I BOB. ISSIQLIK O’TKAZUVCHANLIK VA ISSIQLIK
ALMASHINUVI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
1.1 Issiqlik o’tkazuvchanlik
Issiqlik o‘tkazuvchanlik – bu temperaturalar farqi borligi tufayli tutash
muhitda issiqlikning molekulyar uzatilishidir.
Issiqlik almashinuvining bunday usuli, asosan qattiq jismning ichida ham,
shuningdek bir-biriga tegib turgan ikkita qattiq jism orasida ham sodir bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik suyuqlik yoki gaz qatlami orqali ham amalga oshishi
mumkin, lekin umuman olganda suyuqlik va gazlar (suyuqlangan metallar
bundan mustasno) issiqlikni juda yomon o‘tkazuvchan hisoblanadi.
Bir jinsli izotrop jismni isishini ko‘raylik. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha
bir xil fizik xossalarga ega bo‘lgan jismlarga izotrop jismlar deb aytiladi.
Bunday jismni isitish vaqtida uning turli nuqtalaridagi temperatura vaqt
bo‘yicha o‘zgaradi va issiqlik yuqori temperatura sohasidan past temperatura
sohasiga tarqaydi.
Vaqtning ayni paytida ko‘rib chiqilayotgan fazoning barcha nuqtalaridagi
temperatura
qiymatlarining
yig‘indisi temperatura maydoni deyiladi.
Temperatura maydoni quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
t=f(x,y,z,
)
(1.1)
bu yerda x,y,z – nuqta koordinatalari;
- vaqt.
Agar jismning temperaturasi koordinata va vaqtning funktsiyasi bo‘lsa, u
holda temperatura maydoni nostatsionar bo‘ladi:
t=f(x,y,z,
);
t/
0
(1.2)
Agar jismning temperaturasi faqat koordinataning funktsiyasi bo‘lib, vaqt
davomida o‘zgarmasa, u holda temperatura maydoni statsionar bo‘ladi.
t=f(x,y,z);
t/
=0
(1.3)
8
Temperatura maydoni uchta, ikkita va bitta koordinataning funktsiyasi bo‘lishi
mumkin va mos ravishda, u uch, ikki va bir o‘lchamli deyiladi. Hamma
nuqtalarida temperatura bir xil bo‘ladigan sirt izotermik sirt deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |