1.6. Plyonka hosil qiluvchi smolalarga erituvchilar tanlash va ularga qo’yiladigan talablar
Plyonka hosil qiladigan polimerlarning erituvchilar bilan eritmasini tayyorlashning eng optimal holati 30-50% gacha bo’lganligi aniqlangan. Plyonka hosil qiladigan polimerlarga eruvchi tanlanganda ularning uchuvchanlik xossasi asosiy o’rinda turadi. Eruvchilarni plyonka hosil qilish vaqtida ikkita xususiyati e’tiborga olinadi: birinchidan erituvchining uchish tezligi bo’lsa, ikkinchidan plyonka ostida erituvchi hosil qiladigan bosim e’tiborga olinadi. Bu xususiyatlar ikkita kattalikka bog’liq bo’ladi. Birinchidan erituvchi, plyonka hosil qiladigan massa bilan yaxshi aralashishi va ikkinchidan plyonka yupqa yoki qalin plyonka hosil qilishiga bog’liq bo’ladi. Sistemaning qovushqoqligi konventiv aralashtirish tezligi oshgan sayin kamayadi [27].
Plyonka hosil qiladigan smolalarga qo’llaniladigan, erituvchilarga qo’yiladigan talablar:
- erituvchi plyonka hosil qiladigan moddalar bilan yaxshi aralashadigan, tez uchuvchan, qovushqoqlik xususiyatini kamaytirmaydigan va yupqa plyonka hosil bo’lishini ta’minlaydigan bo’lishi kerak bo’ladi.
- erituvchi zaharliligi kam bo’lishi kerak, kimyoviy inert va bo’g’lanmaydigan bo’lishi kerak.
- erituvchilarni plyonka hosil qiladigan smolalarda tanlashda, bitta erituvchi emas, balki bir necha aralashma erituvchilardan ham foydalanish mumkinligi o’rganilgan [23].
Adabiyotlar tahlilidan shuni ko’rish mumkinki, plyonka hosil qiladigan smolalar ustida olib borilgan ilmiy ishlar va ularni fizik-kimyoviy hamda kolloid xossalarini o’rganish to’g’risidagi ishlar kam o’rganilganligini ko’rish mumkin.
Plyonka hosil qiladigan smolalar chin eritma hosil qiladi, qachonki polimer bo’g’inlari va erituvchi molekulalari o’rtasida qutblanish bo’lsa, energiyasi vodorod bog’lanishga mos kelsa, dispers ta’sirlanish bo’lsa, erituvchi hosil qiluvchi moddaning molekulalari orasiga kirib ularni parchalaydi. Odatda plyonka hosil qiluvchi moddalar eritmasini tayyorlashda qo’llaniladi [20, 23].
Amino-aldegid polimerlar eruvchanligi jihatidan organik erituvchilarda eriydaigan, ba’zilari esa, suvda eriydigan polimerlarga bo’linadi.
Hozirgi kunda plyonka hosil qiladigan oligomerlarning fizik, kolloid-kimyoviy xususiyatlari haqida adabiyotlar juda kam. Amino-furfurol oligomerlari haqida esa ma’lumotlar deyarli yo’q. Shu tipdagi oligomerlarning gidrofobligi va elektrostatik ta’sirlari yaxshi o’rganilmagan.
Ishning dolzarbligi shundaki, u oligomerlarning makromolekulasini organik erituvchilarga qutblanishini nazariy izohlashga, plyonka hosil qiluvchi moddalarni mebel va avtomobil sanoatida ishlatilishini ilmiy asoslashga qaratilgandir [28].
Dostları ilə paylaş: |