I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Maktabga psixologik tayyorgarlik



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə51/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
болалар психологияси

Maktabga psixologik tayyorgarlik

Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtimoiy burchi o‘qish bo‘lib qoladi.

6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik hislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarishlar yuz beradi. Bolalarning maktabga o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga qaragnada murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o‘tishi bilan uning ijtimoiy holatida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Chunonchi maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar bog‘chada «katta» deb hisoblanar edilar. Maktabga o‘tgach, ular yana «eng kichkinalar» qatoriga tushib qoladilar.

Bolalarning maktaga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi har tomonlama tayyorlash kerak.

Bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida maktabdagi o‘qitish ishlari bilan bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.

Bog‘chadagi bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o‘tkaziladigan turli didaktik mashg‘ulotlarda bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, hayol hamda tafakkurlari, irodalari sistemali tarzda taraqqiy ettirib boriladi.

Bolalarni maktabdagi o‘qish protsessiga tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish, juda zarur shartlardan biridir. Shuning uchun katta gurux bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyorlashda o‘z ona tillarini yaxshi o‘rganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Bolalarning tashqi olam haqida tasavvurlarni kengaytirish, boyitish ishlari ular nutqini o‘stirish asosida olib borilishi kerak.

Shu yoshda bolalarga birmuncha makon tushunchalari (uzoq, yaqin, o‘ng, chap, katta, kichik), dumaloq va doira haqidagi tushunchalar, vaqt haqida tasavvur va shuningek axloq tushunchalari (yaxshi, yomon, rost, yolg‘on, uyalish) paydobo‘ladi. Bundan tashqari, bola jismoniy jihatdan ham o‘sadi. Uning nerv sistemasi, miyasi, muskullari, qo‘larri yanada yetiladi. Bu davrda bolaning harakteriga va o‘ziga xos individual xususiyatlari ko‘zga tashlana boshlaydi.

Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog‘chalardagi maktab yoshiga to‘lgan bolalar maktabdagi o‘qishga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o‘qish uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktadagi o‘qishga tayyor deb hisoblash mumkin. Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Biroq hayotda shunday voqealar uchraydiki, anchadagina tasavvur boyligiga ega bo‘lgan va xattoki yozish hamda o‘qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o‘qishga tayyor bo‘lmaydilar. Ular maktab va o‘qituvchining talablarini bajara olmaydilar. Aksincha, ayrim bolalar yetarli tasavvur boyligiga ega bo‘lmasalar ham, maktabda o‘qib keta oladilar. Lekin, bundan maktabdagi o‘qish protsessi uchun ma’lum darajada aqliy jixatdan o‘sgan bo‘lishi maktabda dastlab o‘qib ketish uchun eng zarur shartlardan biridir. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlashdagi hal qiluvchi faktor emas, chunki bu yerda yosh masalasi ham bor. Boshqa bir olimlar, bolaning o‘qishga tayyor ekanini aniqlashdagi asosiy narsa iroda sifatlarining yetilganligidir, deydilar. Bu fikr bir yoqlamalikka yo‘l quyishdan boshqa narsa emas.

Yetti yoshga to‘lish davri go‘daklikning tugalishi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun bolalarning yetti yoshga to‘lgan davridan boshlab sistemali sur’atda o‘qishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik protsesslarning taraqqiyot darajasi bilan emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi.

Bolalarda 5-6 yoshdan boshlab shaxsiy ong tarkib topa boshlaydi. Bu shunday hollarda ko‘rinadiki, bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muxitdan o‘z o‘rinlarini belgilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq, yanada to‘laroq munosabatlar sistemasini o‘rgatishga intiladilar. Katta gurux bolalar maktabga o‘tishdan ancha ilgariroq maktab xaqida orzu qila boshlaydilar. Maktabning qanday ekanini kattalardan tez-tez surishtirib turadilar. Maktabga borish vaqtlarini aniq bilishga harakat qiladilar. Agar biror o‘rtoqlar maktabga o‘tib ketsa, juda xavaslari kelib, o‘zlari bog‘chada qolganlaridan o‘ksinib ketadilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining maktabga intilishlari ijtimoiy munosabatlar sistemasidan yangini egallashga bo‘lgan intilishlarining konkretifodasidir.

Shundayqilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyorligi shaxsning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy taraqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun talim-tarbiya ishi ko‘taradi.

Bola yetti yoshga to‘lganda jismoniy jixatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qilishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. Uo‘zini eplay boshlaydi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, masalan, bolalar bog‘chasida navbatchilik vazifasini bemalol uddalaydi, jamoada yashashga ko‘nika boshlaydi, Bolaning turmush tajribasi tobora ortadi, ko‘p narsalarning nomini v ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va xikoyalarni yoddan bilib oladi. Bolaning nutqi malum darajada o‘sgan bo‘ladi, u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suxbat qila oladi.

Yetti yoshli bolalarning his-tuyg‘ulari ancha o‘sadi. Xayri xoxlik, raxmdillik, o‘rtoqlikka bihis-tuyg‘ular mustaxkamlana boshlaydi.

Bu davrda bolada turli harakatlar mustaxkamlanadi, , igna, qalam kabi qurollardan foydalanish malakasini egallay boshlaydi, Biroq bu davrda ham bolada hali be ixtiyor aktivlik ancha ustun turadi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli tasir qiladigan narsalaruning diqqatini jalb qiladi. Bu yoshda ham o‘yin juda kattarol o‘ynaydi. O‘yin jarayonida bola o‘zini idora qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikka, jamoa manfaati ustun qo‘yishga odatlanadi. Bu hislatlar keyinchalik o‘qish mexnatiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan hislatdir. O‘yin jarayonida bolaning aql-idroki, zexn va boshqa psixik xususiyatlari o‘sadi. Bular o‘z navbatida, bolaning maktabda o‘qishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustaxkamlashda, albatta oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan talim-tarbiyaishlar hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Yetti yoshga to‘lib, maktabga chiqqan bolalarning psixik jixatdan bundan keyingi o‘sishi maktabda oilada olib boriladigan talim-tarbiya ishi jarayonida amalga oshiriladi.



Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin