Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə78/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

6.1.2. G’ovaklilik 

Tog’ jinslarining


g’ovakliligi
deb ulardagi bo’shliqlar (g’ovaklar, kovaklar,
yoriqlar) tushuniladi. Tog’ jinslarining g’ovakliligi
g’ovaklilik koeffisienti
orqali
aniqlanadi. Uning qiymati tog’ jinsidagi bo’shliqlar hajmining uning umumiy
hajmiga nisbati bilan topiladi (foizda yoki o’nlik birliklarda ifodalanadi).
Quyidagi g’ovaklilik turlari mavjud:
1)mutlaq (to’la, umumiy) g’ovaklilik - tog’ jinsidagi umumiy bo’shliqlar
(shakli, kattaligi va o’zaro joylashishidan qat’iy nazar);
2)ochiq (to’yingan) g’ovaklilik - o’zaro tutashgan g’ovaklar majmui;
3)foydali g’ovaklilik - suyuqlik siljiyotgan g’ovakliklar majmui;
6.1 rasm. Granulometrik 
tarkib 
yig’indisini 
egri 
shizig’i
(M.A.Jdanov, 1981)



110
4) yopiq g’ovaklilik - o’zaro tutash bo’lmagan g’ovaklar majmui (yopiq


g’ovaklilik, mutlaq g’ovaklilik va ochiq g’ovakliliklar farqi bilan aniqlanadi).
Morfologik
belgilarga
ko’ra quyidagi g’ovakliliklar
mavjud: a) zarralar oralig’idagi
g’ovaklilik ― bo’sh, karbonat,
gil
jinslari
zarralarining
joylashishidan yuzaga kelgan
g’ovaklilik;
b)
yoriqli
g’ovaklilik ― uning hajmi
0,01-1%
bo’lib,
zarralar
oralig’idagi
g’ovaklilikka
nisbatan kam bo’ladi.
Paydo bo’lishiga ko’ra
birlamchi
va
ikkilamchi
g’ovakliliklar
farqlanadi.
Birlamchisi
cho’kindilarning
to’planish sharoitiga bog’liq
bo’lib, cho’kindi jinslarning
hosil bo’lish jarayonida yuzaga
kelib,
asta-sekin
kamaya
boradi.
Ikkilamchi
g’ovaklilik epigenetik jarayonlar ta’sirida jinslardan minerallarni
eritib yoki zarra holida olib chiqilishidan paydo bo’lgan bo’shliqlar bilan bog’liq.
Karbonat jinslarning erib ketishidan ikkilamchi g’ovaklilik tarkib topadi. Masalan,
karst hosil bo’lishi (6.2-rasm).
Turli tog’ jinslarining g’ovakliligi bir necha foizdan 40% gacha, lyosslarda esa
52-55% gacha o’zgaradi. Gil jinslarning umumiy va ochiq g’ovakliligi ularning
yotgan chuqurligiga bog’liq. Bir necha yuz m chuqurlikka tushib qolgan jinslarning
ochiq g’ovakliligi 25-35%, 3-4 km chuqurlikda esa bir foizgacha bo’ladi.
G’ovaklilikni chuqurlikka tomon o’zgarib borishi gil jinslar tarkibiga, ularning
egilish tezligiga va kesim tuzilishiga bog’liq. Bo’sh jinslar g’ovakliligi chuqurlik sari
ma’lum qonuniyat bo’yicha kamayib boradi. Lekin shunga qaramay g’ovaklilik 100-
200 m chuqurlikda kamroq, ba’zan keskin (5-6% gacha) kamayishi mumkin.
Bundan tashqari bo’sh jinslar g’ovakliligi tarkibidagi sement miqdoriga ham
bog’liq. Masalan, jinslardagi karbonatli sement miqdori 25-30% bo’lganda, ochiq
g’ovaklilik kam chuqurliklarda ham 1-2% gacha pasayib ketadi. Organik va chaqiq
ohaktoshlarning g’ovakliligi nisbatan yuqori bo’ladi. Tog’ jinsi g’ovakliligi
laboratoriyada turli tadqiqot usullaridan va geofizik metodlardan foydalanib
aniqlanadi.
Ochiq g’ovaklilik
deb jinsdagi o’zaro tutash g’ovaklar hajmining jins umumiy
hajmi nisbatiga aytiladi. Bo’sh sementlangan qumtoshlarning mutlaq g’ovakliligiga
ularning ochiq g’ovakliligi mos keladi. Mutlaq g’ovaklilik laboratoriya sharoitida

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin