Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə27/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Sarazm madaniyati. Bu madaniyat Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarida eneolit va bronza davrlarida tarqalgan bo'lib, o'z nomini Samarqand shahridan 30 km. Sharqda joylashgan manzilgoh nomidan olgan. Manzilgohning umumiy maydoni 90 ga. bo'lib, o'nta kichik tepaliklardan iborat. Yodgorlik dastlab o'tgan asrda arxeolog olim A.Isakov, keyinchalik uning shogirdi Bobomulloevlar tomonidan o'rganilgan. Arxeologik tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan yodgorlikning tadrijiy ketma-ketlikda rivojlangan to'rta bosqichini qayd qilib, ularning dastlabki ikki bosqichi (Sarazm 1-2) eneolit va keyingi ikkitasi esa (Sarazm 3-4) bronza davrlari bilan sanalgan. Tadqiqotchi olim yodgorlikning quyi qatlamidan topib o'rganilgan sopol buyumlarning ishlanish usuli va ularning sirtiga solingan naqshlarining Geoksur vohasidagi rivojlangan eneolit davriga oid yodgorliklar madaniy qatlamlarida o'rin olgan sopol buyumlari bilan bir xilligiga asosan Sarazm qishloqiga Janubiy Turkmaniston kelgan bir guruh dehqonlar asos solgan, degan fikrga keladi. Qadimgi jamoalari a'zolari ekin ekish va mol boqish orqali kun kechirishdan tashqari ijtimoiy hayot faoliyatini tashkil etish vositalari uchun zarur bo'lgan xom ashyo, ayniqsa, mis zahiralarini topish tashvishlari ularning zimmasidagi vazifa bo'lgan. Zarafshonning yuqori oqimida Turkiston tog tizmalarida esa ma'dan zahiralariga boy. Sarazm manzilgohi eneolit davrining rivojlangan bosqichida Geosur vohasidan metall izlab kelib joylashgan qadimgi dehqon jamoalari tomonidan asos solingan. Dastlabki tadqiqot natijalarida yodgorlikni mil.avv. IV ming yillikning oxiri (3150 yil) bilan sanalashgan. Keyinchalik yodgorlikda arxeologik qazishma ishlari davom ettirilib, amalga oshirilgan bir necha radiokarbon tekshirishlari quyidagi xronologik davriy sanalardan iborat natijalarni ko'rsatganligi qayd qilinadi:



t/r

Arxeologik majmua

Tarixiy bosqichi

Davri

1

Sarazm 1

Rivojlangan eneolit

mil.avv. 3900-3300 yy.

2

Sarazm 2

So'nggi eneolit

mil.avv. 3300-3000 yy.

3

Sarazm 3

Ilk bronza

mil.avv. 3000-2300 yy.

4

Sarazm 4

Rivojlangan bronza

mil.avv. 2300-1800 yy.

Sarazmning quyi qatlami sopol buyumlari (Sarazm 1) yuqorida qayd etilganidek, Janubiy Turkmanistonning Geoksur vohasining Anov 2 bosqichiga oid sopollari bilan bir xil bo'lib, qolda yasalgan sopollarining sirtiga qizil va qora rangdagi boyoqlarda geometrik naqshlar berilgan. Bu bosqich qatlamlarida misdan yasalgan buyumlar ham topilgan. qurilish inshootlaridan ko'p xonali imoratlarning o'rni ochib, ular ikki va uch xonadan iborat kichik oilalar uchun mo'ljallangan alohida hovlilardan tashkil topgan. Tarkibida oshxona va xojalik maqsadlarida foydalanilgan qo'shimcha xonalar ham bo'lgan hovlinining atrofi yupqa devor bilan o'rab olingan. Yashash xonalari ichkarisida aylana shakldagi ochoqlar joylashgan. Bunday ochoqlar Geoksur vohasidagi yodgorliklarning Anov 2 bosqichi oid qatlamlarida ham ko'plab uchraydi. Imoratlar guvala va paxsadan barpo qilingan. Moddiy topilmalarilari Geoksur vohasi yodgorliklarida uchraydigan ashyoviy manbalari bilan umumiylik kuzatilish bilan birgalikda, Eron, Afgoniston hamda Kaltaminor madaniyati yodgorliklar topilmalari bilan ham oxshashliklarni kuzatish mumkin. Bu holat eneolit davri jamoalari o'rtasidagi ma'lum darajadagi madaniy aloqalarning mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.


Sarazm 2 bosqichi davrida manzilgoh keng o'zlashtirilib, uy-joy imratlari kengayadi. Amalga oshirilgan qazishmalar natijasida 8 ta mahalladan tashkil topgan 36 ta uy-joy imoratlarining o'rni aniqlangan. Alohida oilalarga tegishli hovlilar yashash, xojalik va e'tigod masadlarida foydalanilgan xonalardan tashkil topgan bo'lib, o'zaro ko'chalar orqali ajralib turgan. Qurilishda paxsa, guvala, ayrim hollarda togri burchak xom gishtlardan foydalanilgan. Devorlarning sirti samonsuvoq qilingan. Ba'zi xonalarda toat-ibodat maqsadlarida foydalanilgan aylana shakldagi ochoqlar bo'lgan. Qazishma ishlari jarayonida uy devorlarining sirtiga tasvirlar berilganligi aniqlangan. Qolda yasalgan sopol buyumlarining sirtiga qizil va qora rang boyoqlarda naqshlar solish an'anasi davom etadi. Ikki tamonlama pardoz qilingan sargish rangli tag ustida solingan naqshli sopol buyumlari bilan birgalikda nashsizlari ham keng tarqaladi. Tag kismi uchli qilib, o'rtasida tortilgan chiziqlar bo'lab romb shakllari tushirilgan sopol buyumlari ham ajralib turadi. Bu turdagi sopollar Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklarda uchraydi. Toshdan xojalik maqsadlarida foydalanilgan buyumlar: urchuqbosh, kelitosh va boshqalar aniqlangan. Bu bosqichda misdan yasalgan buyumlar soni nisbatan ko'payadi.
Markaziy Osiyoning o'zlashtiruvchi xojalik shakllarini saqlab qolgan jamoa a'zolariga tegishli madaniyatlar faoliyat yuritadi. Ularda mahalliy hududning tabiiy-geografik sharoitlaridan kelib chiqib, o'zlashtiruvchi xojalik shaklining ovchilik, terib-termachilik va baliqcilik shakllari bilan kun kechirishgan. Bu turdagi madaniyat egalari neolit davrining oxirgi bosqichlarida ishlab chiqaruvchi xojalik shakllariga o'ta boshlaydilar.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin