Ўзбeкистон рeспубликаси


Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash talablari va rivojlanish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix11.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#96291
1   2   3   4
tarmoqda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish paxta toqimachilik

2. Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash talablari va rivojlanish 
yo’llari. 
Paxta va tolaga ishlov berish, texnologik oqim tizmasidagi mashina, yuritma 
va agregatlarda o’tadigan texnologik jarayon bir qator sifat ko’rsatkichlari 
(parametrlari) bilan tavsiflanadi. Bunday ko’rsatkichlar (xarorat, bosim, tezlik, 
quvvat, paxta yoki chigit valiklarining zichligi, arrali silindr yuritmasining yuklanish 
toki va boshqalar) ning miqdori (kattaligi) texnologik jarayon davomida o’zgarmas 
bo’lib qolishi yoki ma’lum, oldindan berilgan shart-sharoitga (qonunga) muvofiq 
o’zgaradigan bo’lishi talab qilinadi.
Masalan, chigiti urug’lik uchun olinadigan paxtaning 55°C gacha qizdirilishi 
mumkinligi tajribada aniqlangan. Urug’lik chigitning harorati 55°C dan oshsa, 
uning unib chiqish xususiyati pasayadi. Shuningdek, texnik chigit harorati 70°C dan 
oshsa, undan moy chiqishi kamayadi. Tolani quritish harorati esa 105°C dan 
oshmasligi kerak, aks holda uning pishganligi, uzunligi va egiluvchanligi kamayadi. 
Texnologik jarayon davomida rostlanib turilishi kerak bo’ladigan bunday 
ko’rsatkichlar rostlanuvchi parametrlar deb ataladi. 
Rostlash — rostlanuvchi parametrlarning oldindan belgilab qo’yilgan 
rostlash shart-sharoitiga muvofiq saqlanishini amalga oshirish demakdir. Shunday 
shart sharoitlar texnologik jarayon davomida mavjud bo’lgandagina ishlab 
chiqarish maxsulotining sifati va maxsuldorligi yuqori bo’ladi. 



Ishlab chiqarish jarayonida bunday shart-sharoitni yaratuvchl texnik qurilma 
avtomatik rostlash tizimi ART deb ataladi. ART asosan ikki qurilmadan: 
boshqaruvchi (regulyator) va boshqariluvchi (ob’yekt) dan iborat (1.1-rasm). 
Xomashyoga (paxtaga) ishlov berish mexnat qurollari tomonidan 
boshqariluvchi texnologik ob’yektda amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin