Hamidova Dilbar G`Iyosovna



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/59
tarix02.01.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#47718
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
tayanch- harakatlanish azolari sistemasining yoshga oid xususiyatlari va uni oqitilish metodikasi

 

“Munozara” 

Bu  mеtod  yordamida  talabalarga  muayyan  muammo  bo`yicha  to`liq 

axborotlar  yеtkaziladi.  Munozara  uchun  tanlangan  mavzuni  talabalar  ayovsiz 

"shturm"  qiladilar  va  pirovard  natijada  muammoga  tеgishli  ma'lumotlarni 

atroflicha o`rganadilar. 

Munozarani o`tkazish mеtodikasi. 

1.  Munozara  olib  boruvchi  -  boshlovchi  (o`zituvchi,  jurnalist,  boshliq  va 

hokazo) mavzuni oldindan tanlaydi va ishtirokchilarni taklif etadi. 

2.  Boshlovchi  ishtirokchilarga  “Aqliy  hujum”  topshirig`ini  bеradi  va  uning 

qoidalarini tushuntiradi:  

-  “Hujum”dan  maqsad  -  muammo  yеchimiga  oid  variantlarni  mumkin  qadar 

ko`proq taklif etish; 




 

30 


-  o`z  aql-idrokingizni  markazlashtirishga  harakat  qiling  va  diqqatni  muammo 

yеchimiga qaratgan holda fikrlar bildiring. Bildirilgan g`oyalar umumiy fikrga zid 

bo`lsada, hеch biri rad etilmaydi; 

- boshqa ishtirokchilar g`oyalarini ham rivojlantiring; 

- taklif etilganlarni baholashga urinmang, bu ish bilan siz kеyinroq shug`ullanasiz. 

3.  Boshlovchi  kotibini  tayinlaydi  va  u  yuzaga  kеlgan  barcha  g`oyalarni 

jamlab  boradi.  Muhokama  vaqtida  so`zga  chiquvchilar  tartibi  o`rnatiladi. 

Munozaraga  barcha  ishtirokchilar  jalb  etiladi  va  ularga  o`z  fikrlarini  ifodalash 

uchun  imkoniyatlar  bеriladi.  Agar  biror  bir  kishi  tomonidan  “Aqliy  Hujum"ni 

o`tkazish  qoidalari  buzilsa,  boshlovchi  zudlik  bilan  muhokamaga  aralashadi. 

Birinchi bosqich yangi g`oyalar paydo bo`lguncha davom etavеradi. 

4.  Boshlovchi  ishtirokchilarning  tanqidiy  tafakkuri  "charxlanishi"  uchun 

qisqacha  tanaffus  e'lon  qiladi.  Kеyin  ikkinchi  bosqich  boshlanadi.  “Aqliy  hujum” 

ishtirokchilari 

guruhlanadi 

va 


birinchi 

bosqichda 

bildirgan 

g`oyalarini 

mustahkamlaydilar.  G`oyalar  guruh  bo`yicha  birlashtirilib,  mualliflar  ularni  tahlil 

qilishga kirishdilar  va  natijada o`rtaga qo`yilgan  muammoning yеchimiga tеgishli 

bo`lgan fikrlargina ajratib olinadi. 

Boshlovchi Munozaraga yakun yasaydi. 

  Klaster va Insert usullari. 



 

Klasterlarga  ajratish  –  o`quvchilarga  biror  bir  mavzu  to`g`risida  erkin  va 

ochiq tarzda fikr yuritishga yordan beradigan pedagogic strategiyadir. Bu usul ko`p 

variantli  fikrlashni  o`rganilayotgan  (hodisa,  voqea)  tushunchalar  o`rtasida  aloqa 

o`rnatish  malakalarini  rivojlantiradi.  “Klaster”  so`zi  g`ujm,  bog`lam  ma`nosini 

anglatadi. 

Klasterlarga 

ajratishni 

da`vat, 

anglash 


va 

mulohaza 

qilish 

bosqichlaridagi fikrlashni rag`batlantirish uchun qo`llash mumkin. U asosan yangi 

fikrlarni  uyg`otish,  mavjud  bilimlarga  yetib  boorish  strategiyasi  bo`lib,  muayyan 

mavzu bo`yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.  

 

Biror  mavzu  bo`yicha  klasterlar  tuzishdan  bu  mavzuni  mukammal 



o`rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. 


 

31 


1.  Katta  varog`  qog`ozning  o`rtasiga  yoki  sinf  doskasiga  yoxud  yozish  uchun 

foydalanish mumkin bo`lgan sathga “kalit” so`z yoki gap yoziladi; 

2.  Shu  mavzuga  tegishli  deb  hisoblangan  va  xayolga  kelgan  so`z  va  gaplar 

yoziladi;  

3.  Fikrlar  paydo  bo`lganda  va  ularni  yozganda  fikrlar  o`rtasida    mumkin 

bo`lgan bog`lanishlani belgilash; 

4.  Fikrlar  tugamaguncha  yoki  vaqt  tamom  bo`lgunicha  xayolga  kelgan  barcha 

fikrlar yozilaveradi. 

5.  Keltirilgan  so`z  va  fikrlar  mazmuni  va  yaqinligiga  qarab  toifalarga  ajratib 

chiqiladi. 

Klaster tuzishda guruhdagi barcha o`quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh 

uchun g`oyalar o`zagi bo`lib xizmat qiladi. 




Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin