I bob. Adabiyotlar sharhi


Fenol formaldegid smolalarini sintezlash usullari va



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə12/25
tarix28.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#150033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

2.2. Fenol formaldegid smolalarini sintezlash usullari va
fizik-kimyoviy xossalari

Fenol formaldegid smolalar fenol va formaldegidni kondensatlash natijasida hosil bo’ladi. Fenol, asosan, quyidagi usullar bilan olinadi:


a) sanoatda izopropilbenzolni kislorod bilan oksidlab olinadi:

Reaksiyada katalizator sifatida sulfat kislota ishlatiladi. Reaksiya natijasida fenol bilan bir qatorda aseton ham hosil bo’ladi.


b) xlorbenzolni 3000 va 15-20 Mpa bosimida po’lat trubalar orqali o’tkazish natijasida giprolizlab:
NaOH HOH
C6H5Cl ------→ C6H5ONa ------→ C6H5OH
v) benzolsulfokislota natriyli tuzining natriy gidroksid bilan aralashmasini suyuq-
languncha qizdirib:
NaOH
C6H5SO3Na ------→ C6H5OH + Na2SO3
g) fenol olinadigan asosiy manbalardan biri toshko’mir smolasidir. Past temperaturalarda parchalanadigan smolalar tarkibida 25 foizigacha fenol bo’ladi, ular o’yuvchi natriy yordamida smola ajratiladi. Yuqori temperaturada parchalanuvchi smolalardan ham anchagina fenol ajratib olish mumkin.
Fenol och binafsha rangli kristall, 430 da suyuqlanadi va 1830 da qaynaydi. Kondensatlash uchun olingan fenol va formaldegidning miqdoriy nisbatlariga hamda reaksiya sharoitiga qarab, fenolformaldegid smolalar ikki gruppaga bo’linadi:
1. Termoplastik smolalar. Bular uzoq vaqt saqlanganda ham, 2500 gacha qizdirilganda ham erish va suyuqlanish xususiyatini yo’qotmaydi. Bu gruppaga kiruvchi smolalar texnikada novolak smolalar yoki lakkain deb ham ataladi.
Novolak smolalarga formaldegid yoki geksametilentetramin aralashtirib qizdirilsa, suyuqlanmaydigan holda o’tadi.
2. Termoreaktiv smolalar. Bu gruppaga kiruvchi smolalar uzoq saqlansa, qizdirilsa yoki ularga kislota va ishqorlar ta’sir ettirilsa, ular suyuqlanmaydigan va erimaydigan bo’lib qoladi. Bunday smolalar texnikada rezol smolalar deb ham ataladi. Rezol smolalar o’z navbatida, yana uch turga bo’linadi. Birinchi bosqich (A bosqich) da olingan smolaning molekulyar massasi ancha kichik (200 dan 1300 gacha) bo’lib, aseton, spirt va ishqor eritmalarida yaxshi eriydi. Bu smolalar rezollar deyiladi. Ikkinchi bosqich (B bosqich) da olingan smolalar rezit tolalar yoki erinit, katalin deb ataladi. Ular rezollarni uzoq saqlash yoki ozgina isitish natijasida ham hosil bo’ladi. Rezetollar spirt va asetonda yaxshi bukadi, lekin oz eriydi. Ular 1000-1700 gacha qizdirilsa, chuziluvchan elastik holatga o’tadi. Ammo soviganidan so’ng mo’rtlanib, maydalanib ketadi. Rezetollar erimaydigan va suyuqlanmaydigan yuqori molekulyar smolalar bilan rezollar aralashmasidan iborat. Ularning tarkibida ozgina reaksiyaga kirishmay qolgan fenol va oksibenzol spirt bo’ladi.
Uchinchi bosqich (v-bosqich) da tiniq, qattiq, xech qanday suyuqlikda erimaydigan, mexanik xossalari jihatidan yaxshi, sanoat ahamiyatiga ega rezitlar hosil bo’ladi. Bu smolalar kislota va ishqor eritmalari, turli organik suyuqliklar va issiqlik ta’sirida yaxshi bardosh beradi.
Fenol molekulasida vodorod atomlarining uchtasi o’rni almashinish reaksiyaga kirisha oladi. Shuning uchun reaksiyaga olingan moddalarning nisbiy miqdoriga qarab turli birikmalar hosil bo’ladi.
Reaksiyaga 2 mol fenol va 1 mol formaldegid olinsa, oldin dioksidifenilmetanning quyidagi uchta izomeri hosil bo’ladi:

Agar reaksiya paytida formaldegid miqdori fenolga nisbatan ko’proq yoki teng bo’lsa, fenol spirtlar hosil bo’ladi.
Agar reaksiya paytida formaldegid miqdori fenolga nisbatan ko’proq yoki teng bo’lsa, quyidagi fenol spirtlar hosil bo’ladi:

Fenol formaldegid smolalar yuqorida kelltirilgan birikmalarni o’zaro poli-kondensatlash natijasida hosil bo’ladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin