1.1-rasm. «Og‘ish» bo‘yicha ARTning funksional sxemasi:
RO—ob’yektni rostlash organi; IE — ijrochi element; SK— signal
kuchaytiruvchi element; TE — takkoslash elementi; TB— topshiriq
beruvchi element; TBZ — teskari bog‘lanish zanjiri; S — sezgich signal
o‘zgartkich, M — energiya yoki modda (material) manbai.
Texnologik jarayon maqsadga muvofiq o‘tishi uchun zarur bo‘lgan
shartsharoitlarni yaratish, texnologik parametrni rostlab turish kabi vazifalarni
regulyator (odam ishtirokisiz) bajaradi. Ob’yekt bilan regulyator axborotli
bog‘lanishga ega bo‘lgan yagona sistemani tashqil etadi.
Regulyator texnologik jarayon davomida texnologik parametrning o‘zgarishi
to‘g‘risida sezgich (signal uzat-kich) C orqali ob’yektdan axborot oladi, unga
taqqoslash elementi TE da
)
(
)
(
t
X
X
t
X
ch
b
ga muvofiq ishlov beradi;
rostlanuvchi parametr X
ch
(t) ning berilgan qiymati X
b
ga nisbatan og’ishi ±DX(t) ni
aniqlaydi; ob’yektga ana shu og’ishni yo‘q qiluvchi rostlovchi ta’sir
)
(t
X
K
X
p
p
ko‘rsatib, texnologik parametr X (t)
ch
ni berilgan X
b
kattalikda rostlab turish
vazifasini bajaradi. Rostlanuvchi paramstrning «og’ish»i ±DX(t) nihoyatda kuchsiz
miqdor bo‘lgani uchun u ko‘pincha signal kuchaytiruvchi element SK yordamida
7
bir necha yuz marta kuchaytiriladi va ijrochi element IE orqali rostlovchi organ RO
ni harakatga keltiradi.
Rostlanuvchi parametrning «og’ishi» ±DX(t) ob’yektga bo‘ladigan tashqi va
ichki tasodifiy ta’sirlar oqiba-tida vujudga keladi va ARTning muvozanat holati
buzilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, kuritish barabaniga tushadigan paxtaning
miqdori va namligining ta-sodifan o‘zgarib turishi texnologik jarayonga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, baraban haroratini o‘zgartiradi. Bunday tasodifan ta’sirlarni sistemaga
kiruvchi signallar Xk(t) tashqi ta’sirlar deb ataladi.
Regulyatordan chiquvchi signal
)
(
)
(
t
X
k
t
X
p
p
rostlanuvchi parametrning
og‘ishi DX(t)ga qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘lib, rostlanuvchi parametrning
og‘ishini yo‘q qilish yo‘nalishida ob’yektga rostlash organi RO orqali ta’sir
ko‘rsatadi, ARTning muvozanat holatini -
0
)
(
t
X
X
ch
b
qayta tiklaydi. Og‘ish
manfiy- DX(t)qiymatga ega bo‘lganda rostlovchi organ RO manba M dan ob’yektga
(quritish barabaniga) keladigan modda yoki energiya (issiq havo) miqdorini
DX(t)ga muvofiq kamaytiradi. Og‘ish musbat + DX(t) bo‘lganda esa RO to‘siqni
ochib, ob’yektga keladigan modda yoki energiya (issiq havo) miqdorini
ko‘paytiradi.
ARTning muvozanat holatini buzadigan ichki ta’sirlar sifatida ART
elementlarining parametrlari vaqt o‘tishi bilan (eskirishi) o‘zgarib qolishini va
asosiy tashqi ta’sirlar oqibatida ob’yekt yuklanishi-ning o‘zgarib turishini ko‘rsatish
mumkin. Paxtaga ishlov berish jarayonida bunday asosiy ta’sirlarga misol qilib
oqim tizmasiga uzatiladigan paxta miqdorini (massasining) va namligining bir xil
emasligini ko‘rsatish mumkin. Bunday holat oqim tizmasidagi har bir texnologik
mashinaning notekis yuklanishiga va «og‘ish» ±DX(t)paydo bo‘lishiga sabab
bo‘ladi.
Ikkinchi darajali tashqi ta’sirlar sifatida rostlash jarayoniga kam ta’sir
qiluvchi havo harora-tining o‘zgarishi, energiya yoki paxta mahsulotlari
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, energiya yoki modda manbai ko‘rsatkichlarining
kichik miqdordagi o‘zgarishlarini ko‘rsatish mumkin. Bunday ta’sirlar xalaqit
beruvchi ta’sirlar deb ataladi, odatda ular berilgan qo‘yimdan k DX kichik qiymatga
ega bo‘lsa, ART ularning ta’sirini sezmaydi va yo‘qota olmaydi.
Rostlash jarayoni ART ning bir barqaror holatdan ikkinchisiga o‘tgunicha
davom etadi. Barqaror holatlarda
0
)
(
t
X
p
bo‘ladi, ob’yektni rostlovchi organi RO
harakatsiz turadi.
Avtomatik rostlash sistemalarini tuzishda quyidagi rostlash usullaridan
foydalaniladi: 1) ob’yektning rostlanuvchi parametrini uning «yuklanishi» bo‘yicha
8
rostlash; 2) ob’yektning rostlanuvchi parametrini uning berilgan miqdori Xb ga
nisbatan «og‘ishi» ±DX(t) bo‘yicha rostlash; 3) shu ikki usulni birga qo‘shib
rostlash.
Dostları ilə paylaş: |