O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYa
INSTITUTI
Muxandislik-texnologiya fakulьteti
5320300 – “Texnologik mashina va jihozlar”
kafedrasi
“TARMOQDA MEXANIZATSIYaLASH VA AVTOMATLASHTIRISH”
fanidan
Bajardi:
3au-14 guruh talabasi
D. Raximberdiev
Qabul qildi:
A. Obidov
Namangan-2017
2
Tarmoqda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Paxta, to’qimachilik va yengil
sanoat korxanalarida mexanizatsiyalash talablari va qo’llash usullari
REJA
1. Tarmoqda avtomatlashtirish jarayonlari.
2.Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash talablari va rivojlanish yo’llari.
1. Tarmoqda avtomatlashtirish jarayonlari.
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni
avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan
sharoitlarni ta'minlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini
avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan sathda saqlanishini
nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi
ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik
boshqarish
-
texnologik
operasiyalarni
belgilangan
muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga nisbatan
bo’ladigan ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan
texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish – ishlab chiqarish
jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib, bunda,
texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik
ko’rilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy
texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya'ni ishlab chiqarilayotgan
mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarhining kamayishiga olib
keladi.
Zamonaviy
ishlab
chiqarish
jarayonlarining
ko’pchiligi
to’liq
avtomatlashtirilganligi
bilan
harakterlanadi.
Avtomatlashtirish
barcha
uskunalarning avariyasiz ishlashini ta'minlaydi, baxtsiz hodisalarning va
atrofmuhitning zaharlanishini oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq- ovqat
3
sanoatlarida portlash hamda yong’in chiqish havfi ko’pligi ham jarayonlarni
maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi hozirgi vaqtda uch
davrga bulinadi.
Dostları ilə paylaş: |