axborotlar yеtkaziladi. Munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar ayovsiz
1. Munozara olib boruvchi - boshlovchi (o`zituvchi, jurnalist, boshliq va
2. Boshlovchi ishtirokchilarga “Aqliy hujum” topshirig`ini bеradi va uning
30
- o`z aql-idrokingizni markazlashtirishga harakat qiling va diqqatni muammo
yеchimiga qaratgan holda fikrlar bildiring. Bildirilgan g`oyalar umumiy fikrga zid
bo`lsada, hеch biri rad etilmaydi;
- boshqa ishtirokchilar g`oyalarini ham rivojlantiring;
- taklif etilganlarni baholashga urinmang, bu ish bilan siz kеyinroq shug`ullanasiz.
3. Boshlovchi kotibini tayinlaydi va u yuzaga kеlgan barcha g`oyalarni
jamlab boradi. Muhokama vaqtida so`zga chiquvchilar tartibi o`rnatiladi.
Munozaraga barcha ishtirokchilar jalb etiladi va ularga o`z fikrlarini ifodalash
uchun imkoniyatlar bеriladi. Agar biror bir kishi tomonidan “Aqliy Hujum"ni
o`tkazish qoidalari buzilsa, boshlovchi zudlik bilan muhokamaga aralashadi.
Birinchi bosqich yangi g`oyalar paydo bo`lguncha davom etavеradi.
4. Boshlovchi ishtirokchilarning tanqidiy tafakkuri "charxlanishi" uchun
qisqacha tanaffus e'lon qiladi. Kеyin ikkinchi bosqich boshlanadi. “Aqliy hujum”
ishtirokchilari
guruhlanadi
va
birinchi
bosqichda
bildirgan
g`oyalarini
mustahkamlaydilar. G`oyalar guruh bo`yicha birlashtirilib, mualliflar ularni tahlil
qilishga kirishdilar va natijada o`rtaga qo`yilgan muammoning yеchimiga tеgishli
bo`lgan fikrlargina ajratib olinadi.
Boshlovchi Munozaraga yakun yasaydi.
Klaster va Insert usullari.
Klasterlarga ajratish – o`quvchilarga biror bir mavzu to`g`risida erkin va
ochiq tarzda fikr yuritishga yordan beradigan pedagogic strategiyadir. Bu usul ko`p
variantli fikrlashni o`rganilayotgan (hodisa, voqea) tushunchalar o`rtasida aloqa
o`rnatish malakalarini rivojlantiradi. “Klaster” so`zi g`ujm, bog`lam ma`nosini
anglatadi.
Klasterlarga
ajratishni
da`vat,
anglash
va
mulohaza
qilish
bosqichlaridagi fikrlashni rag`batlantirish uchun qo`llash mumkin. U asosan yangi
fikrlarni uyg`otish, mavjud bilimlarga yetib boorish strategiyasi bo`lib, muayyan
mavzu bo`yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Biror mavzu bo`yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal
o`rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir.
31
1. Katta varog` qog`ozning o`rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun
foydalanish mumkin bo`lgan sathga “kalit” so`z yoki gap yoziladi;
2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so`z va gaplar
yoziladi;
3. Fikrlar paydo bo`lganda va ularni yozganda fikrlar o`rtasida mumkin
bo`lgan bog`lanishlani belgilash;
4. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo`lgunicha xayolga kelgan barcha
fikrlar yozilaveradi.
5. Keltirilgan so`z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib
chiqiladi.
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o`quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh
uchun g`oyalar o`zagi bo`lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: