Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə80/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

6.1.3. O’tkazuvchanlik 

O’tkazuvchanlik tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini tavsiflaydigan


muhim parametrlardan biri hisoblanadi.
O’tkazuvchanlik
deganda qatlamdagi
bosimlar farqiga ko’ra jinslarning suyuqlik yoki gaz o’tkazish qobiliyati tushuniladi.
Odatda o’tkazuvchanlik (yoki o’tkazuvchanlik koeffisienti) ma’lum bir
qovushqoqlikka ega bo’lgan va tog’ jinslari bilan o’zaro ta’sirda bo’lmagan
suyuqlikning tog’ jinslarining berilgan ko’ndalang kesim yuzasidan oqib o’tgan hajm
sarfi bilan o’lchanadi.
SI sistemasida o’tkazuvchanlik m
2
da, neft konlari amaliyotida ― darsida (D)
ifodalanadi. 1 D =1,02-10
-12
m
2

1 mkm
2
.
Tog’ jinsining 1D
o’tkazuvchanligi deganda
uning 1 sm
2
ko’ndalang kesim
yuzasidan 1 atm/sm gradient bosimda 1 sP qovushqoqli suyuqlikning har sekundda 1
sm
3
hajmda oqib o’tishi tushuniladi.
O’tkazuvchanlikning zarralararo va yoriqli turlari mavjud. CHo’kindi jinslar
o’tkazuvchanligiga ko’ra uch xil bo’ladi: yaxshi o’tkazuvchan (>0,01 -10
-3
mkm
2
),



114
o’rtacha o’tkazuvchan [(10-0,01) -10


-3
mkm
2
)] va kuchsiz o’tkazuvchan (<0,01 -10
-3
mkm
2
).
Sanoat miqyosida neft va gazi bor konlardagi kollektorlarning o’tkazuvchanligi
0,001 mkm
2
dan 1 mkm
2
gacha o’zgaradi. Samarali kollektorlarning minimal
o’tkazuvchanligi odatda (0,5-1) -10
-3
mkm
2
ga teng deb qabul qilingan.
Ayrim jinslar (masalan, gil)ning g’ovakliligi yuqori bo’lsada, o’tkazuvchanligi
kam, boshqa jinslarniki (masalan, ohaktoshlarda) buning aksi bo’lib, g’ovakliligi
kam bo’lsada, yuqori o’tkazuvchanlikka ega. O’tkazuvchanlik darajasiga ko’ra
jinslar o’tkazuvchan (shag’al, graviy, qum), kam o’tkazuvchan (mayda zarrali qum,
lyoss) va o’tkazmaydigan (gil, zich cho’kindi va kristall jinslar)ga bo’linadi.
Jinslarning o’tkazuvchanligi g’ovaklar o’lchami, darzlilik, kovaklar bor-yo’qligi
va sh.k. bilan aniqlanadi. Hamma cho’kindi jinslar, masalan, qumlar, qumtoshlar,
konglomeratlar, ohaktoshlar, dolomitlar u yoki bu darajada o’tkazuvchandir. Lekin,
gil, zich ohaktosh va dolomitlarning g’ovakliligi yuqori bo’lsada, suyuqlikni yomon
o’tkazadi, faqat bosim gradienti juda yuqori bo’lgandagina o’zidan gazni o’tkazishi
mumkin. Jarayonning bunday kechishiga jinslardagi g’ovaklar o’lchamining juda
kichikligi, ularda suyuqliklarni va hatto gazni harakatlana olmasligidadir. Tajriba
o’tkazish orqali o’lchami 1 mkm
2
dan katta bo’lgan kapillyar g’ovaklarda neft
massasi harakatlana olishi aniqlangan, lekin bu muammo to’liq o’rganilmagan.
Absolyut (mutlaq), foydali(fazali) va nisbiy o’tkazuvchanliklar farqlanadi.
Mutlaq o’tkazuvchanlik jinslarning fizik xususiyatlarini ifodalaydi.
Mutlaq 
o’tkazuvchanlik
tog’ jinslarining mineral skeleti bilan o’zaro ta’sirda bo’lmagan va
ularning ochiq bo’shliqlarini to’la to’yintiruvchi, ma’lum bir qovushqoqlikka ega
bo’lgan suyuqlikning 1 sm
2
kesim yuzasidan (ma’lum bir bosim gradienti ta’sirida)
siljiyotgan hajm sarfi bilan o’lchanadi. Mutlaq o’tkazuvchanlikning o’lchov birligi
o’tkazuvchanlikniki bilan bir xil. Mutlaq o’tkazuvchanlik asosan laboratoriya usullari
yordamida aniqlanadi. Uning qiymati quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:
K =
P
S
Q





,
bunda
Q
- suyuqlik sarfi;

-suyuqlikning qovushqoqligi; S - siljish yuzasi;

-
tsilindrsimon namuna balandligi;
P

- namunaning yuqori va pastki qismlaridagi
bosim farqi.
Agar jinslar bir vaqtning o’zida turli suyuqliklar va gazlar bilan to’yingan bo’lsa,
ularning o’tkazuvchanligi suyuqliklar xususiyatiga va ularning jinsdagi miqdoriga
bog’liq bo’ladi. Suyuqliklar har xil qovushqoqlikka ega bo’lsa, qovushqoqligi eng
kami harakatchan bo’ladi, agar ularning qovushqoqligi bir xil bo’lsada, miqdori har
xil bo’lsa, miqdori ko’pi harakatchan bo’ladi.
Geologik razvedka ishlarining izlov bosqichida tog’ jinslarining kollektorlik
xususiyatlarini o’rganishda mutlaq o’tkazuvchanlikdan foydalaniladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin