Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Ikkinchi bo'lim. PЕLЕOMЕTALL DAVRI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə23/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Ikkinchi bo'lim. PЕLЕOMЕTALL DAVRI


I. Bob. Eneolit

Insoniyatning qadimgi metall davrini qamrab olgan bosqichidan iborat bo'lib, dastlabki mis va bronzadan foydalana boshlagan davrlardan tashkil tophan. Eneolit (lot. “aeneus” - mis, yun. “litos”-tosh) - mis-tosh, degan ma'noni anglatib, halkolit (halko-mis) atamasi muqobil atama sifatida ham ishlatiladi.


Eneolit (mil.avv. VI ming yillik oxiri - III ming yillikning boshlari) Bu davrning katta yutuqi kishilarning dastlabki metal bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan ham foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo'lsada, misdan kuchli va ogir qurollar yasab bo'lmagan. Shuning uchun misdan yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy hayotida yuqori mavqega ega bo'lmadi, tosh qurollar o'z ahamiyatini saqlab qoldi. Bu davrda kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'zgarishlar sodir bo'lib, tub burilish davri yasalishiga sabab bo'ladi.
Mis sof holda tabiatda kam uchraydigan ma'dan bo'lib, insoniyat samoviy meteoritlar tarkibida bo'lgan namunalar orqali tanishishgan. Kishilar misga ishlov berish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki paytlarda go'yo toshni ishlash usuli kabi muomalada bo'lishib, uni sindirishga harakat qilishgan. Umuman, qadimgi ma'dan - misdan foydalanishning to'rt bosqichda ajralib turadi. Ilk bosqichda urib shakl berish orqali, keyin esa olovda toblab shakl berish ko'nikmasi egallangan. Natijada uchinchi bosqichda eritish malakasi egallanib, rudalarni keng o'zlashtirish ishlari rivojlanadi. Bu bosqich malakasi asta-sekin bronza quyish tehnologiyasini o'zlashtirish bilan yakun topadi.
Eneolit davri umumiy tavsifi. Eneolit ( mil.avv. V-III ming yilliklar) - bu dastlabki metal (yunon. eneus - «mis», litos - lot. «tosh») davri bo'lib, mis-tosh va halkolit kabi atamalalar ham qollaniladi. Bu davrning muhim jihati dastlabki metallardan keng foydalana boshlanishidir. Arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishicha Janubi-sharqiy Anatoliyada bundan 9-10 ming yillar burun dastlabki misdan ishlangan buyumlarning namunalari aniqlangan. Bu erdagi Chayonyu depesi yodgorligining neolit davri sopol buyumlar paydo bo'lgunga qadar madaniy qatlamlaridag tosh imoratlar xarobalaridan yuzlab mis bo'laklari va bir necha malahit (tarkibida mis minerali bo'lgan yashil rangli tosh) bo'laklarini aniqlangan. Ushbu topilmalarning ayrimlar munchoq sifatida ishlangan. Markaziy Anatoliya hududidagi mil.avv. 8 ming yilliklar bilan sanalgan Ashikli Guyuk yodgorligidan ham bir qancha misdan ishlangan taqinchoqlar aniqlanadi. Mis va qorgoshin Shimoliy Mesopotamiyadagi Yarimtepa 1,2 va Tellmazgaliya yodgorliklaridan ham aniqlangan. Mis buyumlaridan Chatal Guyuk topilmalari muhim o'rin egallaydi. Bu yodgorlik qadimiy imoratlari va ibodatxonalar xarobalaridan ko'plab mis va qorgoshin nushalari aniqlangan.
Ma'lumki, Old Osiyo tabiiy mineral resurs zahiralariga boy bolib, dastlab metall buyumlarining namunalari mazkur hududagi arxeologik yodgorliklardan topib aniqlangan. Lekin, mazkur keyingi taraqqiyot bosqichida matallarga ishlov berish ixtisoslashgan ishlab chiqarish darajasiga o'sib chiqmaydi.
Arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishiga ko'ra metallurgiya ishlab chiqarish ilk sivilizatsiyalardan tashqarida Bolqon yarim orolidan shimolda va Karpat havzasida shakllanadi. Arxeologik tadqiqot ishlari natijasida Bolgariyada Varnen “oltin mozori” va mamlakat janubidagi Oybunar mis konini ochib o'rganiladi. Varnen “oltin mozori”da oltindan ishlangan zeb-ziynat buyumlari bilan birgalikda mis ishlangan qurol yaroglar va zaruriy mehnat qurollari: bolta, tesha, iskana va boshqalar topib o'rganiladi. Bu topilmalar mil.avv. V ming yilliklarda ixtisoslashgan hunarmand ustalar tomonidan yasalgan bo'lib, ixtisoslashgan ishlab chiqarish malakasiga ega bo'lgan hunarmandchilik sohasining paydo bo'lishi natijasi edi.
Bundan ko'rinib turibdiki, metallsozlikga asoslangan ixtisoslashgan hunarmandchilik ilk ishlab chiqarish markazlaridan tashqarida vujudga kelgan ekan. Shunday qilib, mil.avv. V ming yillikda Pont (Qora dengiz) viloyatida (Shimoliy Bolqon va Karpat havzasida) mahalliy kon manbalariga asoslangan ixtisoslashgan metallarga ishlov berish hunarmandchilik ishlab chiqarishi vujudga keladi.
Umuman, insoniyat misdan faydalana boshlasada, bu metall ijtimoiy hayotdan chuqur joy ololmaydi. Mis ishlangan qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo'lsada, undan kuchli va ogir qurollar yasab bo'lmas edi. Shuning uchun mis yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy hayotida yuqori mavqega ega bo'lmadi, tosh qurollar o'z ahamiyatini saqlab qoldi.
Dehqonchilik va chorvachilik xojalik shakllariga o'tish Old Osiyoning bir joylarida nisbatan tog va tog oldi hududlarida sodir bo'ladi. Ammo mazkur hududlar keyingi davr taraqqiyoti asosiy markazlariga aylanmadi. Bu hududlarda hosildorlik yuqori va barqaror bo'lmagan. Qadimgi dehqonlar Osiyo va Afrikaning serhosil va subtropik daryo vohalariga o'tish bilan ishlab chiharuvchi kuchlarning tezlik bilan va jamiyatning sivilizatsiya ostonasida bo'lgan keyingi taraqqiyot bosqichiga o'sib o'tishiga olib keldi. Yogingarchilik miqdori etarli bo'lmagan yangi iqlim sharoiti kishilarning agrar ishlab chiqarishining yangi shakli-sugorma dehqonchilikga o'tishlariga turtki bo'ldi. Sugorish inshootlaridan foydalanishning boshlanishi natijasida yiliga ikki marotaba hosil olish imkoniyati vujudga keladi. Sun'iy sugorishga asoslangan dehqonchilik nafaqat barqaror hosil olish imkoniyatini yaratdi, balki, boshoqli ekinlarning hosildor navlarini vujudga kelishiga sabab bo'ladi.
Natijada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining bir necha barobarga osishga olib kelib, mu'lum ishchi kuchi qolining bo'shab qolishiga olib keladi va natijasida holat yangi jamiyat a'zolarining toboro oshib borayotgan iste'mol manfaatlarini qondiriladigan hunarmandchilik ishlab chiqarishning turli sohalari bo'yicha ixtisoslashishning kuchayishini tezlashtirdi. Aholi orasida toboro ajralib borayotgan davlatmand va nufuzli tabaqa vakillarining manfaatlariga mos keladigan badiiy san'at shakllandi. Otroq dehqonchilik qishloqlari har tomonlama taraqqiy etib borishi bilan birga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va goyaviy sohalaridagi tub o'zgarishlar mazkur aholi manzillarining yirik markazlarga aylaninib borishi bilan bilan birga sodir bo'ldi. Bu jarayonlar nisbatan qadimgi Sharq mamlakatlarida dastlabki shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan yakunlanadi.
O'rta Osiyoning janubiy hududlarida esa eneolit davrining dastlabki bosqichlarida ilk ishlab chiharuvchi xojalik shaklidagi otroq dehqonchilik madaniyati taraqqiy etib, kengroq hududlarga tarqala boshlagan. Lekin, bu jarayon Markaziy Osiyoning barcha hududlarida bir xilda kechmagan. Tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqqan shimoliy hududlarda yashovchi aholi xojaligida ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi shaklida hayot kechirish tarzini saqlab qoladi. Mazkur davrda mintaqada xojalik yuritish sohasi bo'yichi bir-birilaridan farq qiladigan qabilalar madaniyati ajralib turgan. Mintaqaning janubiy hududlarida neolit davri ilk otroq dehqonchilik ishlab chiqarish xojaligi negzida sugorma dehqonchilikga asoslangan madaniyat taraqqiyotining murakkablashib borishi bilan Turkmanistonning janubida mamlakatni ko'ndalangiga meridiana bo'ylab joylashgan Kopetdag tizmasining shimoliy yogbagirlarining Qoraqum cho'li bilan oraligda togdan ochib tushadigan bir necha kichik daryolar va soylardan iborat tor vodiydan tashkil topgan. Hozirgi paytda bu er yogingarchilik miqdori ancha past bo'lgan mo'tadil iqlim sharoitiga ega. Bunday tabiiy sharoit vohada sun'iy sugorishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishiga asos bo'lgan. Bu erda Dushak, Loinsuv, Archinyansuv, Miansoy va Chachasoy kabi mikrovohalar joylashgan. Hozirgi payda qurgoqchil hudud sanaladigan bu joylarda o'z davrida yogingarchilik miqdori ancha yuqori, daryo o'zanlar sersuv bo'lib, fauna va florasi ham boy, otroq dehqonchilik xojaligini yuritish uchun qulay bo'lgan. Bunday holat ularning o'rta oqimi hududlarida eneolit davri otroq dehqon jamoalari xojalik-madaniy taraqqiyotini ta'minlay oladigan qulay sharoit hisoblanardi. Bu esa o'lkada ilk dehqonchilik negzida vujudga kelgan sugorma dehqonchilikning yanada rivojlanishi bilan qadimgi dehqon jamoalari manzilgohlarining soni toboro ko'payib, me'moriy-rejaviy echimlari murakkablashib borishini ta'minlashga asos bo'lgan. Janubiy Turkmanistonning Kopetdag tizmalari shimoliy yoni tekisliklarida eneolit davrining yuksak taraqqiyotini o'zida mujassam etgan qadimiy aholi manzillarining o'rni saqlanib qolgan.
Bu yodgorliklarini o'rganish ishlari XIX asrning oxirlarida chor Rossiyasi ofiseri A.V.Kamarov tomonidan amalga oshirilgan havaskorlik mazmunidagi qazishma (Kamarov 1888) harakatlari bilan bogliq. Keng ko'lamli qazishmalar ishlari 1904 yilda amerikalik geolog olim R.Pampelli va nemis arxeologi G.Shmidtlar Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalarini olib borib, yodgorlikning to'rt bosqichda (Anov 1-4) faoliyat yuritganligini qayd etadi. Undan keyin o'tgan asrning 30-40 yillarida A.A.Morushenko amalga oshirgan ilmiy izlanishlari arxeologik bu erdagi arxeologik yodgorliklarni qayd etish bilan bogliq tadqiqotlardan iborat bo'lgan.
O'tgan asrning o'rtalarida Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) tashkil etilgandan so'ng o'lka arxeologiyasini o'rganish ishlari jonlanib, ilmiy izlanishlar ko'lamli juda kengayadi va arxeologik qazishma ishlari metodologiyasi yangi pogonaga ko'tariladi. 50-yillarining birini yarmida B.A.Kuftin, M.Е.Masson va Еrshov kabi olimlar tomonidan keng qamrovli qazishma ishlari olib borilgan. B.A.Kuftinning Nomozggohdepadagi qazishmalari Janubiy Turkmanistonning otroq dehqonchilik manzilgohlarining Pampeli va Shimitlardan keyingi tadrijiy taraqqiyotini belgilashga asos bo'lgan. Arxeolog olim Nomozgohning oltita, shundan uchta eneolit davri madaniy bosqichda (Nomozgoh 1-3) taraqqiy etganligini belgilab bergan. Ayniqsa, 50-yillarning ikkichi yarmi va 60-yillar davomida mazkur ekspedisiya va Leningrad (hozirgi Sankt-Piterburg) arxeologiya instituti arxeolog olimlari V.M.Masson rahbarligi va I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi va ashgabodlik arxeolog O.K.Berdiyevlar tomonidan amalga oshirilgan arxeologik taqiqotlar davomida eneolit davriga oid taxminan 30 ta arxeologik yodgorliklar aniqlanib, taxminan ularning yigirmatasida stratigrafik qazish ishlari olib borilgan va V.M.Massonning yuqorida keltirilgan olimlarning eneolit davri bosqichlari togrisidagi takliflariga qo'shimchalar kiritadi (u Anov 1 ning ikki bosqichini ajraib ko'rsatadi). Shuningdek, mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G.Lisitsinaning o'lka tabiiy-geografik sharoiti va paleoiqtisod masalalarini o'rganishdagi ilmiy izlanishlarining ahamiyati kattadir.
Qadimgi otroq dehqonchilik qishloqlari va keyichalik ularning ayrimlarida qadimgi Sharq sivilizatsiyaga xos markazlariga aylangan Anovdepa, Nomozgohdepa, Altindepa, Dashlijidepa, Qoradepa, Yalangochdepa, Mo'lalidepa, Chaqmoqlidepa, Monjuqlidepa, Ovadandepa, Gavachdepa Kaushatdagi depa, Geoksyur guruhidagi tepalar va boshqalardan iborat arxeologik yodgorliklar eneolit davri dehqon jamoasining qadimgi qishloqlarini tashkil etgan. Ularning saqlanib qolgan maydoniga ko'ra arxeologik jihatdan uch guruhi ajralib turadi. Birinchi guruh 0,1 - 2 ga., ikkinchi guruh 4-10 ga., uchinchi guruh 12 - 20 ga.dan iborat.
Yuqorida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklarining tadqiqotchi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan arxeologik majmualari ustuni va ularning nisbiy davrlari taqdim etilib, ma'lum o'zgarishlar kiritilib borilganlig togrisidagi ma'lumot berilgan edi. quyidagi jadvallarda taklif etilgan arxeologik majmualar va ularning zamonaviy arxeologik tadqiqot natijalarining qiyosiy-tahliliy asoslarda shartli ravishda ishlab chiqilgan davriy sanalari taklif etiladi.
Pompelli-Shmitlar Anov yodgorligi madaniy qatlamlari madaniy majmualari ketma-ketligini quyidagicha belgilashgan:
1. Anov 1 - ilk eneolit,
2. Anov 2 - rivojlangan eneolit,
3.Anov 3 - bronza
4. Anov 4 - ilk temir davrlari.
Keyinchalik Nomozgohdepa yodgorligida arxeologik qazishma ishlari olib borgan B.A.Kuftin yodgorlikning oltita majmuasini (Nomozgoh 1-6) ishlab chiqadi. Shulardan Nomozgoh (davomida NMZ) 1-3 bosqichlarini eneolit davrlari bilan belgilagan. V.M.Masson esa bu erdagi boshqa manzilgohlarda amalga oshirgan arxeologik qazishma ishlari natijalariga asoslanib, Anov majmuasi ikki (Anov 1A va, 1B) bosqichda rivojlanganligini qayd etib, ulardan birinchisi ilk eneolitning birinchi yarmida, keyingisi esa ikkinchi yarmida NMZ 1 bosqichi bilan bir davrda faoliyat yuritganligi togrisidagi ma'lumot bilan to'ldiradi.



Tt/r

Davr bosqichlari

Arxeologik majmualar

Davriy sanasi

11

Ilk eneolit

Anov 1 A

Mil.avv. 4900-4400

Anov 1 B yoki Nomozgoh 1

Mil.avv. 4400-4000

22

Rivojlangan eneolit

Anov 2, Nomozgoh 2

Mil.avv. 3900-3500

33

So'nggi eneolit

Nomozgoh 3

Mil.avv. 3400-3000

Lekin, shuni unitmaslik zarurki, har bir majmua bir necha yuz yillardan, hatto besh yuz yildan ortiq davrni o'zida qamrab oladiki, ularning har birida bir necha, hatto o'nlab avlodlar hayotidan darak beradi. Bunday uzoq davr mobaynida kishilik jamiyatining barcha sohalarida juda muhim o'zgarishlar, madaniy yangiliklar va tehnologik yutuqlarga erishiladi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin