[113]
Voleybol bo‗yicha musobaqalar o‗quv–mashg‗ulot ishlarining
asosiy
qismidir. Ular mashg‗ulotlardagi
jismoniy, texnik, taktik va psixologik
tayyorgarlik samarasini ko‗rsatib beruvchi yakuniy ko‗rsatkich bo‗lib ham
hisoblanadi. Musobaqalar tasdiqlangan taqvimiy reja asosida o‗tkaziladi.
Sport musobaqalari sportchini tarbiyalashda katta o‗rin tutadi. Voleybol
bo‗yicha musobaqalar oldiga qo‗ygan vazifalariga ko‗ra quyidagi turkumlarga
bo‗linadi: chempionatlar, kuboklar, saralash va yordamchi musobaqalar (tayyorlov,
nazorat va boshqalar).
Chempionat va kubok musobaqalari – eng asosiy musobaqalar bo‗lib, bu
musobaqalarda eng kuchli jamoalar aniqlanadi. Bu musobaqalar ko‗lami turlicha
bo‗ladi: jahon, qit‘a, mamlakat, viloyat; shahar miqyosidagi va boshqalar.
Saralash musobaqalari o‗z maqsadi va vazifasiga ko‗ra asosiy
musobaqalarning keyingi bosqichiga chiqish yoki malakali o‗yinchilarni ma‘lum
bir jamoa tarkibiga qabul qilishni nazarda tutadi.
Yordamchi musobaqalar tarkibiga quyidagilarni kirgizish mumkin:
- ko‗rgazmali musobaqalar voleybolni ommaviylashtirish va targ‗ib qilish
maqsadida tashkil etiladi. Ular ommaviy sport bayramlarida, o‗quv yurtlarida,
tashkilot va korxonalarda o‗tkaziladi.
- qisqartirilgan musobaqalar (blits turnirlar) g‗olibni aniqlash uchun
qisqartirilgan partiyalar bilan o‗tkaziladi. Bunday musobaqalar bayram kunlarida,
sport mavsumlarining ochilishida tashkil qilinadi.
- tasnif musobaqalari – sport tayyorgarligi darajasini aniqlash va sport
tasniflarini (razryadlar) berish maqsadida tashkil qilinadi.
- tenglashtiruvchi musobaqalarning asosiy vazifasi
kuchli raqib jamoasi
bilan uchrashishga imkon berish yo‗li bilan kichik tasnifdagi sportchilarning
o‗sishini rag‗batlantirishdan iborat.
- nazorat va tayyorlov musobaqalari jamoa va alohida o‗yinchilarning
oldindagi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik holatini aniqlash maqsadida
o‗tkaziladi.
[114]
Mashg‗ulot jarayonida tayyorlov va nazorat musobaqalari katta o‗rinni
egallaydi.
Yordamchi musobaqalar asosan tayyorlov va musobaqa davrlarining
yarmida rejalashtiriladi. Tanlov va asosiy musobaqalar ko‗pincha bir yilda 2-3
marotaba o‗tkaziladi. Turli xil musobaqalarning ahamiyati va o‗rni ko‗p yillik
tayyorgarlik bosqichiga bog‗liq bo‗ladi.
Shunday qilib, boshlang‗ich bosqichlarda
faqat tayyorlov va nazorat
musobaqalari rejalashtiriladi va o‗tkaziladi.
Sportchilar malakasining o‗sib borishga qarab, keyingi ko‗p yillik
tayyorgarlik bosqichida musobaqalar soni ortib boradi, musobaqa davriga tanlov
va asosiy musobaqalar kiritiladi. Musobaqalar
sportchining tayyorgarlik
darajasining asosiy nazorat shakli bo‗libgina qolmay, balki sport mahoratini
takomillashtirishning zarur omilidir.
Musobaqalarni
rejalashtirganda
tayyorgarlikning
o‗ziga
xos
xususiyatlariga alohida e‘tibor qaratish lozim. Birinchidan, musobaqalar shunday
tanlanishi kerakki, ularning yo‗nalishi, qiyinchilik darajasi ko‗p yillik
tayyorgarlikning
tuzilishi, vazifasi bilan qat‘iy mos kelsin. Ikkinchidan, agar
sportchi uni o‗zining jismoniy, texnik-taktik va psixologik qobiliyatiga qo‗yilgan
vazifalarni yecha oladigan bo‗lsa musobaqalarga jalb qilsin. Uchinchidan,
musobaqa va mashg‗ulot amaliyotini rejalashtirish kerak, ayniqsa, tayyorgarlik
jarayoni samarali amalga oshishi va sportchi tanlov hamda asosiy musobaqalarda
o‗z imkoniyatini ochib berishi zarur. To‗rtinchidan, musobaqalar dasturi va
qatnashuvchilar tarkibi kuchli raqobat muhitini ta‘minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: