Ikkinchi bob xulosasi
O`sish - organizmning miqdori ko`rsatkichi hisoblansa, rivojlanish sifat
ko`rsatkichi hisoblanadi. Bu ikki jarayon notekislik, umrsizlik, geteroxning va
akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Odam organizmi paydo
bo`lgunidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, bioximik va
fiziologik o`zgarishlarga uchraydi. Bu o`zgarishlar o`sish va rivojlanish
bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog`langan. Biroq, bu irsiy
faktorlarning yuzaga chiqishda yosh xususiyatlarning shakllanishida ta`lim tarbiya,
bolaning ovqatlanishi, turmushning gigiyenik sharoiti, sport va mchnat faoliyati
katta ta`sir ko`rsatadi. Bolaning dastlabki qadam tashlashi, hayoti davomidagi
harakat funksiyasining rivojlanishi, bolaning birinchi aytgan so`zi va hayoti
davomida nutq funksiyasining rivojlanishi. Bolaning o`smirga aylanishi markaziy
nerv sistemasining rivojlanishi, reflektor faoliyatining murakkablashuvi, bular
organizmida kechadigan uzluksiz o`zgarishlarning bir bo`lagidir. Bu o`zgarishlarni
bolaning gavda proporsiyasining o`zgarishlardan ham bilish mumkin.
Bolalarda umurtqa pog`anasining normal shakllanishi uchun quyidagi
gigiyеnik qoidalarga amal qilish kеrak: bolani yoshlikdan tеkis va bir oz qattiqroq
tushakda uxlashga o`rgatish, yostiq pastroq bo`lishi kеrak; bolani 6 oylik
bulguncha o`tkazmaslik, 10 oylik bulguncha oyog`ida uzoq vaqt tik turgazmaslik
36
kеrak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang`ich sinf o`quvchilari uzoq vaqt bir joyda
o`tirmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og`ir yuk ko`tarmasligi, doim bir qo`lda
ish bajarmasligi kеrak; - O`quvchilar bo`ylariga mos parta, stol – stullarda o`tirishi
kеrak, parta, stol – stulda o`tirganda gavdasi tik, еlkalari bir tеkisda, bеli stul yoki
parta suyanchig`iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug`imida to`g`ri burchak hosil
qilib, bukilgan, ko`krak bilan parta qirrasi orasida 3–5 sm. ga yaqin masofa
bo`lishi kеrak.
Dostları ilə paylaş: |