’zi bir rayonlarda sementlovchi moddalar (kvartsli, ohakli va boshqa
sementlar) tog’ jinsining qattiqlik darajasini oshirib yuboradi. Bunday joylarda
yuqoridagiga o’xshash xaritalarni tuzishda jinslarning burg’ilanishi pastdagi qattiqlik
darajasiga oid ma’lumotlar inobatga olinadi. Ammo mazkur xaritalar tog’ jinsi
g’ovakliligi to’g’risida faqat nisbiy tasavvur beradi.
Kollektorlar o’tkazuvchanligini
ifodalovchi xaritalar g’ovaklilik xaritasini tuzish
usulida tayyorlanadi. Har bir quduq uchun, u yoki bu usulda aniqlangan
o’tkazuvchanlik qiymati darsi birligida aniqlanadi.
Quduq belgisi oldiga yozib qo’yilgan o’tkazuvchanlikni anglatuvchi raqam
interpolyatsiya metodi bilan ma’lum intervallar uchun aniqlanadi va o’tkazuvchanligi
bir xil bo’lgan nuqtalar belgilanadi. Qiymati bir xil bo’lgan nuqtalar tekis egri chiziq



102
bilan birlashtiriladi. Natijada kollektorlar o’tkazuvchanligini ko’rsatuvchi xarita


tuziladi.
Neftli qatlamlarning fizik xususiyatlarini gidrodinamika metodlari bilan
o’rganish borasida qatlamning
singdiruvchanlik xaritasi
ishlatila boshlandi. Bunday
xaritalar neft yoki suvning qovushqoqligi, qatlamning o’tkazuvchanligi va qalinligi
ta’sirini tavsiflaydi va quyidagicha ifodalanadi:
,
kh
μ
bunda


qatlamdagi suyuqlik
qovushqoqligi, santipuazda; k

kollektorning o’rtacha o’tkazuvchanligi, darsida; h

qatlamning qalinligi, m.
Singdiruvchanlik xaritasi izoliniyalari yuqorida qayd etilgan xaritalar usuli bilan
topiladi. Qatlamning singdiruvchanlik xaritasi yordamida suyuqliklarning harakati
qiyinlashgan uchastkalar aniqlanadi, ammo suyuqlikning harakati qanchalik
qiyinlashsa, ya’ni
,
kh
μ
miqdori qancha katta bo’lsa, qatlamning singdiruvchanligi
shunchalik yomon bo’ladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin