Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


-mavzu. Quvurlarni gidravlik hisoblash



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə153/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176
9-mavzu. Quvurlarni gidravlik hisoblash
Quvurlarni gidravlik hisoblash. Sodda Quvurlarni hisoblashning asosiy tenglamasi. Quvurlarni ketma-ket va paralel ulash. Gidravlik zarba hodisasi. To‘g‘ri zarba uchun N.E. Jukovskiy formulasi. Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha. Gidravlik zarbani susaytirish usullari. Gidravlik zarbadan amalda foydalanish.
10-mavzu. Gidromashinalar haqida umumiy tushunchalar.
Gidromashinalarni mashinasozlikda tutgan o‘rni. Gidromashinalarning turlari. Dinamik va hajmiy nasoslarning ishlash prinsiplari. Nasoslarning asosiy ko‘rsatkichlari. Markazdan qochma nasoslar. Nasos va turbinalar uchun Eyler tenglamasi. Nasosning nazariy bosimi.
11-mavzu. Markazdan qochma nasoslarning ish xarakteristikasi va nasos qurilmasi.
Nasos qurilmasi sxematik tuzilishi. Nasos bilan ta’minlangan Quvurlarning hisobi. So‘rishni boshqarish. Nasoslarni ketma-ket ulash. Nasoslarni parallel ulash. Kurakli nasoslarda kavitatsiya.
12-mavzu. Hajmiy gidravlik mashinalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Hajmiy nasoslar va ularning ishlash prinsipi. Hajmiy nasoslarning umumiy xossalari va ularning klassifikatsiyasi. Gidrouzatmalarning vazifalari, guruhlanishi, qo‘llanish sohasi, afzalligi, kamchiligi. Hajmiy gidrouzatmalarning ishlash prinsipi. CHiqish tezligini drosellash va hajmiy boshqarish. Hajmiy gidrouzatmalarning tavsiflari va FIK.
13-mavzu. Porshenli va plunjerli nasoslar
Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi hamda ishlatilish sohalari. Indikator diagramma. Porshenli nasoslarni foydali ish koeffitsientlari. So‘rish grafigi va uni tekislash usullari. Porshenli kompressorlar.
14-mavzu. Rotorli nasoslar
Rotorli nasoslarning tavsifi, umumiy xossalari va qo‘llanishi. SHesternyali nasoslar. Plastinkali nasoslar. Vintli nasoslar. Rotor–porshenli nasoslar. Aksial porshenli nasoslar. Hajmiy nasoslarning xarakteristikalari.
15-mavzu. Taqsimlash, tekshirish va sozlash uskunalari
Taqsimlagich qurilmalar, ularning vazifalari, guruhlanishi, ishlash prinsipi va asosiy turlari. Klapanlar. Ishlash prinsipi, tuzilishi va xarakteristikalari. Plunjerli klapanlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Differensial klapanlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Reduksion klapanlarning tuzilishi va ishlash.

III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.


Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Gidravlika va gidropnevmo-yuritmalar fanidan amaliy mashg‘ulotlarda masalalar yechishda qo‘llaniladigan kattaliklar va birliklarni o‘rganish. (2 soat)

  2. Gidrostatikaning asosiy tenglamasiga doir masalalar yechish. (2 soat)

  3. Gidrodinamika asoslariga va tenglamalariga doir masalalar yechish. (2 soat)

  4. Gidravlik qarshiliklarga doir masalalar yechish. (2 soat)

  5. Suyuqlikning teshik va naychalardan oqib chiqishiga doir masalalar yechish. (2 soat)

  6. Suyuqliklar xarakatida energiyani (bosim) yo‘qotilishiga doir masalalar yechish. (2 soat)

  7. Quvurlarni gidravlik hisoblashga doir masalalar yechish. (2 soat)

  8. Markazdan qochma nasoslarga doir masalalar yechish. (4 soat)

  9. Hajmiy nasoslarga doir masalalar yechish. (2 soat)

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.





Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin