Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


IV. Tajriba mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə154/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   176
IV. Tajriba mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Tajriba mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Tajriba mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan shartli belgilarni o‘rganish. (2 soat)

  2. Bernulli tenglamasi yordamida pezometrik va geometrik bosim chizig‘i diagrammasini tuzish. (2 soat)

  3. Quvurning uzunligi bo‘yicha gidravlik ishqalanish koeffitsientini tajriba yo‘li bilan aniqlash. (2 soat)

  4. Mahalliy qarshilik koeffitsientini tajriba yordamida aniqlash. (2 soat)

  5. Markazdan qochma nasosni asosiy parametrlarini sinash. (2 soat)

Laboratoriya ishlari laboratoriya asboblari, uskunalari va qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.




V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

    1. Suyuqlik solingan idishning vertikal va gorizontal bo‘yicha o‘zgarmas tezlanishli harakati. Suyuqliklarda bosim.

    2. Suyuqliklarning og‘irlik markazi maydonidagi muvozanati.

    3. Og‘ir gazlar muvozanati. YUpqa devorga ta’sir etuvchi bosim kuchi.

    4. Egri devorga ta’sir etuvchi suyuqlik bosim kuchi. Arximed qonuni.

    5. Suyuqliklarning nisbiy tinch holati.

    6. Nyuton qonuniga buysunmaydigan suyuqliklar. Gazlarning suyuqlikda erishi. Kavitatsiya hodisasi haqida tushuncha. Suyuqlikda tuyingan bug‘ining bosimi.

    7. Tinch turgan suyuqlikdagi bosimning xossalari. Gidrostatik mashinalar.

    8. Tekis sirtga ta’sir qiluvchi bosim.

    9. Suyuqlik kinematikasining asosiy tushunchasi.

    10. Eyler tenglamasi shaklidagi qovushqoq bo‘lmagan suyuqliklar uchun harakat differensial tenglamasi. Bernulli tenglamasi.

    11. Qovushqoq siqilmaydigan suyuqliklarning oqimchasi uchun kinetik energiyaning o‘zgarish qonuni.

    12. To‘liq oqim uchun Bernulli tenglamasi.

    13. Real suyuqliklar oqimi uchun Bernulli tenglamasi.

    14. Koriolis koeffitsienti. Gidravlik yo‘qotish haqida tushuncha.

    15. Suyuqlikning laminar va turbulent harakat tartibi. Suyuqlikning laminar harakat tartibi. Turbulent harakat tartibi vaqtidagi napor bosimining yo‘qotilishi. Nikuradze tajribasi va grafigi.

    16. Mahalliy gidravlik qarshiliklarda kavitatsiya hodisasi.

    17. Oqimning keskin kengayishi. Diffuzorlar.

    18. Quvurlarning torayishi. Tirsaklar.

    19. Ko‘ndalang kesimi har xil shakldagi quvurlarni hisoblash.

    20. Quvurdagi suyuqlikning beqaror harakati.

    21. Siqilmaydigan quvurlarni beqaror harakati.

    22. Quvurning tejamli diametrini topish haqida tushuncha. Sifon quvur.

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin