I bob. Adabiyotlar sharhi


Plyonka hosil qiladigan erituvchilarni tanlash va smolalar olish texnalogiyasini ishlab chiqish



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə15/25
tarix28.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#150033
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

2.3.Plyonka hosil qiladigan erituvchilarni tanlash va smolalar olish texnalogiyasini ishlab chiqish

Fenol formaldegid, mochevino-formaldegid smolalarini olishda aniqlangan kattaliklarning matematik hisobiga ko’ra smolalarning olishni texnalogik ketma- ketligi o’rganildi. Fenol formaldegid, mochevina-formaldegid smolasini olishni texnologik chizmasi 1-rasmda keltirilgan.



1-rasm. Fenol-formaldegid, mochevina-formaldegid smolalarini olishning texnologik chizmasi
Texnologik jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:
Aralashtirgich va bug’ bilan ta`minlab turuvchi qurilma bilan jihozlangan reaktor (1) ga fenol hamda formalin yuboriladi. 5-10 minut aralashtirilgandan so’ng, katalizator( novolak smolasi olishda katalizatorsifatida xlorid kislotasi, rezoi smolasi olishda esa, 25% li ammiak eritmasi) qo’shiladi va yana 30 minut aralashtiriladi. Keyin trubkali qaytar sovitgich (2) ga ulanadi va suv bug’i yordamida 70-850 gacha qizdiriladi. Keyinchalik ekzotermik reaksiya natijasida smola hosil bo’layotganligi uchun harorat ko’tarila boshlaydi.
Yuqori sifatli smola olish uchun reaktordagi harorat 900 dan oshmasligi kerak. Haroratni ko’tarilib ketmasligi uchun bo’g’ o’rniga sovuq suvdan foydalaniladi. Qizdirish bir-biri bilan aralashmaydigan smola bilan suv qatlamlari hosil bo’lguncha 1,5 soat davom ettiriladi. Polikondensasiya jarayonida hosil bo’layitgan suv bo’g’lari sovutgich (2) ga sovutilib, kondensatlangan suv reaktori pastki qismidan ajratib olinadi.
Hosil bo’lgan smola reaktor (1) da yana suv bo’g’lari yordamida 100-1400 C haroratda va 300mm smob bosimida quritiladi.
Quritish jarayoni tugagach, smola 20 minut 90-1000C haroratda ushlab turiladi. So’ngra siqilgan havo quritgich (3) yordamida pastdan yuboriladi. Reakulyaga kirishmagan fenol, formalin va katalizatorlar atmosfera bosimida, 900C da, aralashtirgich hamda val yordamida reaktor (1) ning yuqori va pastki qismiga tushishi natijasida qo’shimcha reaksiya ya’ni smola hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan smola qo’shimcha suvdan ajratiladi va quritgichga quritiladi.
Fenol va formaldegid smolasi materiallarni termik barqarorligini, suv shimuvchanligini yaxshilovchi to’ldirgich sifatida ishlatiadi. Bundan tashqari, kompozitsion fenoplastlar olishda, materiallarni dieliktirik xossalarini yaxshilashda, radiotexnikada, priborlarni tashqi qismi tok va issiqlik, suv ta’sirida korroziyaga uchramasligi uchun qoplamalar sifatida, kema va samaliyotlarni ko’p detallarini suv shimuvchanligini kamaytirish maqsadida yupqa qoplamalar sifatida ishlatiladi.

Fenol formaldegid, mochevina-formaldegid smolalarining butanolli qovushqoq eritmasi rangsiz suyuqlikdir. Fenol formaldegid, mochevina-formaldegid smolalarini P-651 kompozision erituvchilar, ya’ni 120-1220C uglevodorod gaz kondensati va butanol 90:10% li eritmasidan foydalanib kerakli aniqlikda lak va emal olinadi. Uglevodorodlarning 120-2200C kuchsiz gaz kondensatsiyalanish fraksiyasi (GK-LKM) (120-220) 90 % ni va butanol esa 10% ni tashkil qiladi. Kompozitsion erituvchilarni tayyorlashning texnologik sxemasi quyidagi mexanizm bo’yicha boradi. Birinchi bosqichda erituvchilarning kompozitsion aralashmasi tayyorlanib kuchaytiruvchi mexanizmdan, ya’ni DM dan o’tkaziladi va erituvchi o’lchagich (KM) orqali haydovchi nasosga (SN) yuboriladi.


Nasos orqali kelgan erituvchilar aralashmasiga GK LKM 120-220 solib, 10:90% li kompozitsion eritmalar aralashmasi tayyorlanib, saqlagichga yuboriladi. Saqlagich idish orqali turli xil idishlarga solib qadoqlanadi.
Shurtan gazni qayta ishlash shuba korxonasida gaz kondensatlaridan 120-2700C da fraksiyalab GKB-91 kompozitsion eritmalar aralashmasi olinadi. Gaz kondensat tarkibida ajratib olinadigan P-651 va GKB-91 kompozitsion eritmalarini fizik-kimyoviy ko’rsatgichlari 7-jadvalda bayon etilgan.
Bundan tashqari fenol formaldegid smolalarining fizik-kimyoviy xossalarining kompozitsion erituvchilarga bog’liqligi 6-jadvalda berilgan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin